«Pazl» o‘yinlar. Bu o‘yinlar kichik yoshdagi o‘quvchilarga mos bo‘lib,
rang-barang bo‘yoqlar yordamida yaratilgan, asosan, ko‘z xotirasini
rivojlantiruvchi o‘yin hisob lanadi. O‘yin sharti bo‘yicha mevalar o‘rnini
almashtirish nati jasida 3 ta qatorda bir xil mevali katakcha hosil bo‘lishi
kerak. Albatta, o‘yin tezligi ham hisobga olinadi. Bunday o‘yinlar
o‘quvchi bolalar zeh nini oshirishga, chaqqon bo‘lishga yordam berishi
mumkin.
Mantiqiy o‘yinlar. Biror masala yoki jumboqni yechishda o‘yinchidan
topqirlikni, izlanuvchanlikni talab qiladigan o‘yinlardir. O‘z qobiliyatini
sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar uchun «Magik Square» (sehrli
kvadrat) o‘yinida 5 ta murakkab mantiqiy masalani yechish tavsiya
etiladi. Bunday o‘yinlarni On-Line muhitida o‘ynash mumkin.
Boshqotirmalar. «Dupligon» kabi o‘yinlar «test-o‘yin» deb nomlanadi.
Bir soniyada aks ettirilgan tasvirni xotirada saqlab qolish va uni qayta
tasvirlab berish vazifalari orqali o‘yinchining qobiliyati aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |