D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov


Download 0.9 Mb.
bet11/71
Sana11.05.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1451063
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71
Bog'liq
Davlat kadastri asoslari

Ns

Ish turlari

Mintaqa bo‘yicha

Shujuntladan
O‘zbekistonda

i.

Triarigulyatsiya
1-darajali ' j *> .
2-darajali
3-darajali

666 4517
16359

122
3602
5640

2.

Poligonometriya 2-darajali 3-darajali

7 117

5 85

3.

-
Astronomik punktlar

351

208

4.

0‘lchangan bazislar va bazis tomoniar

396

244

5.

1 kv.km gato'g'ri keladigan punktlar zichliligi

48

48

Jadval raqamlaridan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston hududida barpo etiigan Davlat geodezik tarmoq punktlari o‘zining muayyan zichligi bilan xalq xo'jaligining barcha talablariga javob bergan.


1985-yildan keyin 0‘zbekiston Davlat geodezik tarmog'ining zichliligini saqlab turish, uni zamon talabiga javob beradigan darajada bo'Iishini ta'minlash ishi bajarilmadi, shahar va shahar turidagi qo‘rg‘oniar bundan mustasno. Ayni paytda, ko’pgina qidiruv ishlari bajarildi, anchagina punktiarning umuman yo‘q bo‘lib ketgani, ba’zilarini ta’mirlash kerakligi aniqlandi, Masalan, Farg‘ona vodiysida qurilgan punktiarning 50 foizga yaqini yo'q bo'lib ketgani aniqlandi. Mutaxassislarning hisob-kitobiga binoan mintaqada punktJarning taxminan 30 foizi yoq qilingan.
Shu darajaga borib yetdiki, O'zbekiston Respublikasi hududidagi o’rtacha 60-65 kv.km maydonga Davlat geodezik tarmog1 ining bir punkti to*g‘ri keladigan bo'iib qoldi. Nalijada yirik nisbatli tasvirlovlar, kadastr ishlari, muhandislik-geodezik ishlarni lalab darajasida bajarib bo’lmasdi.
O'zbekistonda koordinatalari 1942-yil koordinatalar tizimiga mansub Davlat geodezik tarmog'dan foydalaniladi.
I-darajali astronomik-geodezik tannoqning soddalashtirilgan matematik tenglashtirish natijasi shuni ko'rsatdiki, tarmoq chetla- ridagi punktlarning koordinatalarini boshlang'ich punkl koor- dinatalariga nisbatan aniqlashda 5~IO metr xatolikka yo‘l qo'yilar ekan.
Hozirda amalda qo’llanilayotgan kalaloglarda shu tannoqning punktlarining koordinatalaridan foydalanilmoqda.
Yuqorida keltirilgan dalillardan ko’rinib turibdiki, ushbu holat amaliy ishlarni bajarishda o'zaro mos kelmaslikka, ayniqsa yirik nisbalda bajariladigan tasvirlov ishlarida va muhandislik geodeziya masalalarini yechishda bir qator qiyinchiliklarga olib kelmoqda.
Ushbu kamchiliklardan forig‘ bo'lish uchun Astronomik- geodezik tizim punktlari koordinalalariga o'tish maqsadga mu- vofiqdir.
Hozirda Yer sun’iy yo’ldoshi tizimiga o'tish zarur. Tizim har bir punkt koordinatalarini alohida-alohida aniqlashni ta’minlaydi.
Yerning sun’iy yo'ldoshi tizimi punktlari bir-biridan o'zaro ko‘rinmasa-da, ular orasidagi orttirmalarni masofaga nisbatan I • IO6 da raj a aniqlikda aniqlanishini ta’minlaydi. Basharti, Yerning sun’iy yo’ldoshining orbitasi yanada aniqroq lopilsa, yo’ldoshni kuzatishni bir kecha-yu kunduz davom ettirilsa, o’lchash aniqligi o‘n karra ortishi mumkin.
Punktlar orasidagi masofa 50 km gacha bo’lsa, mutlaq nuqsonni 1-2 sm gacha olib kelish mumkin. Undan tashqari, tizim bo'yicha punktlarning balandlik belgilarini ko*p mehnat sarf qilmasdan, tezkor usulda, an’anaviy geodezik usullarga nisbatan ancha tez fursatda aniqlasa bo’ladi.
Shunga qaramasdan, yangi Yerning sun’iy yo'ldoshi tizimini mamlakat hududida hoziroq qo'llab bo'lmaydi. Uni barpo etishga ancha mablag' va fursat kerak. Shu bois, tizimni barpo etishni davom ettirgan holda, unga mavjud Geodezik tarmoq punktlarini bog'lab, vaqtincha foydalanib tursa bo'ladi. Hisob-kitob shuni ko'rsatdiki, bunday holda, 1000 kv. km ga I punkt to'g'ri kelsa kifoya.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling