D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi


Download 3.31 Mb.
bet84/122
Sana13.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1769646
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   122
Bog'liq
2020-МФЎМ

Mavzuni o’rganishning uslubiy xususiyatlari. O’qituvchining faoliyatida tashkiliy onlardan biri ular tomonidan o’quv jarayonini rejalashtirish hisoblanadi. Yaxshi o’ylab mavzuli rejalashtirish talabalarning kuchlanishini me’yorlashtiradi, o’qituvchiga fanning yillik materiallarini to’liq tasavvur qilish, materiallarni darslar bo’yicha taqsimlash haqidagi istiqbollini beradi, o’quv jarayonini bir me’yordaligini ta’minlaydi, bir xil masalalarni echishni o’rganishga sarflanayotgan befoyda vaqtlarni oldini oladi. Mavzuli rejalashtirishning asosiy qismi kurs bo’yicha bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlashdir. U yoki bu mavzu bo’yicha mashg’ulotni o’tkazish rejasini yozayotganda, keyingi materialni o’zlashtirish uchun zarur yangi va mustahkam bazani ham ko’zda tutish lozim; auditoriyada va undan tashqarida bajariladigan vazifalarni aniq rejalashtirish zarur. Har bir darsning mazmunini ishlab chiqishda o’quv materalini o’rganish uslublarini va talabalarning mashg’ulotda ishlashini tashkil etish shaklini aniq belgilash kerak. O’quv jarayonini tashkil etishda masalalar echish muhim ahamiyat kasb etadi. Masala va misollar echish informatikaga o’qitishda maqsad ham, o’qitish vositasidan ham iborat bo’ladi, chunki nazariy material asosan masalalar echishda ko’proq o’zlashtiriladi va mustahkamlanadi. Bunda talabalarga tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvdan foydalanish maqsadag muvofiq bo’ladi.
Talabalarga tabaqalashtirish talabi ularni kuchlanishlarini pasaytiradi, ularga o’z kuchlari bo’yicha ishlashni ta’minlaydi va ularda informatikani o’rganishga nisbatan ijobiy munosabat shakllantiradi. Dars rejasini shakllantirayotan vaqtda o’qituvchi qullanmalarni majmuaviy foydalanishni ko’zda tutishi kerak, ular orasida aloqani aniqlashi lozim, faqat vaqtni iqtisod qiladiganlari va pedagogik samara beradiganlari bilan ishlashlari lozim.
Mavzuli reja bilan ishlayotganda, o’z oldiga ijtimoiy masalalar qo’yishi va echishi, o’rganilayotgan materialni talabalarning amaliy ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratishi, qo’shni fanlarni o’zlashtirishda olgan bilimlarni o’zaro ichiga kirishi va foydalanishini ko’rsatishi maqsadga muvofiq. Buni sekin-asta va tizimli ravishda yil davomida amalga oshirish lozim. Mazuni o’rganib bo’lgandan so’ng, o’qituvchi yakun yasaydi. Olingan natijalarni tahlil qiladi, qiyinchiliklarni va ko’p uchrab turadigan xatolarni aniqlaydi, ularni takrorldashda yo’qotish yo’llarini belgilaydi. Mavzuli reja ustida ishlashning yuqorida sanalgan barcha onlari, yangi reja tuzayotganda ijobiy va salbiy tomonlarini e’tiborga olinishi uchun o’qituvchi tomonidan hijjalab tahlil etiladi.
Mazuni o’rganishning usulubiy xususiyatlari. Dars tushunchasi didaktikaning muhim kategoriyasi sifatida ifodalanadi. Dars barcha elementlari didaktikaning asosiy holatlarini aks etadigan va talabalarni tarbiyalashga hamda ularning mustaqil bilim olishiga mo’ljallangan tizim sifatida qaraladi. O’qituvchi tomonidan didaktikaning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari va qoidalarini, dars mazmuni va o’quv-tarbiya jarayonining tashkil etish shaklidagi mohiyatini bilish, o’qitish va tarbiyalashning zarur sifati va samarasiga erishishning kafolati bo’lishi mumkin. Har bir darsda dastlab bevosita dasturiy talablaridan kelib chiqadigan o’qitishning aniq maqsadlari aniqlanishi zarur. Har qanday masalani echish, o’qituvchining har qanday savoli, uning ixtiyoriy harakatlari ushbu maqsadni amalga oshirishga javob berishi kerak. Dars rejasini tuzishda, uning maqsadlaridan tashqari uslublar, mos adabiyotlar, mustaqil ishlarning turlari, fanlararo aloqadorlik imkoniyatlari, o’qitishning texnik vositalari va sh.k. aniqlanadi. Bularning barchasi dars tuzulishiga kiritiladi.
Dars tuzulishi tushunchasi o’ziga: avvalgi bilim va harakat usullarini faollashtirish, yangi bilimlarni shakllantirish, ularni qo’llash (ko’nikma va malakalarni shakllantirish) kabi komponentalarni oladi. Didaktik fan dars tahliliga natija nuqtai nazaridan ham, jarayon o’zining nuqtai nazaridan ham majmuaviy yondashuvni talab etadi. Bir tomondan, faollashtirish darajasi, yangi tushunchalarni va harakat usullarini shakllantirish, ikkinchi tomondan, mashg’ulotni darsning didaktik maqsadlari talablariga mos kelishi, o’qitishni hayot bilan aloqa o’rnatilishi aniqlanadi. Dars tahlilining asosiy mezoni yakuniy natija, ya’ni dars maqsadiga erishilganlik, b.a. talabalar nimani va qanday o’zlashtirilganligi hisoblanadi. Dars rejasida ko’zda tutilganlarga aniq rioya etish va shu vaqtni o’zida o’quv vaziyatlarni o’zgarishiga qarab egiluvchanlik bilan yo’l tutishga, uning borishida zaxiradagi uslubiy variantlarni qo’llashga o’tishga doimo tayyor bo’lish, o’qituvchining darsga tayyorgarligining asosiy moxiyatidan iboratdir.
A. Zamonaviy darsga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat:

  • o’quv masalalarini aniqligi;

  • ta’lim va tarbiyaviy masalalarning birligi;

  • maqbul mazmunni aniqlash va o’quv materialini talabalarning tayyorgarlik darajasiga mos holda ajratish;

  • o’qitishning mos uslub va usullarini tanlash;

  • avval o’tilgan va keyin o’tiladigan materillar, predmetlar, odamlarning hayoti va amaliy faoliti bilan aloqalarni o’rnatish;

  • darsni tashkil etishning aniqligi;

B. O’qituvchining darsga tayyorgarligi va uni o’tkazishdagi faoliyatining shakllari:

  • darsga dasturiy – uslubiy talablarni bajarish nuqtai nazardan ijodiy yondashish;

  • talabalarning haqiqiy o’quv imkoniyatlarini, guruh jamoasining shakllanganligini hisobga olish, talabalarning qiziqishi va talablarini e’tibordan chetda qoldirmaslik;

  • ta’lim, tarbiya va rivojlantirish birligidagi masalalarini tanlash va echish, darsning muhim jihatlarini ajratish;

  • darsni ratsional tuzilishi va me’yori(tempi)ni tanlash;

  • o’quv jarayonini amaliy yo’nalganligini ta’minlash, nazariy ma’lumotlarni shunchaki rasman egallashga yo’l qo’ymasdan, talabalar tomonidan egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni qo’llash imkoniyatlarini yaratish;

  • darsda so’zli, ko’rgazmali, nazariy va amaliy usulublarning maqbul birligini foydalanish, ko’proq darajada talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish;

  • turli vositalar (darslik, qo’llanma, shu jumladan elektron, ko’rgazmali qo’llanmalar, axborot-komknikatsiya vositalari va sh.k.)ni ratsional foydalanish;

  • darsda ishlashning jamoaviy, tabaqalashgan, individual shakllarini o’z o’rnida foydalanish;

  • imkoni boricha materiallarning asosiy hajmi darsda o’tilishi, uyga vaazifa sifatida engilroq bo’limlarni talabalarning o’zlari mustaqil o’rganishga, yoki turli echilgan masalalarga o’xshash masalarni uyda echishga berish;

  • dars rejasiga aniq rioya etish va o’quv vaziyatlarni o’zgarishiga qarab egiluvchanlik bilan zaxiradagi uslubiy variantlarni qo’llashga o’tishga doimo tayyor bo’lish;

  • darsni mustaqil tahlil qilish mobaynida olingan ta’lim, tarbiya va rivojlantirish natijalarini ajratish; kamchiliklarning muhim sabablarini aniqlash, tahlil natijalarini keyingi darslarda hisobga olishdan iborat.

Darsni mustaqil tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor qilish maqsadga muvofiq:

  • sana va darsni mavzusini e’lon qilinishi;

  • qo’shimcha adabiyotdan foydalanish;

  • dars tuzilishi va uni umumiy tashkil etish. Vaqtni turli bosqichlada taqsimlash. Har bir bosqichdagi dars mazmuni;

  • dars rejasida o’zgarish bo’ldimi? O’zgarish sabablari. O’quv vaziyatining o’zgarishi munosabati bilan mustaqil yo’l tanlanganligi.

  • dars me’yori. Guruh faolligi. Darsdagi talabalarning tartibi.

  • ishda turli shakl va usulublarni maqbul birlashtirish;

  • bilimlar o’zlashtirilishini nazorati. Savol va vazifalarning mazmuni. Baholarni bilimlar darajasiga mosligi, ularni talabalarni ma’suliyatli munosabatlarini rag’batlantirish uchun foydalanilganligi. Yangi materialni takrorlashni tashkil etish.

  • mustaqil ishning ahamiyati, o’rni va tabiati. o’qitishning individual uslublari. talabalarni informatikaga qiziqishini tarbiyalash. talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish.

  • dars maqsadini qo’yish va yakun yasash. mavzu tushunarlimi? darsda qanday qiynchiliklarga duch kelindi, ularni engish yo’llari. uyga berilgan vazifaning hajmi.

  • ko’rgazmali vositalarni, O’TV, AKTni foydalanish.

  • o’qituvchining materialni egallaganligi, pedagogik takti, nutqi.

  • avval aytilgan kamchiliklarni hisobga olinganligi;

  • o’qituvchi ishi tizimida o’zining tahlilini ahamiyatini aniqlash;

Ushbu darsning mavzudagi, bo’limdagi, kursdagi o’rni qanday? Uning avvalgi o’tilgan darslar bilan qanday aloqdor, ularning nimalariga tayanilgan? Uning turi qanday?

  • darsda qanday masalar echildi? Ularning aloqadordligi ta’minlandimi. dars vazifalarida guruh, alohida talabalar xususiyatlari qanday inobatga olindi?

  • nima uchun dars tuzilishi bu masalalarni echish uchun ratsional bo’ldi? So’rov, yangi materialni o’rganish, ularni mustahkamlash va boshq. uchun ratsional vaqt ajratildimi? Bosqichlar orasida «aloqalar» mantiqan to’g’rimi?

  • asosiy urg’u qaysi mazmun (tushuncha, g’oya, dalil)ga qilindi va nima uchun?

  • yangi materialni talabalarga etkazishda o’qitishning qanday shakllari tanlangan? Tanlangan o’qitish usulubini asoslang.

  • talabalarga tabaqalashgan yondashuv qanday amalga oshirildi?

  • bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish nazorati qanday amalga oshirildi? U qanday shakl va uslublarda amalga oshirildi? Nima uchun?

  • o’qitishning qanday vositalari foydalanildi?

  • nimalar hisobiga dars mobaynida talabalarning yuqori ishchanligi ta’minlandi? Talabalrning kuchlanishi ortib ketmadimi?

  • kutilmagan vaziyatlar uchun qanday zaxira uslubiy «yo’llar» ko’zda tutilgan?

  • darsda qo’yilgan barcha vazifalar amalga oshirildimi?

Informatika bo’yicha o’quv jarayoni haqiqiy bo’lishi va yuqori malakali o’qituvchilar tayyorlash bo’yicha qo’yilgan maqsadlarga javob berishi uchun, u maqsadli bo’lishi kerak. Informtika bo’yicha o’quv predmetning dasturida asosiy ta’lim maqsadlari (chuqur va mustahkam bilimlarni shakllantirish), tarbiyaviy maqsadlar (dialektik-materialistik dunyoqarashni shakllantirish) va talabalarning aqliy faoliyatlarini rivojlantirish maqsadlari (bilim olishni bilish va ularni bo’lg’usi mehnat faoliyatlarining amaliyotida qo’llay olish) bayon qilingan va ifodalangan. Ta’limning umumiy didaktik maqsadlari – talabalar ta’limi, tarbiyasi va rivojlantirishi orasida mazmunan, amalga oshirish usuban hech qanday aniq chegara yo’q, lekin informatika bo’yicha o’quv jarayonini aniqroq rejalashtirish uchun o’qitish maqsadini ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi kabi ajratish mumkin.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling