D. B. Elmurodova 2023y


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana06.04.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1277472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
keldiyorov abror kurs ishi.

3-rasm. 
Kompyuter modellari sistemaning tabiatini o‘ziga xos turli xil kombinatsion 
matematik modellarga asoslangan yaqinlashuvlar yordamida tasvirlab beradi. 
O‘tgan asrda kompyuterda modellashtirish zamonaviy fanning deyarli barcha 
sohalarida rivojlanishning ajralmas qismiga aylandi. Kompyuter simulyatsiyalari 
fizika, astronomiya, klimatologiya, kimyo, biologiya, materialshunoslik, 
iqtisodiyot, ijtimoiy fanlar va muhandislik sohasida sistemalarni modellashtirish 
uchun zarur vosita bo‘lib qoldi. 
Modellashtirish tajribadan ustun 
Sistemalar va ularning tabiatini zamonaviy texnologiyalar yordamida 
erishib bo‘lmaydigan nanoo‘lchamdagi aniqlik bilan tushunish uchun kompyuter 
simulyatsiyasidan foydalanish mumkin. Agar bizda ba'zi sistemalarning 
eksperimental kuzatish asosida qanday harakat qilishini tahlil qilib beradigan 


18 
ma'lumotlar mavjud bo‘lsa, biz ushbu hodisalar qanday sodir bo‘lgani yoki aslida 
nima sababdan yuz bergani haqidagi savollarga javob berishimiz mumkin. 
Quyida modellashtirishning bir qator afzalliklarini keltiramiz: 
Xavfsizlik – odamga yoki atrof-muhitga zarar bermasdan sinab ko‘rish yoki 
tajriba o‘tkazish. 
Prototip – yakuniy mahsulot ishlab chiqarilishidan avval yangi mahsulotlarni 
loyihalash va sinash uchun modellardan foydalanishdan iqtisodiy tejash. 
Bashorat qilish – kelajakka boqib, ehtimoliy ta'sirlarni yoki yo‘qotishlarni 
ta'kidlab, muammolar paydo bo‘lishidan oldin ularga yechim topish. 
Vizualizatsiya – tizimdagi munosabatlarni ko‘rish, tushunish va tahlil qilish. 
Jarayonni vaqt bo‘yicha tezlashtirish yoki sekinlashtirish. 
Takrorlash – model sistemani turli xil ssenariylar asosida parametrlarni 
o‘zgartirib qayta takrorlash. 
Yuqorida ta'kidlanganidek, kompyuterda modellashtirishni juda ko‘plab 
sohalarda qo‘llash mumkin, masalan: 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling