D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi
Download 3.31 Mb.
|
2020-МФЎМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron darslik moduli
- O’quv materiallarini taqdim etish bo’yicha
- 2. To’laqonlilik tamoyili
- Ko’rgazmalilik tamoyili
- Erkin boshqarish tamoyili
- Moslashuvchanlik tamoyili
- Kompyuter qo’llash tamoyili
- Yig’iluvchanlik tamoyili
Materiallarni o’zlashtirish quyidagi bosqich va mazmunlarda amalga oshiriladi: qabul qilish (ob’ekt va jarayonlar (shakl va mazmun)); tushunish (namoish); anglash (vaziyat, dalillar, masalalar); umumlashtirish (tushunchalar, ma’noli munosabatlar); mustahkamlash (kontseptsiya, nazariya, tamoyillar, qonuniyatlar); qo’llash (modellar, chizmalar, mezonlar, ko’rsatkichlar, me’yorlar (jadvallar, grafiklar), ta’sir etish usul va yo’llari, misollar, masalalar).
Elektron darslik quyidagilarni ta’minlaydi (rasm). Elektron darslikning asosiy modullari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: Axborotning elektron eltuvchisi – axborotni raqamli shaklda saqlash va uzatishning maxsus qurilmasi (disketlar, CD-disk va boshqalar). Elektron darslik bo’limi – an’anaviy darslikning boblariga o’xshash o’quv fanining har xil sohasi. Elektron darslik moduli – an’anaviy darslikning mavzulari yoki paragraflariga o’xshash, o’quv fanining bo’limlari tashkil etuvchisi. Virtual ustaxonalar va laboratoriya stendlari – ustaxona jihozlari va laboratoriya stendlarining kompyuter-imitatsiya moduli. Ko’rinib turibdiki, elektron darsliklarning imkoniyatlari an’anaviy darsliklarga nisbatan ancha keng. Elektron darsliklar quyidagi asosiy xossalari bilan ajralib turadi: ta’limni, o’quv mashg’ulotlarini yuqori sifatli darajada olib borilishini ta’minlashi; mustaqil ta’lim olish va egallangan bilimlarni mustaqil baholash imkoniyatining berilishi; ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarning hamohangligi; axborot-ta’lim ashyolarini rivojlantirish xususiyatining hamohangligi; matn va boshqa axborot materiallarini maxsus navigatsiya (gipermatn) va illyustratsiya (multimedia vositalari, rasmlar, diagrammalar va jadvallar) bilan taqdim etishi. Elektron darsliklarning quyidagi ko’rinishlari mavjud: 1. Foydalanish maqsadlariga ko’ra: jamoa bo’lib va individual foydalaniladigan elektron darsliklar. Jamoa bo’lib foydalaniladigan elektron darsliklar kompyuterning katta tizim ashyolarini talab qilmaydigan bo’lishi kerak, chunki ular server kompyuterga joylashtiriladi, ulardan kompyuter tarmoqlari (Internet yoki Intranet) orqali foydalanish mumkin. Individual foydalaniladigan elektron darsliklar o’quv materiallarini o’qituvchining ishtirokisiz o’rganishga mo’ljallangan. Elektron darsliklarning bu ikki turidan auditoriya mashg’ulotlarida ham foydalanish mumkin. 2. O’quv materiallarini taqdim etish bo’yicha: tartibli va ixtiyoriy. Tartibli elektron darsliklar ma’lum bir bo’limga oid bo’lgan o’quv materiallarini o’zlashtirmasdan keyingi bo’limga o’tishga imkoniyat bermaydi. 3. O’quv materiallari va axborotlarni yangilash bo’yicha: uzluksiz va davriy yangilanuvchi. Uzluksiz ravishda yangilanadigan elektron darsliklar odatda elektron o’quv bazalariga (portallar, veb-saytlar va boshqalar) va elektron kutubxonalarga joylashtiriladi. Davriy yangilanadigan elektron darsliklar asosan elektron axborot eltuvchilar (disketa, CD-disk va boshqa) kabilar bilan taqdim etiladi. Elektron darsliklar quyidagi tamoyillarga javob berishi kerak: 1. Kvantlash tamoyili: o’quv materiallarini mazmunan yopiq, minimal hajmga ega modullarga ajratish. Modullar bir necha bosqichdan iborat bo’ladi, ammo 4-5 va undan yuqori bosqichga ega elektron darsliklarning didaktik imkoniyatlari pasayadi. 2. To’laqonlilik tamoyili: o’quv materiallarining asosiy mazmunini qamrab olgan har bir modul o’zida quyidagilarni mujassamlashtirgan bo’lishi kerak: - gipermurojaatga ega kalit so’zlar; nazariy asos; - nazariya bo’yicha nazorat savollari; namunalar; - mustaqil echish uchun masalalar; - modul bo’yicha nazorat savollari (javoblari bilan). Birinchi bosqich modulida quyidagilar bo’lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi: - testlar; - nazorat ishi; - yordamchi ma’lumotnoma (Help); - tahlillar. 3. Ko’rgazmalilik tamoyili: elektron darsliklar modullari matn va vizuallashtirilgan materiallarning ma’lum nisbatini saqlagan holda illyustratsiyalar va kadrlar jamlanmasidan iborat bo’lishi zarur. Har bir modul yangi tushuncha, ta’kid va uslublarni tushunish va xotiraga olishni engillashtiradigan minimum matn va ko’rinishli kadrlar yig’indisidan tashkil topishi kerak. 4. Tarmoqlanish tamoyili: har bir modul boshqa modullar bilan gipermatnli murojaatlar orqali shunday bog’langan bo’lishi kerakki, foydalanuvchi ixtiëriy paytda bir moduldan boshqasiga o’ta olishi mumkin bo’lsin. Tarmoqlanish tamoyili predmetni ket-ket o’rganishni amalga oshirishni rad qilmay, balki uni tavsiya qilingan o’tishlarni mavjud deb hisoblaydi 5. Erkin boshqarish tamoyili: talabalar kompyuter ekranidagi kadrlar almashishini mustaqil boshqarishlari, zarur material (misollar, o’rganilaëtgan ko’rgazmali tushunchalar va ta’kidlar, ham aniq masalalarning echish namunalari, shuningdek, kontrmisollar)larni istalgan miqdorda ekranga chiqarishlari, qiyinlik darajasini o’zlari bergan ëki o’qituvchi tavsiya qilgan zarur sondagi masalalarni echish va nazorat topshiriqlarini bajarish orqali o’zlarining bilimlarini mustaqil sinash imkoniyatlariga ega bo’lishlari kerak. 6. Moslashuvchanlik tamoyili: ED o’quv jaraënida foydalanuvchining zaruratlariga moslanishiga yo’l qo’yadigan, o’rganilaëtgan materialni chuqurligi va qiyinligini hamda talabaning bo’lajak mutaxassisligiga bog’liq ravishda amaliy yo’nalganligini variatsiya qila oladigan, foydalanuvchi ehtiyojlariga ko’ra qo’shimcha ko’rgazmali materialni generatsiya qila olish, talabalar o’rganaëtgan tushuncha va olingan masalalargning echimlarini grafik va geometrik talqinini taqdim eta oladigan bo’lishi kerak 7. Kompyuter qo’llash tamoyili: talaba ishlash mobaynida ixtiëriy paytda uni ayni paytda o’rganaëtgan asosiy materialdan e’tiborini chalg’imaslikka imkon beradigan qiyin ishlardan ozod qilish, katta sondagi misollarni ko’rib chiqish va ko’proq masala echish uchun kompyuterning ërdamini olishi mumkin. Kompyuter nafaqat katta almashtirishlar, turli-tuman hisoblar va grafik yasashlarni bajaradi, balki, ilgari o’rganilgan bo’lsa, ixtiëriy daraja qiyinchilikdagi mate-matik amallarni bajaradi, shuningdek olingan natijalarni javobning ixtiëriy bosqichida tekshiradi. 8. Yig’iluvchanlik tamoyili: elektron darslik (va boshqa o’quv paketlari umumiy elektron majmualarga yig’ish (komponovka qilish), kengaytirish va bo’yicha elektron kutubxona (masalan, kafedra kompyuter xonalarida) ëki talaba, o’qituvchi ëki tadqiqotchining (mutaxassislik va o’qiëtgan kursiga mos ravishda) shaxsiy elektron kutubxonasini shakllantirish imkoniyatini beradigan formatda bajarilgan bo’lishi kerak Elektron darslikni ishlab chiqishning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat: ED ishlab chiqishning birinchi bosqichida manbaa sifatida standart dasturga mos keladigan, gipermatnlar yaratish uchun qisqa va qulay bo’lgan, katta sondagi misol va masalalarga ega, shuningdek, qulay format (yig’ilish ta’moyili)da chop etilgan va elektron nashrlardan tanlangani maqsadga muvofiq. Shartnoma tuzish ikkinchi bosqichida olingan manbaalar yig’indisidan narxi va sifati maqbul munosabatda bo’lganlari tanlanadi. Download 3.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling