D. R. Babayeva
«Bolajon» tayanch dasturi yangi takomillashtirilgan dasturning maqsad, vazifasi
Download 0.9 Mb.
|
Malumotlar kurs ishi
«Bolajon» tayanch dasturi yangi takomillashtirilgan dasturning maqsad, vazifasi bugungi Davlat va jamiyat boshqaruvining erkin- lashuvi sharoitida, fuqarolik jamiyatining bo‘lg‘usi shaxslarini barka- mol qilib kamolga yetkazishga bo‘lgan talab va ehtiyojini qondirish, amaldagi «Uchinchi mingyillikning bolasi» tayanch dasturining sama- rali mazmun-mohiyatini saqlab qolgan holda, maktabgacha yoshdagi bolalarni yangi Davlat talablari asosida tarbiyalashga qaratilgan.
Dastur mazmuni bolalarda ilk bora milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini shakllantirish, milliy urf-odatlar, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtiromni kuchaytirish maqsadini ko‘zda tutadi. Ushbu dastur O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi YUNISEF xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazgan uch bosqichlik tajriba-vali- datsiya sinovlaridan samarali o‘tgan. «Bolajon» tayanch dasturi bugungi kunda maktabgacha ta’lim sohasining barcha yo‘nalishlari ushbu me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlanganligi va ular XTVning elektron saytlarida yoritilganligi bois, yangi tayyorlangan takomillashtirilgan nashrga ushbu hujjatlar kiritilmadi. «Bolajon» yangi tayanch dasturi yaxlit holatda, to‘ldirish va qo‘shimchalar bilan 12 bosma taboqni tashkil etadi. «Bolajon» yangi taomillashtirilgan tayanch dasturi maktabgacha yoshdagi bolalarga 4 yo‘nalish 3 bosqichda ta’lim-tarbiya berish maqsadini ko‘zda tutgan: Jismoniy rivojlantirish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena. Ijtimoiy-hissiy rivojlantirish. Nutq, o‘qish, savodga tayyorgarlik. Bilish jarayoni, atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish va uni anglash. «Bolajon» tayanch dasturi zamonaviy pedagogik-psixologik tad- qiqotlar uch yoshgacha bo‘lgan davr, uch yoshdan besh yoshgacha va besh yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar psixik va yosh xu- susiyatiga ko‘ra bir-biriga yaqinligini ilmiy asoslagan. Tahlillarga tayanib, yangi dasturda tug‘ilgandan 24 oygacha bo‘lgan rivojlanish davrlari (ilk yosh) oylar kesimida, I kichik (2-3 yosh), II kichik (3-4 yosh), o‘rta (4-5 yosh), katta (5-6 yosh), maktabga tayyorlov (6-7 yosh) qilib belgilandi. Tug‘ilgandan yetti yoshgacha bo‘lgan davrlarning xususi- yatlari tavsifi har bir yosh davr ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan talablar yoritilgan bandlar boshiga joylashtirildi. Bu dasturdan foydalanishda har bir yosh davr, uning o‘ziga xos xususiyatlari- ga taalluqli ma’lumotlar bilan yaxlit bir bandda tanishib chiqish imkoni mavjud. «Bolajon» yangi tayanch dasturida jismoniy rivojlanish, salomat- lik, madaniy-gigiyenik malakalar yo‘nalishi bo‘yicha asosiy harakat- lar alohida yoritildi va ular quyidagicha tartiblandi: Asosiy harakatlarga doir mashqlar; (Yurish, yugurish, sakrash, dumalatish, irg‘itish, ilib olish, emaklash, tirmashish, muvozanatni saqlash, velosiped haydash). «Bolajon» tayanch dasturida umumrivojlantiruvchi mashqlarga oid: (Yirik motorikani rivojlantirish, mayda qo‘l motorikasini rivoj- lantirish, sensomotorikani rivojlantirish bo‘limlari alohida yoritildi («Sensomotorika» - senso va motor so‘zlarining birgalikdagi ifodasi bo‘lib, lotincha «sensus» - sezish, «motor» - harakat, birgalikda nozik harakatlarni sezish ma’nosida qo‘llanadi). Oyoq uchun mashqlar; Gavda uchun rivojlantiruvchi mashqlar; Chiniqtirish va sog‘lomlashtirish; Ertalabki badantarbiya; Saflanish va qayta saflanish; Sport mashqlari; Raqs mashqlari; Harakatli o‘yinlar. «Bolajon» yangi tayanch dasturida ta’limiy, voqeaband-ijroli, harakatli, teatrlashtirilgan o‘yin faoliyatlarini har bir yosh bosqichi uchun alohida «O‘yin « bandida mustaqil bayon etish ko‘zda tutilgan. Madaniy-gigiyenik malakalar alohida bandlarda yoritilgan: taxminiy kun tartibi; uxlash gigiyenasi; shaxsiy gigiyena; ovqatlanish gigiyenasi; madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni egallash va o‘z-o‘ziga xizmat qilish; o‘ziga xos gigiyena; shikastlanishning oldini olish bandlari. «Bolajon» tayanch dasturida ijtimoiy-hissiy rivojlanish vazifasi mustaqil yo‘nalish sifatida dasturga ilk bor kiritildi. Uning maqsadi bolada milliy o‘zlikni anglash, o‘zi va o‘zgalar shaxsini hurmat qi- lish, his-tuyg‘ulami ifodalash, kattalar va tengdoshlari bilan mu- loqotda milliy qadriyatlarimizga xos muomala odobiga tayanishni tarbiyalashdir. Bu bolaning ijtimoiy hayotga moslashuvi bilan bog‘liq bo‘lib, bo‘lg‘usi barkamol shaxs ega bo‘lishi zarur bo‘lgan fazilatlarni tarbi- yalashda poydevor bo‘lib xizmat qiladi. «Bolajon» tayanch dasturida ijtimoiy-hissiy rivojlanish yo‘nalishi: Ijtimoiy rivojlantirish (kattalar va tengdoshlari bilan muloqot); Hissiy rivojlanish (bolaning «men» konsepsiyasi va his-tuyg‘ularini ifodalashi)ni o‘z ichiga olgan. Yangi dasturda nutq, o‘qish va savodga tayyorlash yo‘nalishi alohida, keng ochib berilgan. Ular quyidagicha tartiblangan: Nutq (Uning ekspressiv va impressiv muloqot turlari). O‘qish va savodga tayyorlash: Badiiy adabiyot bilan tanishtirish. Bunda ilk bora bolani harflar bilan tanishtirish, bo‘g‘inlab o‘qish va o‘z ismini bosma harflarda yozish vazifasi kiritilgan. «Bolajon» tayanch dasturida bilish jarayoni, atrof olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni anglash yo‘nalishiga quyidagilar: elementar matematik tasavvurlar (Son va sanoq, kattalik, geometrik shakllar, tevarak atrofda mo‘ljal olish, vaqtni chamalash, qurish-yas- ash, ta’limiy o‘yin va mashqlar); atrof olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni anglash (Ona Vatan va tevarak atrof, buyuk siymolar, kattalar mehnati, transport vositasi, buyumlar haqida bilimlar, jonli va jonsiz tabiat, yer kurrasi to‘g‘risida tasavvur); tasviriy faoliyat; musiqa; o‘yin faoliyati (ta’limiy, harakatli, voqeaband-ijroli, teatrlashtiril- gan o‘yinlar) keng yoritilgan. «Bolajon» tayanch dasturining maqsadi» Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari»ning bajarilishi- ga erishishdan, ya’ni maktabga jismonan sog‘lom, aqlan va ma’nan yetuk, jamiyatning turli a’zolari bilan muloqotda bo‘la oladigan, bor- liqni aniq idrok etadigan, hayotga ijtimoiy jihatdan moslashuvchi, umummilliy qadriyatlarimizni qadrlaydigan, shuningdek, mustaqil va ongli yashaydigan bolani tayyorlashdan iborat. «Bolajon» tayanch dasturining vazifasi bolalarni jismoniy, aqliy hamda ijtimoiy-hissiy jihatdan kamol toptirish va ularning sog‘lig‘ini muhofaza qilish; bolalaming erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, axloqiy va ma’naviy jihatdan barkamol, shuningdek, kelajakda mustaqil va ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Dasturda bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash davri shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: Go‘daklik (1 yoshgacha) ilk yosh (1-2 yosh) ilk yosh (2-3 yosh) kichik yosh (3-4 yosh) o‘rta yosh (4-5 yosh) katta yosh (5-6 yosh) maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh) Dasturning tuzilmasi: Bolalaming rivojlanish xususiyatlari. Jismoniy rivojlanish. Mashg‘ulotlar jadvali (haftalik, oylik, 1-yarim, 2-yarim yil- lik va jami). Ijtimoiy-hissiy rivojlanish. Nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik. Bilish jarayoni: atrof olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni anglash. Maktabgacha tarbiya muassasasida nutqini rivojlantirish vositalari va usullari. Tilni to‘g‘ri o‘rganish, uning grammatik tuzi- lishiga e’tibor berib so‘zlashish, bolalarda erkin muhokama yuri- tish, savollar berish, boshqalardan eshitgan fikrlari yuzasidan xulo- salar chiqarish, narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishning turli ko‘rinishlarini anglab yetishga olib keladi. Maktabgacha tarbiya muassasasida sog‘lom, tabiiy muhit yara- tish, ularning to‘g‘ri muomalaga kirishishi, boshqalar bilan gapla- shish ishtiyoqining ortishiga turtki bo‘ladi. Buning uchun bolalar nutqining shaklan va mazmunan mantiqiy birligiga erishish muhim bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir: dastlab bola o‘z lug‘at boyligiga ega bo‘lishi; bolalar nutqining grammatik tuzilishini aniq shakllantirishga e’tibor berish; bolalarda tovush madaniyatini tarbiyalash; dialogik nutq, ya’ni so‘zlashuv nutqini rivojlantirish; hikoya qilib berish; bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish; bolalarni savod o‘rgatishga tayyorlash va boshqalar. Bu talablar maktabgacha tarbiyaning barcha bosqichlarida amal- ga oshiriladi. Lekin ularning har birida bolalarning yosh xususiyati, shaxsiy tayyorgarlik darajasi, albatta, hisobga olinadi. Bolalarning tevarak-atrofni kuzatib borishi natijasida talaffuzi ham ijobiy tomonga o‘zgara boshlaydi; tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qila boshlaydilar, jumlalar mazmuni kengaya boradi, grammatik to- mondan gapni to‘g‘ri tuza boshlaydilar, lug‘at boyligi ham ortadi. Bolalarning o‘zlari kichik-kichik hikoyalar tuza boshlaydilar va bu hikoyalarni erkin bayon qila oladilar. Ularda kattalar bilan mulo- qotga kirishish, o‘z fikrini erkin bayon etish kabi xislatlar paydo bo‘la boshlaydi. Shunga ko‘ra bolalar nutqida tovush madaniyatini takomillashtirish, atrofdagi narsalar, predmetlar, hodisalar nomini ifodalovchi so‘z boyligini kengaytirish, faollashtirish, monologik nutqning oddiy shakllariga rioya etish, o‘z fikrini grammatik ji- hatdan to‘g‘ri va aniq ifodalay olish ko‘nikmalarini paydo qilish muhim va zarur hisoblanadi. Bu talablar bolalarda borliqni, tevarak-atrofni idrok etish, uni tu- shunish, his etish, hikoyalar tuzish, o‘z fikrini bayon qila olish, ifodali o‘qish faoliyati jarayonida tarkib toptiriladi. Ma’lumki, bog‘lanishli nutqda bolalarning atrofdagilar bilan voqea- hodisalar ta’siri natijasida o‘zaro munosabati, aloqasi ifodalanadi. Bu ifoda bir yoki bir necha jumlalarda o‘z aksini topishi mumkin. Nutqning shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan munosabati, muomala shakli katta rol o‘ynaydi. Maktabgacha katta yosh- dagi bolalarning og‘zaki nutqqa doir, malaka va ko‘nikmalari mav- jud bo‘lganligini hisobga olib, ularda bog‘lanishli nutqni shakl- lantirishda, avvalo, tevarak-atrofni kuzatishda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular, avvalo, ona Vatan haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshla- nadi. Bunda « Maktabgacha tarbiya muassasasi uchun dastur»da bolalarda mustaqil O‘zbekiston davlati haqidagi tushunchalarni kengaytirish, uning o‘tmishiga oid yodgorliklar bilan tanishtirish, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Qo‘qon kabi tarixiy shahar- lar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, «mustaqillik kuni» (1991-yil 1-sentabr), O‘zbekiston ramzlari: gerbi, bayrog‘i, madhiyasi bilan tanishtirish, O‘zbekiston Prezidenti, Prezidentlik boshqaruvi haqida ma’lumotlar berish, bolalarning o‘z mahallasi, ko‘chasi, uyi, uning nomlanishi, nomlanish sababi; O‘zbekistonning tabiati, yerosti va yerusti boyliklari, tog‘lari, cho‘l va adirlari, tog‘u soy- lari, o‘rmonu bog‘lari, iqlimi, buyuk siymolari, sarkardalari, ulug‘ mutafakkirlari, an’anaviy bayramlari, sayllari, milliy marosimlari, o‘zbek xalqining amaliy san’ati, kattalar mehnati, bolalarning ota- onalari, aka-opalarining O‘zbekiston xalq xo‘jaligining turli so- halaridagi ishtiroki, ishlab chiqarishning muhim sohalari, aloqa vositasi haqida bilim berish nazarda tutilgan. Ana shularning bar- chasi bolalarning tevarak-atrofdagi hodisalar haqidagi bilimlarni aniqlash, mustahkamlash va kengaytirish asosida bog‘lanishli nutqini rivojlantirishga yordam beradi. Bunda, birinchi navbatda, bolalar so‘z boyligini kengaytirishda Respublikamiz tabiati, kasb-hunarga oid, qurilish va qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan mashinalar, narsalarning o‘ziga xos bel- gilari va ranglari, mehnatga munosabatni ifodalovchi tushunchalar, nom va so‘zlar bilan boyitish zarur. Shuningdek, xalq og‘zaki ijo- di namunalarini o‘rganish; ona tilidagi antonim, sinonim, omonim so‘zlarni tushunish va to‘g‘ri qo‘llashga doir tushunchalar, so‘zlar bilan boyitishga erishish lozim. Bolalarni narsalarning nomlarini to‘g‘ri aytishga, ularning o‘xshash va farqli tomonlarini tushunish, shakli, rangi, sifati, xossalarini, jinsi va turiga oid yo‘naltiruvchi lug‘atini faollashtirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, nutq madaniyatini shakllantirish, dialogik va monologik nutqini takomil- lashtirish va nihoyat savod o‘rgatishga tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha tarbiya muassasasida olib borgan kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, ularning bog‘lanishli nutqi yoshiga ko‘ra orqada qolib, qator kamchiliklar mavjud. Shuning uchun biz ularning nutqini ku- zatishda odatdagi hayotiy faoliyatidan chetga chiqmaslikka harakat qildik. Bu jarayonda quyidagilarga e’tibor qaratildi: Ona tili boyligidan unumli foydalanish. Nutqni rivojlantiruvchi omillarni to‘g‘ri belgilash. Nutqni rivojlantirish jarayoni. Nutqni rivojlantirishda uzviylik va uzluksizlik. Nutqni rivojlantirish mazmuni. Nutqni rivojlantirish shakllari. Nutqda ijtimoiy-maishiy omillarning o‘zaro aloqasi. Sayrlar, o‘yin va mehnat jarayoni - nutqni o‘stirishning muhim vositasi ekanligi. Bolalarning nutqini rivojlantirish maxsus o‘rganilmaydi, natijalari ish- lab chiqilib, mashg‘ulotlar tizimi belgilab olinmaydi, mashg‘ulotlar ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan holda muntazam va izchil olib borilmaydi. Maktabgacha tarbiya muassasalarining katta guruhlarida bolalarning nutqi qay darajada shakllanganligi aniqlanib, maxsus top- shiriqlar ro‘yxatini ishlab chiqiladi, har bir bola bilan yakka tartibda mashg‘ulotlar olib boriladi. Misol. Bolaga tavsiya etilgan ertak yoki hikoyani qayta hikoya qilib bera olishini aniqlash. «Zumrad va Qimmat», «Bo‘g‘irsoq», «Ikki echki», «Ur, to‘qmoq», «Echki bolalari», «Toshbaqa bilan chayon» kabi ertak va hikoyatlardan uchtasini taklif etiladi. Bola ertakni eslay olmasa, shu ertaklarga ishlangan rasmlar havola qilinadi. Bolalar hikoyasi quyidagi ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilinadi: hikoyani mustaqil bayon qilish (kattalarning yordamisiz); matn mazmunining to‘liqligi; matnni bayon qilishda izchillik; ifoda vositalaridan foydalanish ko‘nikmasi; nutqning ravonligi. Tevarak-atrofdagi narsa-predmetlarga oid matnni qayta hikoya qilib berishda bolalar nutqida quyidagi kamchiliklar uchrashi mumkin. bolalar ertakni yordamchi savollar bermasdan turib mustaqil hikoya qila olmaydi; matndagi so‘zlarga taqlid qilib so‘zlaydi; ba’zi muhim voqealarni tushirib qoldiradi; bir oz to‘xtab-to‘xtab hikoya qiladi, nutqda uzilish bo‘ladi; nutqda ifodalilik yetishmaydi: bir xil tezlikda, bir xil tovushda hikoya qiladi; o‘zicha ba’zi so‘zlarni qo‘shib, ma’nosiz hikoya qiladi; kattalar yordami vositasida hikoya qiladi; hikoya qilish jarayonida matn ma’nosini o‘zgartirib yuboradi; mantiqiy izchillikka rioya qilmaydi. Bolalarga «Mehmonda», «Uycha», «Maktabga yo‘l» mavzulari va ularga ishlangan rasmlar tavsiya etiladi. Hikoya qilish jarayonida yo‘l qo‘ygan xatolari va yutuqlari aniqlanadi. Mazkur MTMda bolalarning nutqini kuzatganda quyidagilar asosiy mezon sifatida olinadi: tavsiya etilgan matnni hikoya qilishda voqeani kattalarning yor- damisiz, mustaqil bayon eta olishi; matn mazmunini to‘liq ifodalay olishi; matn mazmunini bayon qilishda izchillikka rioya qilishi; ifoda vositalaridan foydalana olishi; nutqning ravonligi, tezligi; jumlalarning grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilganligi; nutq madaniyatiga rioya etishi. Bolalarning nutqini o‘rganishning eng qulay usuli, shubhasiz, suhbat metodi hisoblanadi. Shuningdek, bolalarning tevarak-atrofda mavjud bo‘lgan narsalarni kuzatish va ularni tahlil etish, ular haqida sayrlarda uyushtirilgan savol-javoblar ham muhimdir. Shu bilan bir- ga, bolalarning bog‘lanishli nutqini o‘rganishda ularning tarjimai holi yuzasidan olib boriladigan kuzatishlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling