doimo, oldinma-ketin, astoydil, baholiqudrat, bugun, ustma-ust, shu
asnoda.
2-amaliy ish.
Berilgan matn tarkibidagi ravishlarning tuzilishiga ko‘ra
turlarini aniqlang. Hikoyani davom ettirishga harakat qiling.
Inson umri davomida xatolarini to'g'rilab, hayotga yanada teran
nigoh bilan qarashga o'rganib borar ekan. Feruza bugun ham tun-kun
o'ylab yurgan ishini qilishga o ‘zida j u r ’at topa olmadi. Uning miyasida
yana xato qi'lib qo ‘ysam-chi, degan xayol betinim aylanadi. Ishni-ku
boshlashga bir nafas olgulik vaqt ham ketmaydi, biroq bir zamonlar qilib
qo ‘ygan xatosi unga emin-erkin harakat qilishiga to ‘sqinlik qilayotganday
bo ‘laverdi. U yana bir marta daftarini olib birma-bir qiladigan ishlarini
rejasini tuzib chiqdi, qayta-qayta har biriga alohida to ‘xtaldi. Uzoq
rejalashtirishdan so ‘ng apil-tapil kiyindi-da, xonadan bamaylixotir chiqdi.
Uning ко ‘zlarida ishonch va umidga о ‘xshagan allaqanday uchqun porlar
edi.
Ravishlarning daraja shakli
1-amaliy ish.
T.Malikning “So‘nggi o ‘q” asaridan olingan ushbu
matndan ravishlami ajrating va qanday darajada ekanligini aniqlang.
Kuzning sovuq nafasida titrab-qaqshab turgan yaproqlar qitday
shabadaga ham tob berolmay chirt uziladigan ahvolga kelgan.
Yomg ‘irdan oldinroq uzilib xazonga aylangan barglar esa chirishga yuz
tutgan. Bugungilari ham, agar shamol uchirib ketmasa, o'z daraxtining
poyida chiriydi. Кип o g ‘ib shabada esmay qo'ygan. Daydidaradagi
do ‘nglikda —
tanho savlat to ‘kib turuvchi chinoming eng pastki shoxidagi
barg uzilgani hamon miltiq otiladi: kimdir —
ikkisidan biri qulashi kerak...
Bir yoniga sal qiyshayib turgan yigit, garchi yagona bargga tikilib qolgan
bo ‘lsa ham uni ko'rmaydi. Ukasi bilan otishishga shartlashib, qo'liga
miltiq olgach, titrab turgan barg o'lim xabarchisiday tuyulib, k o ‘z oldi
Do'stlaringiz bilan baham: