faoliyatining samaradorligi va uzoq muddat ishlashini ta’minlaydi. Suvni tozalashda turli filtrlardan (sug’orishsuvini qisman yoki to’liq tozalovchi) foydalaniladi. Qo’llaniladigan filtrning turi manbadagi suvning sifatiga bog’liq holda tanlanadi. Suvni qismantozalovchi filtrlar, asosan, qumli filtrlar (diametri 1,2-2,4 mm bo’lgan qum) ko’rinishida bo’lib, ular suvdagi yirik zarrachalarni tutib qoladi (4-rasm). Suvni to’liq tozalovchi filtrlar to’rli yoki diskli filtrlar ko’rinishida bo’lib, ular suvdagi mayda zarrachalarni tutib qolish uchun xizmat qiladi. Filtrlar ham qo’lda, ham avtomatik yuviladigan bo ’ladi. To’rsimon filtrlar suvdagi qum va yirik dispers zarrachalarni, donador filtrlar esa organik va mineral mayda va yirik to’rli yoki diskli filtrlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Har bir alohida sharoit uchun tozalach inshooti tegishli texnik-iqtisodiy hisoblar va variantlarni taqqoslash orqali tanlanadi. Filtrning shag’al qatlami suvni teskari oqizish bilan yuvib turiladi. Filtrni yuvish muddatlari oralig ’isuvning tozaligi va qancha ko’p oqib o’tayotganligiga bog’liq. Suv qanchalik loyqa bo’lsa filtrni tez-tez yuvib turish talab qiladi. Odatda filtrlar sutkasiga kamida ikki marotaba yuviladi. O‘g‘itlarni tayyorlash va suvga aralashtirish moslamasi tomchilatib sug’orish tizimining ajralmas qismi hisoblanib, hozirgi kunda «Venturi» tipidagi injektor, o’g’itlovchi idish va dozatron (miksrayt, agrorayt va b.) moslamalar keng qo’llaniladi (5-rasm). «Venturi» moslamasi bosim o’zgarishi hisobiga ishlaydi va, odatdapolimer materialdan tayyorlanadi. Injektor tizimning o’g’it beruvchi moslamasiga o’rnatiladi. O’g’it eritmasini sug’orishsuviga bir tekisda qo’shilishini
Do'stlaringiz bilan baham: |