Rasm va shakl hosil qilish uskunalari:
– qalam,
– mo‘yqalam,
– purkagich,
– matn kiritish,
– to‘g‘ri chiziq,
– egri chiziq,
– to‘g‘ri to‘rtburchak,
– ko‘pburchak,
– ellips,
– o‘tmas burchakli to‘rtburchak.
Qalam va mo‘yqalam yordamida shakllar chizish
Grafi k muharrirlardagi qalam va mo‘yqalam uskunalarining oddiy
qalam va mo‘yqalamdan farqi shuki, ular barmoqlar harakati bilan emas,
balki «sich qoncha» harakati bilan chiziladi.
1-mashq. Paxta chanog‘i. Uskunalar panelidan
– qalam yoki
– mo‘yqalam tanlanadi. Rasm ish maydonida «sichqoncha»ning
chap tugmasini bosib turgan holatda qo‘l uzmasdan chiziladi (1-rasm).
Bu paxtaning chanoq qismi hisoblanadi. So‘ngra paxtaning o‘zi ham
qo‘l uzmasdan chiziladi (2-rasm).
Paxtaning chanog‘i jigarrang bo‘lgani uchun u shu rangga bo‘yaladi.
Bo‘yashni amalga oshirish uchun uskunalar panelidan
uskunasi
tanlanadi.
– Заливка (Bo‘yoq) uskunasi tanlangach, ranglar panelidan
jigarrang tusi tanlanadi va «sichqoncha» ko‘rsatkichi chanoq ustiga
o‘tkazilib, chap tugmaga bosiladi (3-rasm).
Shu usulda paxta tolalari ham och havorang tusga bo‘yaladi (4-rasm).
47
Do'stlaringiz bilan baham: |