tartib-taomillariga, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa tartib-
taomillarga, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa ma’muriy-huquqiy
faoliyatga
nisbatan tatbiq etiladi
7
. Yuqoridagi vaziyatda xodimining navbatdagi
ta’tilga chiqishi to‘g‘risida viloyat hokimligi rahbarining buyrug‘i
chiqarilishi,
viloyat hokimligi rahbari o‘rinbosari fuqarolarni shaxsiy masalalari bo‘yicha qabul
qilishi ma’muriy organlarning manfaatdor shaxslarga nisbatan tadbiq etilishi bilan
bog‘liq.
3-moddada aytib o‘tilganidek ushbu qonun manfaatdor shaxslarga nisbatan
ma’muriy huquqiy faoliyatiga tadbiq etiladi. Ma’muriy huquqiy faoliyat-ayrim
jismoniy yoki yuridik shaxslarga nisbatan yoxud muayyan xususiy belgilarga ko‘ra
ajratiladigan shaxslar guruhiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqaruv faoliyati. Yuqoridagi
holatda viloyat hokimligi rahbarining xodimga nisbatan buyrug‘i
va viloyat
hokimligi rahbari o‘rinbosarining fuqarolarni qabul qilishi manfaatdor shaxslarga
qaratilgan.
Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risidagi qonunning 4-moddasiga ko‘ra
manfaatdor shaxs tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: manfaatdor shaxs —
qabul qilinayotgan ma’muriy hujjat yoki ma’muriy
harakat qaratilgan shaxs,
shuningdek huquqlari va qonuniy manfaatlari ma’muriy hujjatga yoki ma’muriy
harakatga daxldor bo‘lgan yoxud daxldor bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxs.
8
Ushbu
qonun viloyat hokimligi reglamenti qabul qilinishi, texnik qoidalar tasdiqlanishi va
shartnoma tuzilishi bilan bo‘g‘liq vaziyatlarga tadbiq etilmaydi. Chunki yuqoridagi
uchta holat
“Ma’muriy tartib taomillar” to‘g‘risidagi qonunning tadbiq etilish
sohalariga mutanosib emas.
Do'stlaringiz bilan baham: