D elementlar haqida ma’lumot d element birikmalari


Download 15.17 Kb.
Sana06.02.2023
Hajmi15.17 Kb.
#1170076
Bog'liq
10mustaqil talim


10 MT
D elementlar haqida ma’lumot
D element birikmalari

Elementlarning fizik xossalari va davriy sistema


Davriy sistemadagi elementlar, birinchi galda, metall va metallmaslarga bo‘linadi. Bu bo‘linish nisbiydir, u oddiy moddalarning fizik xossalariga (masalan, elektr o ‘tkazuvchanlikka) asoslangan. Metallar (mis, oltin va boshqalar) elektr tokini yaxshi o‘tkazadi, metallmaslar (bor, oltingugurt) dielektrik xususiyatiga ega bo ‘ladi (lekin, metallmaslar orasida elektr tokini yaxshi o‘tkazadigan uglerodning allotropik shakli — grafit mavjud).

Bosh gruppacha elementlarining tartib raqami ortishi bilan atomlarda metallik xossalarining ortib borishi atomlar radiusi va ionlanish energiyasining o ‘zgarib borishi bilan bog‘liq. Davrlarda bosh gruppacha elementlar metallik xossa elementlar tartib raqami ortib borish tartibida kamayadi, metallmaslik xossasi esa ortib boradi

Xulosa qilib aytganda, davriy sistemada tipik metallmas — ftor, tipik metall — Cs va Fr bo‘ladi. Bosh gruppachalarda yuqorfdan pastga tushganda elementlarda metallik xossasining ortib borishi natijasida bosh gruppachalaring yuqorisida metallmaslar, pastki qismida metallar joylashadi. Jadvalda bu elementlarni bo’luvchi chegarada Be—Al—G e —Sb—Po (diagonal ustida joylashgan elem entlar atomlari) o ‘rnashgan, ularda metallik va metallmaslik alomati kuzatiladi, ularning oksidlariga amfoterlik xossa mansub.

Shu chegaraga yondashgan elementlarda ham bu hodisani kuzatish mumkin. Bunday elementlar atomlari ko’pincha metall va metall bo’lmagan shakllar (modifikatsiya)da uchraydi. Davriy sistemadagi elementlar atomlarining xossalarini bir necha xususiyatlar — atom radiusi, elektronga moyillik, ionlanish potensiali, elektrmanfiyligi, kislota-asosli xossalari orqali


Talqin qilish lozim.

Valent qobig’ida 4—7 elektroni bo’lgan elementlar atomlarining elektron qobig’i sakkizta elektronga to’lguncha elektron qabul qilishi mumkin, ya’ni bu elementlar atomlari kimyoviy jarayonlarda ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi bo’lishlari mumkin;





  • Atom yoki ionlarning radiuslari kamaygan sari elektronlarning yadroga tortilishi kuchayadi va ularning qaytaruvchilik xossalari kamayadi yoki oksidlovchilik xossalari kuchayadi;




  • Element atomining radiusi kattalashgan sari yuqorida aytib o’tilgan xossalarning teskari holati kuchayadi. Har bir gruppaning bosh gruppachalarida yuqoridan pastga tushish tartibida atomlarning qaytaruvchilik xossalari kuchayadi. Davrlarda esa tartib raqami ortishi tartibida radius kichiklashishi natijasida elementlar atomlarining qaytaruvchilik xossasi susayadi, oksidlovchilik xossalari kuchayadi;




  • Yonaki gruppacha elementlari atomlarining radiusi kattalashishi va yadro zaryadi sezilarli darajada ortishi natijasida qaytaruvchilik xossasining kamayishi yuz beradi.

Kislota-asosli xossa

Kislota-asosli xossa element atomlarida ularning oksidlari orqali aks ettiriladi: agar ular oksidlari bevosita yoki bilvosita asos hosil qilib, kislotalar bilan reaksiyada tuzlar hosil qilsa, bu oksidlar asosli xossalarni namoyon etadi. Aks holda, element atomi oksidi kislotali xossaga ega bo‘ladi.

Davriy sistemadagi ba’zi element atomlarining oksidlari amfoter xossaga ega bo‘lishini yuqorida aytib o’tilgan edi. Ayni bir element atomlarining birikmalarida, valentligiga qarab, asosli xossasi kislotali xarakterga ham o’tib ketishi mumkin. Masalan, Cr(OH)2 tipik asos, Cr(OH)3 amfoter xossani, H2CrO4( CrO3 * H2O ) esa faqat kislotali xossani namoyon qiladi.



Asos hosil qiladigan elementlar davrlarning boshlanishida, kislotali xossalar esa davr oxirida joylashgan elementlar atomlarining (asosan, yuqori oksidlanish darajasiga ega bo’lgan) oksidlarida amalga oshadi. Oraliq d-elementlar metall xossaga ega bo’lishiga qaramasdan, ularning maksimal oksidlanish darajasidagi birikmalarida kuchli kislotali xossa kuzatiladi. Ularning oraliq oksidlanish darajasidagi oksidlari amfoter xossaga ega bo’ladi.
Download 15.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling