D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov
joylaridan uzoqligi bo’yicha tuzatma koeffitsiyentlar (sug’oriladigan mintaqa uchun)
Download 0.9 Mb.
|
Davlat kadastri asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masofasi, km Masofasi bo’yicha tuzatma koeffitsiyentlar
- 3.4. Yerlami muhofaza qilishning huquqiy asoslari
- IV bob. KO‘CHMAS MULK KADASTRINI TUZISH VA LOY1HALASHTIRISH 4.1. Kochmas mulk kadastri obyektlari, kadastr ishiga doir hujjatlar
joylaridan uzoqligi bo’yicha tuzatma koeffitsiyentlar (sug’oriladigan mintaqa uchun)
Yer uchastkalarining aholi punktlaridan uzoqligi bo’yicha ma’lumotlar bo‘lmagan taqdirda hamda hisob-kitoblarni oson- lashtirish maqsadida xojaliklarni mahsulotlarni sotish bozoriga hamda moddiy-texnik ta’minot markazlariga nisbatan joylashuvini hisobga oiadigan o'rtacha qiymatlar qo'llaniladi. Xo'jaliklarviloyat markazlaridan 10—20 km radiusda joylashgan taqdirda qo'llanilgan koeffitsiyentlar 10-15 foizga oshirilishi mumkin. Umumiy tarzda sug'oriladigan yerlarni me’yoriy baholash natijalari 12-jadvalda aks ettiriladi. Yerlaming me’yoriy qiymatini hisoblash
Nazorat uchun savollar Yerlami iqtisodiy jihaldan (me "yoriy) baholashning mazmuni nimalardan ibora I? Yerlami iqtisodiy jihaldan baholashning asosiga qanday ko'rsatkichlar qoyilgan? Yer baholash ishlarining natijalari xalq xojaligining qaysi masalalarini hal qilishda qo'llaniladi? Bir gektar yeming me ’yoriy bahosi qanday aniqlanadi? Yer uchastkasi (yoki konturjning yalpi me "yoriy bahosi qanday aniqlanadi ? 3.4. Yerlami muhofaza qilishning huquqiy asoslari Tayanch iboralari: yer kodeksi, aholi punktlari, tuproq xariiasi. Har bir mamlakat o‘zining istiqboliy rejalarini amalga oshirar ekan, awalambor, o‘z mamlakati hududida, qo'shni mamlakatlar, qolaversa, dunyo miqyosida tashqi tabiiy muhitning yomonlashu- viga yo'l qo‘ymasligi lalab qilinadi. Undan tashqari, har bir mamlakat o‘z hududidagi ekin maydonlari, u qishloq xo'jaligiga. sanoat korxonalari, shahar, transport, davlat zaxirasiga yoki boshqa turdagi boshqaruv idoralariga taalluqli yerlar boMishidan qat’iy nazar, davlat tomonidan muhofaza qilinadi. 0‘zbekiston Respublikasining yerlari O'zbekiston Respubli- kasining Konstitutsiyasi, Yer kodeksi va boshqa bir qator qonunlar tomonidan muhofaza qilinishi kafolatlangan. Aslida, yer kadastri tarkibini tashkil etuvchi ro'yxatda yemi tashqi tabiiy muhit ta’siridan saqlash masalalari ham joy olishi kerak. Vaholanki, hozirda tuzilayotgan yer kadastri tarkibida bunday muammo to'liqligicha o‘z ifodasini topmagan. Shu bois, yerdan foydalanish jarayonida yoki yerga biror sanoat korxonasi qurish ko'zda tulilganda, o'sha yerni muhofaza qilish uchun qancha mablag* sarf bo'lishini aniqlash qiyin. Ayniqsa, yer amaliyotiga chetel investrlari taklif qilinganda ushbu masala yana ham chigallashadi. Gap shundaki. investitsiya tarkibida yerni muhofaza qilish uchun ancha valuta ajratish zarurligi masalasi ko'ndalang bo’ladi. Ko'pgina mamlakatlaming shu sohada olib borayotgan ishlari shuni ko’rsatadiki, umuman tabiatni, uning bir bo'lagi sifatida ta’riflanayotgan yerni muhofaza qilish maqsadida chetel investorlari faqat yerni ular sotib olgungacha yoki ijaraga olgangacha yetkazilgan ekologik zararni qoplamoqni o'zlariga ep ko'rmoqdalar. Vaholanki, yerni istiqboliy rivojlantirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan zararni hisobga olmayaptilar. Qishloq joylarda infratuzilmani rivojlantrish maqsadlarida ko'pdan-ko‘p mayda obyektlarning qurilishi ta’sirida, yerga ma’- lum darajada bosim o'tkazilmoqda. Ayniqsa, qishloq xo'jaligidan keladigan foydani ko’paytirish maqsadida, yangi aholi punkt- larining qurilishi, ularni muhandislik kommunikatsiyalari bilan ta’minlashga doir obyektlarning ko'pligi, ekin maydonlarining ishga noqobilligini oshirishga, ekologik muhitning yomonlashuviga olib kelmoqda. Garchand, yuqorida keltirganimizdek, yerlar davlat tomonidan muhofaza qilinishi zarurligi huquqiy asosga ega bo'l.sa- da, ko'pincha, ushbu yo'nalishda paydo bo'layotgan muammolar oqilona hal qilinayapti deb, bolmaydi. Vaholanki, muammoni yechishda ilmiy va amaliy jihatdan, iqtisodiy, huquqiy nuqtayi nazardan yondoshilsa, nafaqat qishloq xo'jaligi infratuzilmasining rivojlanishi, balki e ко log i к vaziyat, yer muhofazasi ham o'zining ijobiy yechimini topadi. Qurilish maqsadlarida yer ajratilganda uning kelgusida ekoiogik jihatdan qay darajada o'zgarishini oldindan baholash uchun kadastr tarkibi ma’Iumotlar bilan ta’minlanadi. Yer kurrasining biror-bir nuqtasida ekoiogik o‘zgarishni har tomonlama to‘g‘ri o‘rganish, atrof-muhitning o‘sha joyga ta’sirini aniqlash maqsadida muayyan mintaqa tubdan tahlil qilinadi. Ushbu ishni bajarish uchun Geografik ma’Iumotlar tizimi (GMT) qo'llaniladi. Geografik ma’Iumotlar tizimi deb, yer kurrasining muayyan mintaqasiga doir ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, tekshirish, o'zgar- tirish, qayta ishlov berish, tahlil qilish va lozim bo‘lganda takrorlash maqsadlarida barpo etilgan kompyuteriashgan tizimga aytiladt. Ta’kidlash kerakki, GMT tshi, undagi ma’lumotlarning qay darajada aniq va sifatli qilib to‘planganiga bog’liq bo'ladi. GMT dan olingan ma’Iumotlar yerni, mintaqani huquqiy jihatdan muhofaza qilishda qo‘l keladi. Undan tashqari, kadastr ma’lumotlari, Geografik ma’Iumotlar tizimi, asosan yerdan oqilona foydalanish, uni butunlay yoki qisman yaroqsiz bo’lib qolishdan saqlash loyihalarini tuzishga yordam beradi. Qolaversa, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan yerdan vaqtincha foydalanishi kadastr ma’lumotlarida berilishi kerak. Zero, ushbu boshqaruv tizimiga kiruvchilar yerdan vaqtincha foydalanib, masalan, yerdan tuproq, qum, tosh va shunga o’xshash qurilish ashyolarini o'zlashtirib, joy, hudud va yerni yaroqsiz holga keltirishlari mumkin. Huquqiy hujjatlarda ta’kidlanishicha, ular yerdan foydalanib bo’lganlaridan keyin, o‘z boshqaruv idoralari hisobidan joyni ekin yoqilishi mumkin bo’ladigan darajada tayyorlab berishlari taqozo etiladi, Qishloq xo'jaligi boshqaruvi o‘z maqsadlarida yerdan foyda- langanda uni har tomonlama muhofaza qilishi kerak. Buning uchun zamonaviy agrotexnika qoidalariga, chunonchi, yer uchast- kalari pasportlarini tuzish, yemi almashlab ekish, tuproq xaritasini mukammal o'rganib, undan kelib chiqadigan chora-tadbirlar va boshqa talablarga amal qilishlari zarur. Qishloq xojaligi yerlaridan sanoat va qurilish obyektlari uchun qisman yer ajratiladigan hollarda, ayniqsa, sanoat va qurilish obyektlarining talablaridan kelib chiqadigan shart-sharoitlarni hisobga olgan holda, yemi muhofaza qilish tamoyillarini ishlab chiqish va ularni tatbiq etish kerak. DAVLAT KADASTRI ASOS LARI 2 KIRISH 3 va vazifalari 5 O‘quv fanining maqsad 5 Fan bo'yicha talabalarning bilimi, ko'nikma va malakasiga qo'yiiadigan talablar 5 Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bogdiqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi 7 1.1.Davlat kadastrining hoshqa turdosh fanlar bilan hog'liqligi va lining tarixiy rivojlanishi 8 1.2.Davlat yer kadastri mazmuni, turlari va xususiyatlari 11 3.3.O‘zbekiston hududida kadastr xizmatini rivojlantirish va ulaming yechimi 15 1.5.Kadastr xizniatini rivojlantirish muammolari va ulaming yechimi 37 2.2.Mamlakatning davlat geodezik tarmog'ini yerning sun’iy yo'ldoshi tizinii asosida barpo etish 46 O‘zbekistonda hajarilgan ishlar tajribasi 50 Analitik-grafik usul 51 (3.11) 57 Elektron planimetr bilan maydon o'lchash 57 Yerlarning strukturaviy holatini o'rganish 67 5.2, Yerlarning iqtisodiy nuqtayi nazardan joylashishiga qarab baholanishi (o‘tloqlar, yaylovlar) 72 ™- (XVzTki ■ 85 3.4. Yerlami muhofaza qilishning huquqiy asoslari 91 IV bob. KO‘CHMAS MULK KADASTRINI TUZISH VA LOY1HALASHTIRISH 95 4.1. Ko'chmas mulk kadastri obyektlari, kadastr ishiga doir hujjatlar 95 Ko'chnias mu Ik kadastri xodimi quyidagilami hilishi va bajara olistii kerak 105 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari 110 SERVER 113 Mulkchilik, egalik qilish munosabatlarining o'zgarishi 116 Davlat tomonidan tekinga uy-joy berish 119 V bob. BINO VA INSHOOTLAR DAV I AT KADASTRI 128 5.1.Bino va inshootlar davlat kadastri, uning mazmuni va ahamiyati 128 5.2.Bino va inshootlami davlat ro‘yxatidan t. ■ . : r;.5j . o‘tkazish tartibi 135 6.1. Davlat suv kadastri va uning umumiy mazmuni 143 6.2.Davlat о‘rm on kadastri ; 153 6.4. Temiryo'l kadastri 171 6.5. Foydali qazilma boyliklari kadastri 186 7.1.Ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari kadastri 195 7.2.Geoaxborot tizimlari va shaharsozlik kadastri 202 >i! 7.3. Tarixiy madaniy yodgorliklar kadastri 208 VIII bob. O'SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSI KADAStRI 225 8.1.O‘simlik va hayvonot dunyosi kadastri mazmuni 225 8.2.Avtomobil yo'llari va geodeziya hamda kartografiya davlat kadastrlari 228 / F0YDALAN1LGAN ADABIYOTLAR 235 bolslK.ru 237 iqtisodiy baholashning asosiy yo'naiishlari nimalar? Birlamchi iqtisodiy bahoiash nima asosida bajariladi ya tahlil qilinadi? 0‘tloqlar, yayloviarni iqtisodiy bahoiashda nimaiarga e’tibor beriladi? Yerlami iqtisodiy Jihatdan (me’yoriy) baholashning mazmuni nimaiardan iborat? il. Yerlami iqtisodiy jihatdan baholashning asosiga qanday ko'rsatkichlar qo “yilgan ? i 12. Yer bahoiash ishlarining natijalari xalq xo'jaiigining qaysi masalaiarini ! ha! qilishda qo'iianiladi? 13. Bir gektar yeming me ’yoriy bahosi qanday aniqlanadi? t 14. Yer uchastkasi (yoki konturjningyalpi me 'yoriy bahosi qanday aniqlanadi? , 15. Geografik m a 'lumotlar tizlm i deb nim aga ay Ida di ? ; ■,. (r. r. Geografik ma’lumollar tizimi nimaga yordam beradi? f : >l V Yer kurrasida ekologik о'zgarish qanday sodir bo‘ladi? IV bob. KO‘CHMAS MULK KADASTRINI TUZISH VA LOY1HALASHTIRISH 4.1. Ko'chmas mulk kadastri obyektlari, kadastr ishiga doir hujjatlar Tayanch iboralar: ko'chmas mul kadastri, davlat ko'chmas mulk kadastri, bino-inshootlar, birja; munitsipal birja. Ma’lumki, ko'chmas mulk bozori bozor iqtisodiyotining eng multi m yo'nalishiaridan biri hisoblanadi. Shu bois mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridanoq ko'chmas mulk bilan bog'liq munosabatlaming huquqiy asoslarini yaratish va takomillashtirish, ko'chmas mulk bozorini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Buning natijasida ko'chmas mulk obyektlari va ularga bo'lgan huquqlarga doir bitimlar tuzish bilan bog'liq xizmatlarni ko'rsatish bo'yicha tadbirkorlik faoliyati ham yuzaga keldi. Bugungi kunda professional xizmat ko'rsatuvchi Respublika ko'chmas mulk birjasi, «Agrosanoat» ko'p tarmoqli birjasi, Respublika mulk auksioni, «Poytaxt auksion» va «Munitsipal birja» mas’uliyati cheklangan jamiyati kabi bozor infratuzilmasi tashkilotlari aholi va xojalik yurituvchi subyektlarning ushbu turdagi xizmatlarga bo'lgan ehtiyojini ta’minlab kelmoqda. Qolaversa, yurtimizda ko'chmas mulk obyektlari va ularga bo'lgan huquqlarga doir bitimlar tuzish bo'yicha davlat ro'yxatidan o'tgan 2500 dan ortiq tashkilotlar xizmat ko'rsatmoqda. Shu bilan birga, bu borada davlat ro'yxatidan o'tmagan, aholi orasida «maklerlar» deb ataluvchi vositachilar tomonidan ham xizmat ko'rsatib kclin- moqda. Ularning faoliyati esa shu paytga qadar tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan edi. Bunday holat mamlakatimiz ko'chmas mulk bozorida ko'r- satiladigan xizmatlaming zamonaviy andozalarga mos bo'lishi va umuman, ushbu tarmoqning izchil rivojlanishiga to'sqinlik qilmoqda. Shu o'rinda ta’kidlash lozimki, dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida ko'chmas mulk obyektlariga doir bitimlar tuzish bilan bog'liq xizmatlar «rieltorlar» deb ataluvchi o'z ishining malakali mutaxassislari tomonidan shartnomaviy asoslarda ko'rsatib kelinmoqda. Mamlakatimizda ham rieltorlik faoiiyatini tartibga soluvchi alohida qonun hujjatiga ehtiyoj tug'ilgan edi. Shu nuqtayi nazardan, «Rieltorlik faoliyati to'g‘risida»gi O'zbekiston Res- publikasi Qonuni senatorlar tomonidan ma’qullandi. Qonun yurtimizda rieltorlik faoliyatining huquqiy asoslarini bosqichma- bosqich rivojlantirishga hamda ko'chmas mulk bozori ishtirok- chilari va davlat manfaatlarini uyg'unlashtiruvchi tizimni yaratishga qaratilgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir. Bugungi kunda ko'chmas mulk bozorida ko'rsatilayolgan vositachilik xizmatlarining sifatini talab darajasida, deb bo'lmaydi. Chunki amalda rieltorlik faoliyati bilan har qanday shaxs, hatto mutlaqo kasbiy malakaga ega bo'lmagan shaxslar ham shug'ul- lanishamoqda. «Maklerlar»ning mazkur faoliyatdan olayotgan daromadlari deklaratsiya qilinmasdan hamda ularbo‘yicha soliqlar budjetga to'lanmasdan kelinmoqda. Qolaversa, bunday faoliyatni davlat organlari tomonidan nazorat qilish va muvofiqlashtirish yo'lga qo'yilmaganligi natijasida ko'chmas mulk oldi-sotdisi bilan bo'ladigan bitimlarda, ayniqsa, «maklerlar* vositachiligida amalga oshiriladigan hujjatlarda ko'pgina nuqsonlar uchramoqda. Buni Oliy xo'jalik sudida birgina 2007- 2009-yillarda ko'chmas mulk vositachilari xizmatlari tomonidan iste’molchilar huquqlari buzilishi bilan bog'liq 1500 dan ortiq ishlar ko'rilganligi ham tasdiqlaydi. Qonuniy asosning rivojlanmaganligi ko'chmas mulk bozorida vositachilik xizmatini ko'rsatuvchi davlat ro'yxatidan o'lgan tashki- lollar uchun ham noqulayliklar lug'diradi. Negaki, ular o'z faoliyat- lari doirasida amalga oshirgan ayrim xatti-harakatlar sud tomonidan noqonuniy, deb topilishidan doimo xavotirda bo'lishardi. Shu ma’noda aytganda, mazkur qonunning hayotga tatbiq etilishi bu boradagi bir qator dolzarb vazifalami hal qilish uchun huquqiy zamin yaratadi. Awalo, rieltorlik faoiiyatini litsenziyalash, ularga malakaviy talablarni belgilash va fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalashni joriy clish, rieltorlar faoiiyatini nazorat qilish ana shular jumlasidandir. Ayni paytda rieltorlik faoliyatining ruxsat etilgan turlari aniqlanadi. Shu bilan birga, rieltorlik tashkilotlari (rieltorlar) va rieltorlik xizmatlari buyurtmachilarining huquq va majburiyatlari aniq belgilab beriladi. Qonunda o*z ifodasini topgan me’yoriy qoidalar amalda ushbu faoliyat turini tartibga solishning aniq mexanizmlarini o‘z ichiga oladi. Qonun me’yorlarida uning maqsadi, rieltorlik faoliyati, rieltorlik tashkilotlari va rieltor tushunchalarining mohiyati, bunday xizmatlar turlari va ularni amalga oshirishning asosiy shartlari, sohadagi subyektlarning huquq va majburiyatlari o‘z in’ikosini topgan. Qonunga muvofiq, rieltorlik tashkilotlari rieltorlik faoliyatidan tashqari boshqa faoliyat turi bilan shug'ullanmaydigan tijorat tashkilotidir. Ushbu tashkilotlar qonunchilikda belgilangan rieltorlik xizmatlarining barcha turlari bilan shug'ullanishga haqli. Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs bo'lgan rieltor esa faqatgina ko‘chmas mulk bozorida axbo- rot va maslahat xizmatlari ko'rsatish bilan shug'ullanishi mumkin. Shuningdek, rieltorlik faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli davlat organining vakolatlari mazkur qonunda alohida modda bilan belgilangan. Ma’lumki, mamlakatimizda rieltorlikni tadbirkorlik faoliyatining turi sifatida litsenziyalash yo’lga qo'yilmagan. Bu, o‘z navbatida. ko‘rsatilayotgan rieltorlik xizmatlarining sifati, rieltorlik subyektlarining o*z faoliyati natijalari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmasligiga. rieltorlikdan tushayotgan daromadlarning deklaratsiya qilinmasligiga sharoit yaratayotir. Ayni paytda nazorat qiluvchi va huquqni himoyalovchi organlar sifatsiz rieltorlik xizmati ko‘rsatayotganlar faoliyatini cheklash uchun yetarli vakolatga ega emas edi. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida ko‘chmas mulk bozorini shakllantirish va rivojlantirishning ahamiyati niqo- yatda katta. 0‘zbekistonda mustaqillikning ilk yillaridanoq bu borada keng miqyosli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonida davlat o'y-joy fondining fuqarolarga mulk sifatida ajratib berilishi natijasida mamlakatimiz iqtisodiyotida yangi bir tarmoq - ko'chmas mulk bozori vujudga keldi. Shuni aloqida qayd yetish lozimki, ko'chmas mulk bozori vositachilik xizmatlari sohasi bilan chambarchas boqliqdir. Zero, vositachilik tuzilmalari (maklerlar, dilerlar, rieltorlar, agentlar) ko'chmas mulk bozori ishtirokchilarini tegishli axborotlar bilan ta’minlab, ular o'rtasida turli kelishuvlami amalga oshiradi. Ammo shu paytga qadar mamlakatimiz ko'chmas mulk bozorida vosi- tachilar xizmatlarining qonuniy asoslari yaratilmagan edi. Bu esa ko'plab bahsli holatlarga sabab bo'layotgan edi. Darqaqiqat, «rieltorlik* jamiyatimiz uchun birmuncha yangi atama bo'lib, bu faoliyat turi O'zbekistonda endi-endi shakllan- moqda. Ehtimol shundandir, hozirgi kunda aholi o'rtasida rieltorlik xizmatidan foydalanish hali u darajada ommalashmagan. Biroq rieltorlik bozori rivojlangan davlatlarda birmuncha taraqqiy etgan bo'lib, ko'chmas mulk bilan boqliq oldi-sotdi, ijara shartnomalarini tuzishda ushbu xizmat turidan keng foydalaniladi. Rieltorlik faoliyati broker, makler, agent singari ko'plab tushun- chalami o'z ichiga qamrab olgan bo'lib, ulaming faoliyati qonun bilan tartibga solinadi. Yevropada, xususan, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburgda har bir agent litsenziya olishdan tashqari, tegishli professional uyushmaga a’zo bo'lishi shart. Albatta, bunday uyushmalarga a’zo bo'lib kirishning o'ziga yarasha talablari bor. Masalan, rieltor uch yillik o'quv kurslarini tamomlashi, bclgilangan tartibda imtihon topshirishi, diplom olishi hamda ko'chmas mulk bozori bo'yicha treningda qatnashishi lozim. «Rieltorlik faoliyati to‘qrisida»gi qonunga binoan, yurtimizda rieltorlik sohasidagi vakolatli organ O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Shu bois, hukuma- timizning 2011-yil 10-maydagi «Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash to'qrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori bilan rieltorlik faoliyatini litsenziyalash O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Vakolatli organ, rieltorlik tashkilotlari va rieltorlarga litsenziyani beradi, qayta rasiniylashtiradi, shuningdek, ular tomonidan litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi. Shu bilan bir qatorda, litsenziyaning amal qilishini o'n ish kunidan ko'p bo'lmagan muddatga to'xtatib turadi, bu haqda sudga murojaat etadi. Hozirgi paytda hukumatimiz tomonidan tasdiqlangan tadbirlar rejasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi tomonidan ushbu yo'nalishlardagi tashkiliy choralar ko'rilib, tegishli qonunosti hujjatlari tayyorlanmoqda. Shuningdek. bir qator qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Bundan tashqari, qo'mita tomonidan manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda rieltorlik tashkilotlari va rieltorlar faoliyatini litsen- • ziyalash, soha uchun kadrlar tayyorlash bo'yicha o'quv kursla- rining dastur va rejalari to'qrisidagi nizomlar ishlab chiqilmoqda. Ommaviy axborot vositalarida rieltorlik faoliyatining qonunchilik asoslariga oid tarqibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shu o'rinda rieltorlik tashkilotlari va rieltorlar faoliyati uchun bir qator talablar joriy qilinayotganini aytib o‘tish joiz. Chunonchi, rieltorlardan faoliyati davomida qonun hujjatlariga rioya qilishi, fuqarolik javobgarligi to'g'risidagi sug'urta qilish polisiga, belgilangan miqdorda ustav kapitali va shtatida kamida ikki nafar malaka sertifikatli xodimi bo'lishi lozim. Ayni paytda ular rieltorlik xizmatlari ko'rsatishdan olingan axborotlaming maxfiyligini ta’- minlashi, har yarim yilda bir marta O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasiga rieltorlik faoliyati to'qrisidagi ma’lu- motlami, shuningdek, qo‘mita talabiga binoan, rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish bilan bog'liq boshqa axborotlami belgilangan shakl bo'yicha taqdim etishi lozim. Ko'chmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari ko'rsatadigan rieltorlik tashkilotlari eng kam oylik ish haqining kamida 100 baravari. ko'chmas mulk obyektlariga va ulatga bo'lgan huquqlarga doir bitimlar tuzish chog'ida vositachilik qiladigan rieltorlik tashkilotlari eng kam oylik ish haqining kamida 500 baravari, ko'chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarishni amalga oshiradigan rieltorlik tashkilotlari eng kam oylik ish haqining kamida 1000 baravariga teng miqdorda ustav kapitaliga ega bo'lishi qam qonunda mustahkamlab qo'yilgan. Ko'chmas mulk obyektlari savdosini tashkil etadigan rieltorlik tashkilotla- rining eng kam oylik ish haqining kamida 3000 baravari teng miqdorida ustav kapitali bo'lishi lozim. Rieltorlik xizmatlarining bir necha turlarini amalga oshirmoqchi bo‘lgan rieltorlik xizmatlarining ustav kapitali esa qonunda belgilangan eng yuqori miqdorda shakllantiriladi. Muxtasar qilib aytganda, yangi qonunga ko'ra, repsublikamiz ko'chmas mulk bozorida rieltorlik faoliyatining yo'lga qo'yilishi, ushbu yo'nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni tartibga solish barobarida, aholiga ko'plab qulayliklar yaratishi bilan aha- miyatlidir. Ko'chmas mulk kadastri — ko'chmas mulk obyektlariga nisbatan mulkiy huquqni muhofaza qilish maqsadida barpo etilgan davlat tomonidan hisobga olish, ulami baholash va mulkka nisbatan huquqiy holatlami aniqlashga doir davlat informatsiya tizimidir. Barcha yer uchastkalari, bino va inshootlar va boshqa ko'chmas mulk obyektlari ishonchli hujjatlar, kadastr tasvirlovi, sertifikat va monitoring asosida rasmiylashtiriladi. Davlat ko'chmas mulk kadastrini tuzish uchun bir qator tash- kiliy-huquqiy va texnologik masalalarni hal qilish kerak. Learning ichida, qonuniy asosni barpo etish, ko'chmas mulk kadastrini yuritishga doir me’yoriy hujjatlarni yaratish, hududiy kadastr xizmatlarini tashkil etish kabi ishlar, eng asosiylaridir. Ko'chmas mulkka bino va inshootlar kiradi. Ulami kadastr ro'yxatiga o'tkazish, ro'yxatdan chiqarish, ulardan foydalanishni butunlay yoki qisman chegaralab qo'yish davlat kadastrining asosiy vazifalaridandir. Ko'chmas mulk kadastri bino va inshootlarni pasportlashtirish asosida tuziladi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling