D. O‘lchab, kes. Berilgan gapdan fe’llarni toping


Download 28 Kb.
Sana08.04.2023
Hajmi28 Kb.
#1342514
Bog'liq
4-sinf ona tili


4-sinf Ona tili
1.Yetti o’lchab, bir kes. Maqolda berilgan fe`llarni aniqlang.
A. Kes.
B. Yetti, bir.
D. O‘lchab, kes.
2.Berilgan gapdan fe’llarni toping.
Yomg‘ir dam yog‘adi, dam tinadi.
A.yog‘adi, tinadi.
B. Yomg‘ir dam yog‘adi.
D. yomg‘ir yog‘adi.
3.Fe`l so`zi qanday so`roqlarga javob bo`ladi?
A) Nima? Qanday? Qanaqa?
B)Nima qildi? Nima qiladi? Nima qilyapti?
D)Kim? Nima? Nechta?
4.Fe`l - so`z turkumi gapda qanday vazifada keladi?
A) Ega
B) Kesim
D)Ikkinchi daraja bo`lak
5.Fe`lda nechta shaxs bor?
A) 3 ta B) 5 ta D) 2 ta
6. Hilola ertakni zavq bilan o`qidi. Gapdagi fe`lni aniqlang.
A) Hilola B) ertakni D) o`qidi
7.Fe`l - so`z turkumiga oid so`z tagiga qanday chiziq chiziladi?
A) bir chiziq B) ikki chiziq D) to`lqinli chiziq
8. N i m a q i l d i?, n i m a q i l y a p t i?, nima q i l m o q c h i ? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar nimani bildiradi?
A)Fe`l B) Ot D) Sifat
9.O`tgan zamon fe`lini qo`shimchalarini belgilang.
A) –di,-gan B)-yap,-moqda D)-moqchi
10.Hozirgi zamon fe`lini qo`shimchalarini belgilang.
A) –di,-gan B)-yap,-moqda D)-moqchi
11.Kishilik olmoshlarilari qaysi qo’shimchalar bilan qo’llanganda asosda o’zgarish ro’y beradi?
A)jo’nalish B)tushum D)barchasi tog’ri
12.Qaysi olmoshlar bitta shaxsni bildiradi?
A)men,sen,u B)men,biz,u D)sen,ular,u
13.Qaysi qatorda sonning yozilishida xatoga yo’l qo’yilgan?
A)ikkinchi sinf B)1-sentabr D)xx-asr
14.Kishilik olmoshlari qanday so’roqlarga javob bo’ladi?
A)qanday ?qanaqa? B)kim?kimlar?
D)nima qildi?nima qilmoqchi?
15.ll shaxs olmoshlari qaysi?
A)men, biz B)sen, siz D) u,ular
16.”Men”,”Biz”olmoshlari qaysi shaxsni bildiradi?
A)l shaxs B)ll shaxs D)lllshaxs
17.Tushum kelishigida qo’llangan kishilik olmoshlarini belgilang.
A)Kecha ko’chada sizni ko’rdim B)Mening aziz Vatanim tong kabi musffodir
D)Ertakni o’zingiz davom ettiring
18.Bo’lishsiz fe’l berilgan qatorni aniqlang.
A)aytmadi,bordi B)teskari yurdi,o’tirmadi D)bormadi,aytmadi
19.Fe’lda nechta zamon bor?
A)3ta B)2ta D)4ta
20.O’tgan zamon qo’shimchalarini belgilang.
A)-di, -moqda B)-yap.-gan D)-di,-gan  

Download 28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling