Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I

bet68/89
Sana14.10.2023
Hajmi
#1703218
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   89
Doston yaratilgan davr va uning g'oyaviy mazmuni. Xalq og‘zaki 
ijodi asarlarining yaratilish tarixini belgilash nihoyatda qiyin. C hunki 
ular og‘zaki ijro va ijod davom ida bizgacha muayyan o ‘zgarishlar 
bilan yetib kelgan. Shuning uch u n ham folklor asarlarining yaratilish 
davrini belgilaganda, ularda tasvirlangan asosiy m asaladan ikkinchi 
d arajalilarin i farqlash. keyingi davrlarda kirib qolgan g ‘oya va 
motivlarni hisobga olish kerak b o ‘ladi.
«Alpomish» dostonining sujet tarkibi va asosiy motivlariga diqqat 
qilsak, unda patriarxal-urug‘chilik munosabatlari va shu hayot tarzini 
ta sv irla s h aso siy o ‘rin tu ta d i. Q olaversa, u n d a a y rim u ru g ‘ 
oqsoqollarining hukm ronlikka intilishidan iborat m unosabatlar tasviri 
ham mavjud. D ostonda aks etgan bunday ijtimoiy hayot voqeliklari 
uning yaratilish tarixini belgilash uchun m uhim aham iyatga ega. 
S h u n i 
h a m
t a ’k id la s h
k e r a k k i, 
p a t r i a r x a l - u r u g ‘c h ilik
m unosabatlarining yemirila borishi va feodalizmning tug1 ilish jarayoni 
ham m a ycrda bir vaqtda va bir xilda sodir bo‘lgan emas. Bu o ‘tish 
jarayoni ayrim yerlarda hatto o ‘rta asrlargacha davom etdi. D ostonda 
tasvirlangan bunday ijtim oiy hayot tarzi va undagi b ir q ato r motivlar 
tahlili orqali H.T.Zarifov «Alpomish» dostoni ko‘chm anchi-chorvador 
qo‘ng‘irot urug‘i orasida patriarxal-urug‘chilik munosabatlari yemirila 
boshlagan davrda, m o ‘g‘ullar istilosidan avval, Sirdaryoning quyi 
oqim lari va Orol dengizi atroflarida yuzaga kelgan, degan xulosaga 
keldi. Bu xulosada jiddiy asos bor. Chunki doston m azm uni, undagi 
o b razlar tizim i, sh u n in g d ek , dostonning m uayyan jo y la r bilan 
bog‘lanishi va xalqimizning etnogenetik taraqqiyoti bu fikm i tasdiqlab 
turibdi. Shundan kelib chiqib, doston dastlab ko‘chm anchi-chorvador 
q o ‘ng‘irot qabilasi orasida X—XI asrlarda yaratildi, deyish mumkin. 
Q o‘n g ‘irot qabilasining turli hududlarga siljishi bilan doston boshqa 
urug‘ va elatlarga ham o ‘tib, ularning epik a n ’analari asosida qayta 
ishlana borib, ju d a keng tarqaldi va nihoyat, uning yaratilishida ota- 
bobolari ish tiro k etgan h a r b ir xalqning « 0 ‘z» eposiga aylandi. 
Q o ‘ng‘irot urug‘i bir q ancha turkiy xalqlar, jum ladan, o ‘zbeklar, 
qoraqalpoqlar. qozoqlam ing etnogenetik jarayonida m uhim o ‘rin 
tutganligini hisobga olsak, bu rnasala yanada oydinlashadi. Dostonning 
o 'zb ek versiyasi XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida og‘zaki 
epik a n ’anad a «Yangilanish» jarayonini kechirdi va to ‘la shakllandi. 
Biroq uning asosi. undagi bir qator motiv va tu shunchalar nihoyatda


qadimiydir.
«Alpomish» dostoni qahram onlik, mardlik, vatanparvarlik, turli 
elatlar va xalqlarning birodarligi, sevgi va sadoqat, oila mustahkamligi 
va urug‘ birligini kuylovchi ulkan eposdir. D oston qo‘ng‘irot urug‘i 
boshliqlari — aka-uka Boybo‘ri va Boysarilaming farzandsizligi tasviri 
b ilan boshlanadi. U nda b o ‘lajak q ah ram o n lar — A lpom ish va 
Barchinlarning ajoyib-g‘aroyib holatlarda tu g ‘ilishi, Alpomishning 
bahodirona yoshligi va birinchi bor pahlavonlik ko‘rsatishi, Boysarining 
Boybo‘ridan arazlab qalmoq eliga ko‘chishi, qahram onning yorini 
olib kelish uchun o ‘zga mamlakatga safari va Qorajon bilan d o ‘st 
tu tin is h i, raq ib lari— qalm o q alp lari b ilan y o n m a -y o n tu rib 
Barchinning shartlarini bajarishi va yorini olib, o ‘z eliga qaytishi, 
qaynatasi Boysarini qutqarish uchun ikkinchi m arta safar qilganda, 
yetti yil tutqunda qolishi, asirlikdan oti Boychibor yordamida qutulib, 
o ‘z eliga xotini Barchinning zo‘ravon U ltontoz bilan bo‘layotgan 
to ‘yi ustiga kelishi hamda raqibini yengib, o ‘z hokimiyatini oTnatishi 
voqealari tasvirlanadi.
Sevimli yor, oila va shu bilan bog‘liq ravishda yangi tipdagi urug‘ 
birligi uchun kurash hamda bunga to ‘sqinlik qiluvchi barcha qora 
kuchlami yengish «Alpomish» dostonining asosiy g‘oyaviy mazmunini 
tashkil etadi. Chunki dostonda qo‘ng‘irot qabilasida patriarxal urug'chilik 
munosabatlari yemirila boshlagan bir davr ijtimoiy voqeligi tasvirlanadi. 
Jamiyat taraqqiyotining bu bosqichida ishlab chiqarish kuchlarining 
rivojlanishi patriarxal oilaning yemirilishi va monogam oilaning tashkil 
topishiga olib keladi. Monogam oilaning vujudga kelishi progressiv hodisa 
bo‘lib, patriarxal-urug‘chilik jamiyati asoslarini bo‘shashtiradi. Ana shu 
progressiv holat «Alpomish» dostonining g‘oyaviy yo‘nalishini belgilaydi. 
D ostonda tasviriangan davrda hali ijtimoiy guruhlar bir-birlaridan keskin 
ajralib chiqmagan, sinfiy ziddiyatlar kuchaymagan edi. Bu davrda 
jamiyatning ijtimoiy munosabatlarida sinflar va ular o‘rtasidagi kurash 
markaziy hamda yetakchi masala boblmay, balki qabila oqsoqollari, 
urug1 boshliqlari va ularning qabila hayotida o ‘ynagan roli muhim edi. 
Shuning uchun ham epos qahramonlari umumqabila manfaatlari uchun 
kurashadilar va shu manfaatlar bilan yashaydilar. Epos qabila oqsoqollari, 
urug* boshliqlari, shu jumladan, Boybo‘ri, Boysari va boshqalarga zulm 
qiluvchi sinf vakillari sifatida qaramaydi, ularga bir xilda baho bermaydi.
«Alpomish» dostonida xalqimizning qahram onlik haqidagi ideallari. 
m ardlik tuyg'usi yorqin tasvirlanadi. D ostonda yorga erishish uchun 
m ard bo'Iish va dushmanga qarshi kurashish kerak, degan g'oya


O q kirovka, oltin sovut kiyaman,
Bor kuchimni bilagimga jiyam an.
Olmos olsam, qirmizi qon quyaman,
G ‘anim larning tanasini uyaman,
Q archig'aym an, dushm an boshin qiyaman.
Esim olsa, b o ‘tadayin bo‘zlayman,
D ushm an ko‘rsam, kesib bag‘rin tuzlaym an,
Aslim sherm an, o ‘zim yo‘lbars izlayman.
D ostonda qahram onlik. jasurlikni ulug‘lash, mardlik tuyg‘ulari 
vatanparvarlik g‘oyasi bilan uzviy bog‘langan holda tasvirlanadi. 
D oston qahram onlari o ‘n olti urug‘ qo‘ng‘irot eli, Boysun-Qo‘ng‘irot 
diyori bilan m ahkam bog‘langandir. U lar qaerda bo‘lm asinlar, shu 
el, shu diyorning g‘am -alam iga sherik b o ‘ladilar, shu el, shu diyor 
sog‘inchi bilan yashaydilar. D oston qahram onlarining o ‘z qabilasi, 
xalqi va yurtiga b o ‘lgan vatanparvarlik hislari, xususan, dostonning 
ikkinchi qism ida o ‘quvchini to ‘lqinlantirarli darajada tasvirlangan.
Bu hissiyot qahram onning tutqunlik davrida g‘oz orqali vataniga 
salom yo‘llashida; Barchin, Qaldirg‘och, Yodgorlaming hijron alamlari 

tasvirida, qahram onning yo‘ldagi uchrashuvlari epizodlarida yanada 
yorqin aks etgan. U m r bo‘yi tug‘ilib o ‘sgan yurtini, xalqini sevgan 
A lpom ishdagi bu hissiyot yetti yillik asirlikdan keyin ona tuproqqa 
qadam q o ‘yganda yanada yuqori nuqtaga ko‘tariladi, vatani. eli 
haqida turli xayollarga boradi:
Asqar tog‘i tum anm ikan,
M en bilmaym an bu yo'llarda,
O ta-enam om onm ikan,
K o‘rganim yo‘q Q o‘ng‘irot eli,
Qadimgiday zam onmikan?..
Tog‘ga chiqib shunday qarab turibdi,
Yoylab yotgan Boysun yurtin ko‘ribdi.
Elatini ko‘rib ko‘ngli buzildi,
Ko‘zdan yoshi m unchoq-m unchoq tizildi.
D ostonda el-u yurtga muhabbat motivlari urug‘ birligi g‘oyasi bilan 
birlashib ketadi. Ajralish qabila a ’zolari boshiga og‘ir kulfatlar keltiradi. 
Barchin, Qaldirg‘och, hatto Boysarining o ‘zi ham o ‘zga mamlakatda 
xor-zor b o ‘lishlarini takror-takror aytadilar. D ostonning har ikkala


qismida ham Alpomishning Barchinga uylanishi qo‘ng‘irot urug‘ining 
yangidan birlashishiga olib keladi, Demak, Alpomishning nikoh uchun, 
oila uchun—»Okz uyi» uchun kurashi qonuniy ravishda q o ‘ng‘irot 
urug‘ining yanada mustahkamlanishi, yangi tipda qaytadan birlashishi 
uchun kurashi hamdir. Dostonda bu kurash qahramonlik va mardlik, 
insonparvarlik va hurlik, vatanga va xalqqa muhabbat, turli elatlar 
ham da qabilalarning insoniy huquq uchun kurashda d o ‘stligi va 
hamkorligi g‘oyalari bilan uzviy bog‘liq ravishda tasvirlanadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling