zahoti behisob ayg'irlam ing mastona ham g'ayirona javob i boldikim,
beixtiyor ustoz bilan shogird hushyor tortishdi.
Chap tomonda, cho'kkan tuyani eslatuvchi qir biqinida yoqilgan
gulxan atrofida bazmi jam shid avjiga mingan edi. Sarxush kimsalar
baland tovushda bir-birlariga gap qotishadi, qiyqirib kulishadi, cho ‘g ‘da
toblangan dumba-jigar kabobdan miriqib tanovul qilishadi. Qir uzra
kuygan yo g ‘ hidi bilan to ‘yingan ко ‘kimtir tutun sokin suzadi, olislarga
tutashgan va ko'pdan beri shudgor к о ‘rmagan, sho'ra-yantoq bosgan
paykal ichra masiqqan bedovlar talosh qurganki, ular kishnaganda yer-u
ко ‘к go ‘yo guldirab ketar edi.
(A.Dilmurod. “Fig‘on”)
2-amaliy ish. Matn tarkibidagi qo‘shma fe’l va ko‘makchi fe’lli so‘z
qo‘shilmalarini ajrating. Ulaming umumiy va xususiy jihatlariga izoh
bering.
...Choyxonachi yoshi elliklardan oshib qolgan b o ‘Isa ham, xuddi
о ‘smirlarday yengil qadam tashlardi, yugurib-yelardi. So ‘ridagi eskiroq
ко ‘rpachani darrov y ig ‘ishtirib olib, supirib, ко ‘z ochib-yumguncha yangi
yakandoz to ‘shab, jo y soldi. Choyxonachi patnisda non bilan qand-qurs,
kabobpaz kabob olib keldi.
(Y.Sulaymon)
3-amaliy ish. Berilgan fe’llami quyidagi jadvalga joylashtiring. Ular
ishtirokida gaplar tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: