sopol idishlardagi tasvirlardan ham ko‘rish mumkin.
39
Kamoliddin Behzod, Leonardo da Vinchi, Klod Mone, Pikasso kabi
buyuk mo‘yqalam ustalarining asarlari esa san’at olamining bebaho
meroslari qatoridan joy egallagan.
Rassomlar o‘z asarlarini polotno deb nomlangan matoda yoki qo-
g‘ozda mo‘yqalam yordamida yaratishgan. Ular o‘z asarlarini yara-
tayotgan
larida biron-bir xatoga yo‘l qo‘yishsa, barcha ishini qaytadan
boshlashga majbur bo‘lganlar.
Lekin kompyuter yordamida rasm va tasvirlarni chizish jarayonida
xatolikka yo‘l qo‘ysangiz, qog‘oz va polotnolarni tashlab yuborishga
hojat qolmaydi. Kompyuter dasturi sizga qayta va qayta yangi rasmlarni
chizish imkonini beradi.
Kompyuter texnikasining vujudga kelishi bu yo‘nalishda yangi
imkoniyatlarni yaratib berdi va «kompyuter grafi kasi» tushunchasi
vujudga keldi.
Kompyuter grafi kasi kompyuter texnologiyalarining bir qismi bo‘-
lib, uning imkoniyatlaridan foydalanib tasvirlarni kompyuter va maxsus
dasturlar yordamida yaratishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: