D. Mamatkulov 2023-yil zokirjonova shahlo toxirjon qizining
Tadqiqotning o‘rganilganlik darajasi
Download 148.44 Kb.
|
Shahlo dissertatsiya YANGI (1) (1)
Tadqiqotning o‘rganilganlik darajasi. O‘zbekiston psixolog olimlari M.G.Davletshin, A.Q.Saitova, F.I.Haydarov E.G‘.G‘oziyev, E.Z.Usmonova, V.A.Tokareva, A.A.Fayzullaev, R.Asomova, U.Jumaev, B.R.Qodirov, V.M.Karimova, Z.T.Nishanova, G‘.B.Shoumarov, N.S.Safaev, A.A.Jabborov,
B.M.Umarov, Sh.B.Baratov, R.S.Samarov, P.S.Ergashev, N.G‘.Komilova, N.N.Xalilovalar tomonidan o‘spirinlik davrining metodologik asoslari, xulq-atvor motivatsiyasi shakllanishining psixologik xususiyatlari, motiv va motivatsiya muammosi shaxsning tafakkuri, ma’naviyati uni rivojlantirish bosqichlari tadqiq etilgan. MDH davlatlaridan Yu.M.Orlov, Yu.V.Morozyuk, S.F.Marchukova, Yu.N.Krainova, A.L.Rudakov, T.N.Vasileva, M.S.Kozlovskaya, A.V.Kolivatov, G.G.Bashanaeva, M.M.Danina, F.R.Txagova, A.Yu.Gilman, G.Abramova, A.N.Faminova, G.A.Sukerman, V.P.Zinchenkolar tadqiqotlarida inson tafakkuri va uni rivojlantirishning falsafiy-metodologik jihatlari, o’smirlarning xulq-atvorida motivatsiyaning o’rni va ahamiyati tadqiq etilgan. L.S.Vigotskiy, L.S.Rubinshteyn, A.Leontev, Yu.L.Xaninlarning tadqiqot ishlarida tafakkur rivojining psixologik jihatlari o‘rganilgan. V.Slastenin, I.Isaev, Ye.Shiyanov, I.M.Spivaklarning ilmiy izlanishlarida ma’naviy-axloqiy tafakkurga doir masalalar tadqiq etilgan. Xorij olimlaridan V.S.Merlin, G.Olport, A.Adler, K.Yung, kabi olimlar, rus psixolog olimlaridan S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, V.G. Aseev, L.I.Bojovich, V.E.Chudnovskiy, V.I.Kovalev, P.T.Yakobson, R.Nemov Z.Freyd, K.Xorni ilmiy izlanishlarida insonning taraqqiy etishida tafakkurning xususiyatlari, xulq-atvorning o’rni uning salomatlikka ijobiy ta’sir etishi, bilish va motivatsion jarayonlarda tafakkurning ong osti faoliyatidagi o‘rni tadqiq qilingan. Skott Plaus, A.Maslou, A.Bek, V.Frankl, G.Lefransua, A.Adler, K.Levinlarning tadqiqotlarida inson tafakkurining turli jihatlari tadqiq etilgan. Ch.D.Spilberger tadqiqotlarida shaxsning ijtimoiy qadriyatlarini diagnostika qilish, guruhda xulq-atvor motivatsiyasini o‘rganish asosida inson tafakkuri taraqqiyotining bosqichlari tadqiq qilingan. Download 148.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling