D. Q. Usmanova


Qaytarilmaydigan sarflar –


Download 3.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/127
Sana21.07.2023
Hajmi3.15 Mb.
#1661570
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   127
Bog'liq
1. Buxgalteriya xisobi

Qaytarilmaydigan sarflar – ilgari qabul qilingan qarorlarning natijasida 
sodir bo‘lgan oldingi davr xarajatlari. 
Qayta tiklanadigan zaxiralar – to‘liq ishlov berish natijasida tiklanadigan 
xomashyo va materiallar. 
Qaytarilmaydigan xarajatlar – boshqaruv qarorlari orqali ta’sir qilish 
mumkin bo‘lmagan xarajatlar. 
Kiritiladigan xarajatlar – kelgusida daromad olib keladigan sotib olingan va 
mavjud bo‘lgan rusurslar. 
Qoplashning ichki koeffitsent – kapital quyilmaning sof keltirgan qiymati 
nolga teng bo‘lgan holatidagi foiz darajasi (diskonti). Ushbu koeffitsent izlanish va 
xatolar usulida aniqlanadi, uning taxminiy miqdori statistika jadvali ko‘rinishida 
keltirilishi mumkin. 
Marjinal xarajatlar va daromadlar – ishlab chiqarilgan birlik mahsulotga 
tegishli qo‘shimcha xarajatlar va daromadlar.
Marjinal daromad – “Direkt - kosting“ tizimida ishlab chiqarilgan mahsulot 
va buyumning tannarxini hisoblash usulini qo‘llashda ushbu mahsulotni sotishdan 
olingan daromadning summasidan o‘zgaruvchan xarajatlarni qo‘shgan holda 
hisoblangan mahsulotning tannarxi chegirilgandan keyin qolgan summa. 
Marjinal daromad usuli – mahsulotlarni sotishdan olingan daromad va 
ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishda sarflangan o‘zgaruvchan xarajatlarning 
farqiga asoslangan tenglik usulining turi.


375 
Mahsulotning marjinalligi – olingan daromad (baho) nisbatan foiz 
ko‘rinishidagi bir birlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan marjinal daromadning 
darajasi.
Mas’uliyat markazi – ish faoliyati natijasi uchun rahbari javob beradigan 
tegishli subektning tarkibiy bo‘linmalari.
Meyorlashtirish 
ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishning 
samaradorligini 
ta’minlashga 
yo‘naltirilgan 
muqobil 
me’yorlar 
va 
me’yorlashtirishning ilmiy asoslangan hisoblarning jarayoni. 

Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling