Ctrl+A = Barchasini belgilash; • Ctrl+B = Matnni qalin qilish
Download 30.5 Kb.
|
Ctrl
Ctrl+A = Barchasini belgilash; • Ctrl+B = Matnni qalin qilish; • Ctrl+C = Matnni nusxalash; • Ctrl+D = Duplikat qilish (PowerPoint’da obektlarni ikkitalash); • Ctrl+E = Matnni markazga joylash; • Ctrl+F = Izlash; • Ctrl+G = Guruhlash (PowerPoint’da); • Ctrl+H = O’rniga qo’yish (Word); • Ctrl+I = Kursiv yozish; • Ctrl+J = Matnni sahifa eni bo’yicha yoyish (Word); • Ctrl+K = Giper havola yaratish (Word, Telegram); • Ctrl+L = Matnni chapga joylash; • Ctrl+M = Yangi slayd (PowerPoint); • Ctrl+N = Yangi sahifa (ko’p dasturlarda); • Ctrl+O = Ochish (ko’p dasturlarda); • Ctrl+P = Chop etish (ko’p dasturlarda); • Ctrl+Q = Chiqib ketish (ko’p dasturlarda); • Ctrl+R = Matnni o’ngga joylash; • Ctrl+S = Saqlash (ko’p dasturlarda); • Ctrl+T = Yangi vkladka ochish (Chrome); • Ctrl+U = Matnni ostiga chizish; • Ctrl+V = Joylash (Вставить) (ko’p dasturlarda); • Ctrl+W = Barcha oynalarni yopish (ko’p dasturlarda); • Ctrl+X = Ko’chirib olish (Вырезать) (ko’p dasturlarda); • Ctrl+Y = Oxirgi amalni qaytarish (Ctrl+Z ni teskarisi); • Ctrl+Z = Oxirgi amalni bekor qilish (ko’p dasturlarda). F1 - F12 tugmalari vazifalari 12 tugmachaning har biri Windows tizimlari va ba'zi dasturlar uchun alohida ahamiyatga ega. F1 - F12 tugmachalari aslida tizim funktsiyalariga kirishni tezlashtiradigan "tezkor tugmalar" dir. • F1 Ko'pgina dasturlarning faol oynasida yordam chaqirish (Вызов справкa). • F2 Nomni tahrirlash (Переименовать) funksiyasi tanlangan ob'ektga qo'llaniladi. Kompyuterni ishga tushirishda BIOS sozlamalarini kiritish (barcha BIOS versiyalari uchun emas). • F3 Ko'pgina dasturlarda izlash oynasini ochadi. Word'da Shift+F3 tanlangan matnning holatini o'zgartiradi (kattaytirish yoki kichiklashtirish). • F4 Alt+F4 kombinatsiyasi faol oynani yopadi. Ko'pgina brauzerlarda Ctrl+F4 joriy yorliq (vkladka)ni yopadi. • F5 Barcha brauzerlarda sahifani yangilash. Word'da so'zda topish va o'zgartirish. Bloknotda joriy sana va vaqtni joylashtirish. PowerPoint slayd-shousini boshlash. • F6 Kursorni brauzerning manzil satriga o'tkazish. • F7 Word'da imlo tekshiruvi. • F8 Bu operatsion tizimni yuklash rejimini (xavfsiz rejim, buyruq satrini qo'llab-quvvatlash va hk) tanlashga imkon beradigan Windows yuklash menyusi (загрузочное меню Windows) ga kirish uchun ishlatiladi. • F9 Outlook dasturida barcha pochta qutilaridan elektron pochta xabarlarini yuborish va qabul qilish jarayonini boshlaydi. • F10 Shift+F10 sichqonchani o'ng tugmachani bosish kabi ishlaydi. • F11 Brauzerda to'liq ekran ko'rinishini kirish va chiqish. • F12 Word oynasida saqlash. Shift+F12 tugmachalari Word'da saqlash oynasi (Сохранить как) ni ochadi. Ko'pgina brauzerlarda disk raskadrovka rejimi (режим отладки) ni ochadi. Download 30.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling