Cupressus sarvdoshlar oilasiga mansub


Download 0.83 Mb.
bet2/3
Sana06.05.2020
Hajmi0.83 Mb.
#103651
1   2   3
Bog'liq
SARV

Eski qishloqdan bir muncha narida, ariqqa yaqin yerda Madjerum masjidi vayronalari bor. Masjid qoldiqlari oldida bahaybat archa atrofga o‘zining ignabarg iforini tarata, ko‘m-ko‘k bo‘lib o‘smoqda. Agar yo‘l boshlovchingiz mahalliy tojik aholisidan bo‘lsa, u sizga albatta daraxtni Aleksandr Makedonskiyning o‘zi urushda halok bo‘lgan lashkarboshi sharafiga ekkani haqidagi afsonani so‘zlab beradi. Faqat halok bo‘lgan sarkardaning ismini hech kim bilmaydi... Agar o‘zboshimchalik bilan sanalarni tarixiy voqealar bilan taqqoslashni boshlasangiz, hafsalangiz pir bo‘lib, yo‘l boshlovchingizni ham ranjitasiz. Shuning uchun chiroyli afsonaga ishonib qo‘yganingiz ma’qul.

Tarixga nazar tashlasak, Aleksandr Makedonskiyning qo‘shini Kichik Osiyo, Suriya, Finikiya, Misr, Eronni zabt etib,  329 yilning bahorida Hinduqush tizmasidan o‘tishadi. Uch yil mobaynida Aleksandr Makedonskiy Baqtriya va So‘g‘dni egallab, Samarqandni zabt etadi va Sirdaryoga — saklar yeriga yo‘l oladi. Biroq, Nurota tog‘larigacha u yetib kelmagan.

Lekin butun tog‘ atrofi qachonlardir archa o‘rmoni bilan qoplanganligi uydirma emas. Qachondir geologlar g‘arbiy Nurotadan tilla va yog‘och ko‘mir topishgan bo‘lib, archa shaxtalarini eritish uchun tayyorlashgan. Bugun esa bunga ishonish qiyin — tog‘ yonbag‘rilarida o‘tlar va siyrak butalargina o‘sadi. Atrofda bitta ham archa qolmagan, Nurota tog‘larida ham yuztadan sal ko‘proq qolgan. Shuning uchun ham bugungi kungacha bahaybat bo‘lib o‘sib kelayotgan bu daraxt ko‘zni quvontirish bilan birga hayratga ham soladi. Asrlik xotiralarni o‘zina sukunat bilan saqlab kelayotgan shohid magnit kabi o‘ziga tortadi. Barra ignabarg ifor koinot sirini saqlab turganday, go‘yo.

Ehtimol, shu sababli madjerumliklar bu yerga masjid qurishgan. Uning devorlari bo‘y barobar saqlanib qolgan. Masjidning ichida va qarshisida yog‘och o‘yma ustunlar, bostirma to‘sinlarga ko‘zingiz tushadi. Baxtimizga, tarix yodgorligi sifatida mahalliy aholida maqbara, masjid va muqaddas joylardagi buyumlardan foydalanish qo‘llanmasi saqlanib qolgan. Mahalliy aholi ehtiyoji qanchalik kuchli bo‘lmasin, masjidning yog‘och bo‘laklaridan foydalanishmaydi, zero, bu gunoh hisoblanadi. Bu materiallarni faqat masjid va maqbaralar uchun foydalanish mumkin. Mana, bu pokizalik va tashlandiq meni, sayyoh sifati bu joyga kelishga chorlaydi. Bu yerda ko‘plab dindorlar yoki shunchaki chiziquvchan shaxslarni uchratmaysiz. Bu yer tinch va salqin, toza suv va ignabarg ifori ufirib, Madjerumning shildirab oquvchi suvi muhitida allalaydi.



Matn va suratlar muallifi: Elmira Aleynikova


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling