D. R. Babayeva
«Mustaqillik maydoni - tinchlik ramzi» nomli surat asosida hikoya tuzish
Download 0.9 Mb.
|
Malumotlar kurs ishi
«Mustaqillik maydoni - tinchlik ramzi» nomli surat asosida hikoya tuzish:
Maqsad: Bolalarni surat bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga, surat- dagi tasvirdan oldingi voqealarni mustaqil o‘ylab tuzishga o‘rgatish, suh- bat paytida faol ishtirok etishga undash, suratda aks ettirilgan voqealami izchil bayon qilish, mavzu bo‘yicha berilgan savollarga tushunib, qisqa va to‘liq javob berish, o‘rtoqlarining berayotgan javoblariga e’tibor be- rish malakasini takomillashtirish. Suhbat davomida bolalar qalbida Mil- liy Armiyaga nisbatan muhabbat, milliy g‘urur hissini tarbiyalash. Vazifalar: «Mustaqillik bayrami», «Mustaqillik maydoni» mavzularida lug‘atni faollashtirish. Voqea-hodisalarning muhim belgilarini ajratishga, solishtirish- ga va umumlashtirishga, ularni ifodalash uchun aniq so‘zlarni tanlashga o‘rgatish. Bog‘lanishli nutq-hikoya tuzish ko‘nikmalarini shakllantirish. Nutqning ifodaliligini tarbiyalash. Kutilayotgan natijalar: Surat bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga, suratdagi tasvirdan oldingi voqealarni mustaqil o‘ylab to‘qishga o‘rganadilar. Grammatik jihatdan to‘g‘ri so‘zlashga intiladi. Bolalar bilimlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan, ishtirok etishga mo‘ljallangan interfaol usullar: Aqliy hujum Qisqa hikoya Savol- javob Tetiklashtiruvchi mashqlar Kerakli jihozlar: «Mustaqillik maydoni- tinchlik ramzi» surati. Mashg‘ulotning borishi. Surat ilib qo‘yiladi va mazmuni bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi. - Bolalar, Vatanimizda har yili 1-sentabr kuni mustaqillik bayrami nishonlanadi. Bayram kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xalqimizni bayram bilan tabriklaydilar. So‘ng maydonda tomosha bo‘ladi. Bolalar, bayramingiz muborak bo‘lsin! Hozir biz «Mustaqillik maydoni - tinchlik ramzi» nomli suratni ko‘rib, surat bo‘yicha hikoya tuzishni o‘rganamiz. Suratga diqqat bilan qarang. Suratda kimlar tasvirlangan? Bolalar qiyofasida qanday holat ifodalangan? Bayram tantanasida siz ham ishtirok etdingizmi? Bayramda nimalarni ko‘rdingiz? Mustaqillik maydonida qanday inshootlarni ko‘ryapsiz? («Baxtiyor ona» haykali, favvoralar, ark, laylaklar) Laylaklar qanday ma’noni ifodalaydi? (Tinchlik ramzini) Jismoniy daqiqa 4 ta joyga doira chiziladi, har bir doiraga bittadan faslning belgisi chiziladi, o‘rtada bolalar turadi. Tarbiyachi «Kuz» desa, bolalar kuz belgisi bor doiraga, «Yoz» desa yoz belgisi bor doira ichiga kirib tu- radilar. O‘yin shu tarzda davom etadi. Tarbiyachi jismoniy daqiqadan so‘ng: kelinglar, endi surat asosida hikoya tuzamiz (5-6 ta bola hikoyalari tinglanadi). Mashg‘ulot yakunida tarbiyachi bolalar javoblarini umumlashtiradi: bolalar, biz Vatanimizda har yili 1-sentabr kuni mustaqillik bayrami bo‘lishi, bayram kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xalqimizni bayram bilan tabriklashi, so‘ng maydonda tomoshalar bo‘lishi haqida suhbatlashib oldik. Surat orqali Mustaqillik maydoni haqida tushun- chaga ega bo‘ldik. Hammangiz bayramni qanday o‘tkazganingizni ga- pirib berdingiz. Bayram hammangizga quvonch olib kelganidan men xursandman. Doimo shunday xursand bo‘lib yuring. Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: Mustaqillik bayrami qachon nishonlanadi? Mustaqillik maydonida qanday inshootlar bor ekan? Laylaklar qanday ma’noni ifodalaydi? Kimning hikoyasi sizga yoqdi? Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling