D. R. Babayeva


Maqsad: Voqeani, tasvirlashda vaqtni to‘g‘ri ifodalash, sodda yoyiq gaplarni qo'llashga o'rgatish


Download 0.9 Mb.
bet66/140
Sana05.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#224333
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   140
Bog'liq
Malumotlar kurs ishi

Maqsad: Voqeani, tasvirlashda vaqtni to‘g‘ri ifodalash, sodda yoyiq gaplarni qo'llashga o'rgatish

Vazifalar:

  • «Kuz» mavzusida lug‘atni faollashtirish.

  • Voqea-hodisalarning muhim belgilarini ajratishga, solishtirishga va umumlashtirishga ularni ifodalash uchun aniq so‘zlarni tanlashga o‘rgatish.

  • Bog‘lanishli nutq-hikoya tuzish ko‘nikmalarini shakllantirish.

  • Jumlalarni, tovushlarni aniq aytish, ovoz ohangini to‘g‘ri qo‘llash.

Kutilayotgan natijalar:

  • Voqeani tasvirlashda sodda yoyiq gaplarni qo‘llashni o‘rganadilar.

  • Grammatik jihatdan to‘g‘ri so‘zlashga intiladi.

  • «Kuz» mavzusida lug‘at faollashadi.

  • Voqea-hodisalarning muhim belgilarini ajratishga, solishtirishga va umumlashtirishga ularni ifodalash uchun aniq so‘zlarni tanlashga o‘rganadilar.

  • Jumlalarni, tovushlarni aniq aytadilar, ovoz ohangini to‘g‘ri qo‘llay oladilar.

Bolalar bilimlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan, ishtirok etishga mo‘ljallangan interfaol usullar:

  • Aqliy hujum.

  • Qisqa hikoya.

  • Savol- javob.

  • Tetiklashtiruvchi mashqlar.

Borishi. Bugun biz kuz fasli haqida hikoya tuzamiz. Kuz faslida tabiatda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi. Kuzda ob-havo turlicha bo‘ladi?

  1. quyosh nur sochsa, osmon musaffo va tiniq bo‘lsa, kuzni qan­day atash mumkin? (Oltin kuz, erta kuz).

  2. agar osmon bulutlar bilan qoplangan bo‘lib, sovuq shamol essa, tez-tez yomg‘ir yog‘sa, kuzni qanday atash mumkin? (Kech kuz, sovuq kuz, seryomg‘ir kuz).

d) kuzda daraxtlarda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? (barglar qizg‘ish- sariq tusga kiradi, yerga to‘kiladi).

s) kuzda qushlar qanday yashashadi? Qaysi qushlar uchib ketishadi?

Jismoniy daqiqa.

Tarbiyachi bolalar javoblarini umumlashtirib, bolalarni kuz haqi- da hikoya tuzishga taklif etadi. Hikoya tuzganingizda kuzgi ob-havo qandayligi haqida gapiring, Kuzda kattalar mehnati haqida gapiring. Hikoya tuzganingizda hozir ishlatilgan so‘zlardan foydalanishingiz mumkin (5-6 ta bolalar hikoyasi tinglanadi).

Eslatma: Tarbiyachi «Kuz» mavzusida o‘zi hikoya namunasini tuzib berishi mumkin.

Issiq yozdan so‘ng kuz fasli keladi. Kuz fasli kirib kelishi bilan havo salqinligi seziladi. Daraxt barglari birin-ketin qizg‘ish-sarg‘ish tusga kira boshlaydi. Qaldirg‘och, ko‘k qarg‘a, turna kabi qushlar uchib ketishadi. Bog‘larda kuzgi mevalar pishib yetiladi. Paxtazor- larda paxtalar oppoq bo‘lib ochiladi. Dala va bog‘larda ish qizg‘in bo‘ladi. Kuzgi meva, poliz ekinlari yig‘ib olinadi.

Tarbiyachi mashg‘ulotni maqol aytish bilan yakunlashi mumkin. Maqol mazmunini bolalarga tushuntirib beradi.

Yer haydasang kuz hayda,

Kuz haydamasang yuz hayda.

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :

  • Kuz faslida tabiatda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

  • Kuzda ob-havo qanday bo‘ladi?

  • Qanday qushlar uchib ketishadi?

  • Bog‘larda qanday mevalar pishadi?

  • Qanday poliz ekinlari pishib yetiladi?

  • Kimning hikoyasi sizga yoqdi?


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling