D. I. Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi
Download 33.62 Kb.
|
D.I. MENDELEYEVNING KIMYOVIY ELEMENTLAR DAVRIY QONUNI VA DAVRIY SISTEMASI
N. Bor nazariyasi. Nils Bor 1913 yilda vodorod atomining tuzilish nazariyasini taklif qildi. N. Bor o'zining nazariyasini yaratishda E. Rezerford nuklear nazariyasiga va Plankning kvantlar nazariyasiga asoslandi.
N.Borning nazariyasining I postulatiga ko'ra, elektron yadro atrofida faqat kvantlangan, ya'ni ma'lum energiya darajasiga muvofiq keladigan orbitalar bo'ylab aylanadi. Bu orbitalarning qaysi birining elektron bilan band etilishi atomning energiyasiga bog'liq. Agar atomning energiyasi minimal qiymatga ega bo'lsa elektron yadroga eng yaqin birinchi orbita bo'ylab harakat qiladi; atomning bu holatini qo'zg'olmagan, normal yoki asosiy holat deyiladi. Bu holda elektron yadro bilan eng mustahkam bog'langan bo'ladi. Qo'shimcha energiya qabul qilgan atom qo'zg'olgan holatga o'tadi, lekin atomning qo'zg'olgan holati nihoyatda qisqa muddatlidir. Elektron uzoq orbitadan yaqin orbitaga o'tganda atom elektromagnit nur chiqarib o'z energiyasini kamaytiradi. N.Borning II postulatiga ko'ra, elektron bir orbitadan ikkinchi orbitaga o'tgandagina atom o'z energiyasini o'zgartiradi; elektron kvantlangan orbitalar bo'ylab aylanganda, atom energiya chiqarmaydi va energiya yutmaydi. Elektron yadrodan uzokda to’rgan orbitadan yadroga yakin orbitaga utganda atom yoruglikning bir kvantiga teng energiya chiqaradi. Bu kvantning kattaligi dastlabki va oxirgi xolatlarning energiyalari orasidagi ayirmaga tengdir: E = E1 - E2 = h E1 va E2 - dastlabki va oxirgi xolatlar energiyalari ; h - Plank doimiysi, 6,624*10-34 joul* sek ; - nurning 1 sekunddagi tebranishlar soni (chastotasi): q sG’ s - yoruglik tezligi; - yoruglikning tulkin uzunligi. Download 33.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling