D. N. Baxraxning fikricha, ijro hokimiyati faqatgina ma’muriy huquqiy
ehtiyoj va manfaatlarni anglash, ularni baholash va tarkibiy qismlarga ajratish
Download 485.88 Kb. Pdf ko'rish
|
Mamuriy huquq oraliq.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqiy shakl bu
ehtiyoj va manfaatlarni anglash, ularni baholash va tarkibiy qismlarga ajratish,
1 Erkin Xojiyev, To'lqin Xojiyev. Ma’muriy huquq. Darslik. — Т.: «Fan va texnologiya», 2008. — 608 b. aniq maqsadlar qo‘yish, ma’lum bir qarorlar ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash uchun mavjuddir. 2 Ko‘p hollarda, davlat boshqaruvi qonun chiqarish va odil sudlov faoiliyati doirasidan tashqarida bo‘gan davlat va davlat huquqiy hokimyatining subyektlarining faoliyati sifaatida namoyon bo‘ladi. Endi esa davlat boshqaruv shakllariga to‘xtalib o‘tamiz. Ommaviy boshqaruv shakllari deb o‘z faoliyatini qonunlarga tayangan, o‘z faoliyatini fuqarolarning huquq va manfaatlari ta’minlashini e’tiborga olgan holda olib boruvchi, harakatlari huquqiy tartibga solingan faoliyati tushunildi. Boshqaruv shakllari boshqa hokimyat organlari faoliyatining shakllaridan, ya’ni qonun ijodkorligidan va odil sudlovidan farq qiladi. Boshqaruv shakllari davlat va jamiyat hayotining, boshqaruvning barcha sohalarida davlat funksiyasini amalga oshirish imkonini beradi. Boshqaruv shakllari turli yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan ma’muriy- huquqiy normalar bilan tartibga solinadi. Ularning ba’zilari konstitutsiyaviy normalar, masalan ( Prizident farmon, qaror, farmoyishlari) va qonunlar ( Vazirlar Mahkamasining qarorlari), boshqalari esa qonun osti aktlari bilan ( masalan, vazirlik, davlat qo‘mitasining buyruqlari va ko‘rsatmalari) tartibga solinadi. Yu.M. Kozlov tomonidan davlat boshqaruv shakllari 2-qismga bo‘lingan, ular: 1. Huquqiy shakl 2. Nohuquqiy shakl 3 Huquqiy shakl bu- hamma vaqt yuridik oqibatlarni vujudga keltiradigan harakatlarga aytiladi. Ya’ni ijro etuvchi hokimyat tomonidan amalga oshiriladigan har qanday yuridik oqibat keltirib chiqaruvchi harakatlarga nisbatan ishlatiladi. Bunday harakatlarda yuridik hokimyatning vakolatlari namoyon bo‘ladi. Mazkuriy shaklga kiruvchi harakatlar ma’muriy huquqiy aktlarda namoyon bo‘ladi. Chunki 2 Ma’muriy huquq: Darslik / H.T. Odilqoriyev, I.Ismailov, N.T. Ismailov va boshq.; prof. Õ.T. Odilqoriyev va B. E. Qosimovning umumiy tahriri ostida.– T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2010. 3 Ma’muriy huquq: Darslik / H.T. Odilqoriyev, I.Ismailov, N.T. Ismailov va boshq.; prof. Õ.T. Odilqoriyev va B. E. Qosimovning umumiy tahriri ostida.– T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2010. bu aktlar vakolatli organlar tomonidan chiqariladi va yuridik oqibat keltirib chiqaradi. Download 485.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling