D lutfullayeva, R. Davlatova, M. Saparniyazova
Download 6.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Hozirgi o\'zbek adabiy tili 2 qism Lutfullayeva D Davlatova R
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-amaliy ish.
4-amaliy ish.
Quyidagi jadvalni to‘ldiring. 5-amaliy ish. Son turkumiga mansub so‘zlami ajratib, ma’no turini aniqlang. Xobgohdan ikki xona narida hashamatli uyda allaqachon tuzab qo'yilgan dasturxon Mirzoga muntazir edi. Uning kecha iftordan so ‘ng bergan amriga muvofiq bugungi saharlik uchala xotinlari va bolalari bilan birga qilinishi kerak edi. Mirzoning birinchi xotini Fotima Sulton, ikkinchi xotini Qutlug ‘ Nigor xonim, о ‘n sakkiz yoshlik qizi Xonzoda begim va о ‘n yashar o'g'li Jahongir Mirzo -hammalari o'sha tanobiy uyga yig'ilgan edilar. (P.Qodirov. “Yulduzli tunlar”) 6- amaliy ish. Matnni o‘qing, sonlami topib, ma’no turini aniqlang. Raqam bilan ifodalangan sonlami harflar bilan, harflar bilan yozilgan sonlami raqam bilan aks ettiring. Sonlarning imlosiga e’tibor bering. Tarix “xatosi” To ‘qqizinchi asr. Muhammad al- Xorazmiy algebra faniga asos soldi. О ‘ninchi asr. Abu Nasr Forobiy Aristotelning “Metafizika ” asariga ehg mukammal sharh yozib, “ikkinchi ustoz ” unvonini oldi. 83 On birinchi asr. Abu Rayhon Beruniy Yer bilan Oy o'rtasidagi masofani o'lchadi. Ibn Sino medetsina Qomusi — “Tib qonunlari” ni yaratdi. О ‘n to ‘rtinchi asr. Sohibqiron Amir Temur Yevroosiyoning yarmini tasarrufga oldi. Ahli Urn boshini silab, о ‘Imas obidalar yaratdi. O'n beshinchi asr. Ulug'bek 1019yulduzning harakat jadvalini tuzdi. Alisher Navoiy о ‘Imas “Xamsa ” sini yozdi. О ‘n oltinchi asr. “Boburnoma ” olamga tarqaldi. 0 ‘n yettinchi asr. Shoh- Jahon dunyodagi yetti mojizaning biriga tatigulik “Tojmahal” ni bunyod etdi. Yigirmanchi asr. 0 ‘zbek-sovet olimlari misli ko'rilmagan “ixtiro” qildilar: tarix “xato”sini tuzatib, о ‘tmishda biz yoppasiga “savodsiz” bo ‘Iganimizni isbotlab berdilar... ( 0 ‘.Hoshimov. “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”) 7-amaliy ish. O'.Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” asari- dan olingan ushbu matnda qo‘llangan sonlarning ma’no turi va sintaktik vazifasini belgilang. Maktab о ‘qituvchisining So ‘zi о ‘ttiz bolaga yetib boradi. Dorilfunun domlasining So ‘zi yuz talabaga yetib boradi. Notiqning So ‘zi ming tinglovchiga yetib boradi. Qalamkashning So ‘zi bir yo ‘la о ‘n ming, yuz ming kitobxonga yetib boradi. Demak, uning so ‘z mas ’uliyati ham boshqalarnikidan ming hissa ortiqroqdir. Download 6.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling