Maqsad: Tarbiyachining rejasi asosida shaxsiy hayotda bo‘lgan voqealarni hikoya qilib so'zlab berishga o'rgatish.
Vazifalar:
Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malaka- sini shakllantirish.
Gapirayotganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, jumlalar tuzish malakasini mustahkamlash.
Aytilgan jumlani qanday holat (kayfiyat)da aytilganini an- iqlash (xafa, xursand).
Tovushga xos xususiyatlarni aniqlash.
Kutilayotgan natijalar:
Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasi shakllanadi.
Gapirayotganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, jumlalar tuzishga o‘rganadilar.
Tovushga xos xususiyatlarni bilib oladilar.
Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasi shakllanadi.
Gapirayotganda so‘zlami bir-biriga bog‘lab, jumlalar tuzishga o‘rganadilar.
Tovushga xos xususiyatlarni bilib oladilar.
Kerakli jihozlar:
Mavzuga oid rasmlar.
Stol, stul, rangli qog‘oz va qalamlar, o‘yin ishtirokchilari.
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi: Bolalar, hozir biz uchun qadrdon bo‘lgan maktab- gacha ta’lim muassasasi haqida suhbatlashamiz. Biz maktabgacha ta’lim muassasasini sevamiz. U bizning ikkinchi uyimiz. Siz mak- tabga borganingizda o‘qituvchingiz maktabgacha ta’lim muassasasi haqida so‘rab qolishi mumkin. Shunda siz qiynalib qolmasligingiz uchun shu mavzuda hikoya tuzishga o‘rganamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |