D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov


Bino va inshootlar, yuridik va jismoniy shaxs, ko*chmas


Download 0.9 Mb.
bet41/71
Sana11.05.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1451063
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71
Bog'liq
Davlat kadastri asoslari

Bino va inshootlar, yuridik va jismoniy shaxs, ko*chmas lutiastr xizmati.
Bino va inshootlarga bo'lgan mulkiy huquq va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, o'zga shaxslarga o'tishi, cheklanishi va bekor qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 84-moddasiga muvofiq davlat ro‘yxatidan o'tkazilishi kerak (bundan buyon bino va inshootlami davlat ro'yxatidan o'tkazish).
Yuridik va jismoniy shaxsiar, shu jumladan, xorijiy shaxslarga mulkiy huquq va boshqa ashyoviy huquqlar bo‘yicha tegishli bo’Igan va O'zbekiston Respublikasining hududida bo'lgan barcha
bino va inshootlar davlat hisobiga olinishi va kadastr ro’yxatidan o’tkazilishi kerak.
Bino va inshootlarni hamda ular haqida tuziladigan bitimlarm davlat ro’yxatidan o’tkazish amalga oshiriladi:

  • tuman va shaharlardagi ko’chmas mulk davlat kadastri xizmatlari tomonidan turarjoy bo’lmagan bino va inshootlar qismida;

  • tuman va shaharlardagi texnik inventarizatsiya byurolari (BTI) tomonidan turar joybinolari va inshootlari qismida;

  • adliya vazirligining organlari tomonidan garov to*g‘risidagi shartnomalar qismida;

  • bino va inshootlarni davlat ro’yxatidan o‘tkazish tuman (shahar) bino va inshootlar kadastr daftarida, turarjoy binolari va inshootlari qismida — tuman (shahar) reyestr daftarida amalga oshiriladi;

Bino va inshootlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish texnik inven­tarizatsiya byurolari tomonidan amalga oshirilgan hollarda ular davlat ro’yxatidan o’tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tegishli ko’chmas mulk davlat kadastri xizmatiga bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish uchun zarur bo’lgan hajmlarda topshiradilar.
Bino va inshootlarni davlat ro’yxatidan o‘tkazish ma’lumotlari bino va inshootlar davlat kadastrining asosini tashkil qiladi,
Bino va inshootlar davlat kadastri axboroti va ma’lumotlari ni o’z ichiga oluvchi hujjatlar barcha davlat organlari, yuridik hamda jismoniy shaxslar uchun majburiy yuridik kuchga ega.
Ko‘cha, tor ko’cha, maydon bo‘yicha alohida tartib raqamiga ega bo’lgan mustaqil yer uchastkasidagi butun bino va inshoot, unga yaqin turgan yordamchi imoratlar bilan birga umumiy mulkchilik ishtirokchilarining sonidan qat’iy nazar ro’yxatdan o’tkazish obyekti hisoblanadi.
Daha yoki boshqa turda solingan imoratlar mavzeyida bunyod etilgan umumiylashtirilgan fond binosi, inshooti mustaqil obyekt sifatida ro’yxatdan o’tkaziladi.
Turli yordamchi imoratlar (garajlar, saroylar, yozgi oshxonalar va h.k.) asosiy bino yoki inshootdan mustaqil ravishda ro’yxatdan o’tkazilmaydi,
'?■
Bir nechta yuridik shaxslarga umumiy mulk huquqida tegishli bo‘lgan bino, inshoot mulkdorlar nomiga huquq belgilovchi hujjatlarda ko'rsatilgan ulushlarda ro'yxatdan o'tkaziladi.
Ko'p xonadonli uylar, shu jumladan, yakka tartibda imorat soluvchilaming turarjoy-qurilish jamoalariga tegishlilari fuqarolar nomiga mazkur imorat soluvchilar jamoasi har bir ishtirokchisining familiyasi, ismi va otasining ismini, unga xususiy mulk huquqida biriktirilgan xonadon raqamini, uning foydali maydoni o'l- chamlarini reyestr daftarida ko'rsatgan holda ro‘yxatdan o'tka­ziladi.
Qurilishi tugallangan va foydalanish uchun qabul qilingan bino va inshootlar uiarga xizmat qiluvchi yer uchastkalari bilan birga ro'yxatdan o'tkazilishi kerak. Bino yoki inshootga xizmat qiluvchi yer uchastkasiga bo'lgan mulkiy, egalik yoki foydalanish huquqi mazkur Yo‘riqnoma tartibida alohida ro‘yxatdan o‘tkaziimaydi.
Bino va inshootlar qurish uchun doimiy egalik, umrbod meros qilib olish egaligi, doimiy foydalanish maqsadida ajratilgan yer uchastkalarida ko'tarilgan vaqtinchalik imoratlar ro'yxatdan o'tkazilmaydi.
Agar bir yer uchastkasida ikki yoki undan ortiq bino va inshootlar bo'lsa, u holda fuqarolaming tegishli o‘zini boshqarish organi yoki mahalliy hokimiyat organi tomonidan bu bino va inshootlar uchun yer uchastkalari ajratib berilgandan so'ng har bir mustaqil yer uchastkasiga ega bo‘lgan bino va inshoot ro'y­xatdan o'tkazilishi lozim.
Agar yer uchastkasini taqsimlashning amaliy jihatdan imkoni bo'lmasa, u umumiy foydalanishda qoladi, har bir bino va inshoot esa mustaqil ravishda ro'yxatdan o'tkazilishi lozim.
Ko'p xonadonli turaijoy binosining har bir xonadoni ro'yxatdan o'tkazilishi kerak.
Turaijoy-qurilish shirkatlariga tegishli bo'lgan bino va insho­otlar tegishli shirkat nomiga shu shirkat a’zolarining ro'yxatini ilova qilgan holda ro'yxatdan o'tkaziladi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling