Siz qatnagan maktabgacha ta’lim muassasasi qaysi ko‘chada joylashgan?
U necha qavatli?
Maktabgacha ta'lim muassasasining qanday xonalari bor?
Maydoncha, yer uchastkalari bormi?
Uning kiraverishi qanday bezatilgan?
Tarbiyachi: Maktabgacha ta’lim muassasasi haqida suhbatlashib oldik. Endi kim shu mavzuda hikoya tuzib beradi? (Tarbiyachi namu- naviy hikoya berishi mumkin).
Maktabgacha ta’lim muassasasi Olmazor ko‘chasida joylashgan. Ikki qavatli. Birinchi qavatida oshxona, hamshira, mudira xonalari bor. Shu qavatda muzey xonasi ham bor. Musavvirlar kiraverishini o‘zbek xalq ertaklaridan lavhalar bilan bezatishgan. Biz maktabgacha ta’lim muassasasini sevamiz (5-6 ta bolalar hikoyalari tinglanadi).
Tarbiyachi: Men hikoyalaringizni eshitib, maktabgacha ta’lim muassasangizni qanchalik yaxshi ko‘rishingizni bilib oldim. Hozir «Maktabgacha ta’lim muassasasi» jumlasini men chaqirgan bola aytadi. Qolgan bolalar aytilgan gap qaysi kayfiyatda aytilganini an- iqlaydilar (Bolalar jumlani xafa, xursand kabi holatlardagi kayfiyatda aytishlari mumkin).
Jismoniy daqiqa:
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
Maktabgacha ta’lim muassasasi qaysi ko‘chada joylashgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |