D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov
Kadastr tuzishda yer maydonini o'lchash
Download 0.9 Mb.
|
Davlat kadastri asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Analitik-grafik usul
- Mexanik usul
Kadastr tuzishda yer maydonini o'lchash turlari
Basharti, ko'pburchakli shaklni tashkil etuvchi nuqtalaming yassi to'g'riburchakli koordinatalari ma’lum bo'lsa, unda shakl yuzasi quyidagi ifoda bo'yicha aniqlanadi: P = 0. X, (X,„ - K-,) - o. 5 £ r (X,- X,.,). (3.1) Analitik-grafik usul Muayyan shaklni uchburchak, kvadrat, to'rtburchak, trape- tsiya, parallellogrammlarga bo‘lib, ularning maydon yuzalarini geometrik, chizma-hisobiy usullarda aniqlash mumkin. Shakl maydon yuzasini aniqlash uchun nuqtali, aifa va aylana shaklidagi paletkalardan foydalaniladi. Arfa shaklidagi paletka oralig'i 2-10 mm bo'lgan bir-biriga parallel chiziqlardan iborat shaflbf qog‘ozga, oynaga, pfastika yoki yelimli qog'ozga chizilgan shakl. Parallel chiziqlar egallagan maydonning yuzasi o‘na chiziqlarinig uzunligini aniqlash yo'li bilan topiladi. Undan lashqari, rotometr, giperboJoik paletka deb aialuvchi egri chiziqli paletkalar ham mavjud. Maydon transporant va kurvi- metr yordamida o'lchanadi. Mexanik usul Aksariyat holatlarda tarh va xaritalarda maydon planimetr bilan o'lchanadi. Planimetr qurilmalari turlicha bo'ladi. Ko'proq planimetr- sektor, o'rmalovchi planimetr, transformator, doiraviy planimetr qo'llaniladi. Hozirda chiziqli va qutbiy planimetr mavjud. Eng oddiy planimetr boltasimon planimetrlir. Chiziqli g‘ildirakli planimetr murakkab asbobdir. Qutbiy Amsler planimetri oddly planimetr bo'lib. Amsler- Koradi planimetr ajralmas tirsakli yoki muvozanatli planimetrdir. Ko'p hollarda yakka aravachali muvozanatli aylanma lirsakli pla- nimetrlar ishlatiladi. Lining ko'chmas qismi ignali yuk yordamida mahkamlanadi va aylanma tirsagining bir uchida igna yoki oynali doira markazida nuqta bo'lib, ular maydoni aniqlanayotgan shakl atrofida aylan- tirilib yuza hisoblab topiladi. Qutbiy planimetr nazariyasi quyidagicha: agar shakl chizig'idan planimetr ignasi yurililsa, aravachaning hisoblash qurihnasi dl vatarini chizadi deylik. Unda uzunlikka ega bo'lgan qutbiy tirsak da burchakka buriladi, R uzunlikka ega bo'lgan aylanma tirsak esa dp burchakka o'zgaradi. Unda P maydon diflerensiali dp=Rdl+^R{da+R.dP)+Rrdp, (3.2) bunda, r— tirsaklarning aylanish o'qidan hisoblash g'ildiragi tekisligigacha bo'lgan masofa. Shaklning barcha chiziqlari bo'yicha planimetr ignasi yuritil- ganda quyidagi aniq integralni yozish mumkin: p it J dp +Rr^dp. (3.3) bundan
Basharti hisoblash qurilmasidan boshlang'ich at va sanoq planimetr ignasi shakl bo'yicha yurgizilib, oldingi nuqtaga kelganda a, sanoq, olingan bo'lsa, unda (3.5) I = hn bo'ladi. Zero n=a2-ap h - hisoblash g'ildiragi aylanasining 0,001 qismiga teng. (3.6) Demak, P = Rhn+Qp bunda o'zgarmas miqdor Q planimetrning asosiy aylanasining maydonidir. (J quyidagi ifodadan topiladi: Q^/Ri + R2 + 2R2. Asosi R va balandligi h bo'lgan to‘g‘riburchakli lo'rtburchak planimetrning bo'lak qiymati deyiladi. Demak, C = Rh. (3.7) Shunday qilib, agar planimctr qutbi shakl ichida joylashgan bo‘lsa, unda shakl maydoni P = Cn+Q (3.8) ifodadan topiladi. Basharti, planimctr qutbi shakldan tashqarida bo'lsa, Q=0 bo'Jadi. Unda (5.8) ifoda (3.9) tarzda yoziladi. Ifodadagi C va Q qiymatlarining maydoni ma’lum muayyan shaklning maydonini bir necha marta aniqlash orqali topiladi. Bunday kontur bo‘lib ko*p hoilarda xaritadagi, tarixdagi kilometrik to‘r yoki planimctr majmuiga kiruvchi nazorat chizg'ichi bilan chizilgan doira xizmat qiladi. Amalda aluminiy yoki taxta asosli planshetda ko‘ndalang masshtab va o‘lchagich pargar (sirkul) yordamida tomonlari 10 sm qilib aniq chizilgan kvadratdan foyda- laniladi. Planimetrning aylanma tirsagi uzunligi o'zgartirilib planimetrning bir bo'lagi qiymatini Co o'zgarmas raqamga olib kelish mumkin. Bu shartni bajarish uchun tirsak uzunligi quyidagi ifodadan aniqlanadi: (3-10) Planimetrning hisobiy doirasining erkin yurishini ta’mmlash kerak. Undan tashqari, hisobiy doiraning aylanish o‘qi aylanma tirsak o*qiga perpendikular bo'lishi zarur. Bu shartni mutlaq tarzda bajarib bohmaydi. Shu boisdan, shartning maydon o’Jchash ishlariga ta’sirini kamaytirish maqsadida planimetming aylanma tirsagi maydoni o‘lchanayotgan shakldan chap va olngda bo'lgan holatlarda o'lchash ishlari bajariladi. Ular bir-biriga teng chiqishi kerak, Undan tashqari, har bir shakl soat mili yo'nalishi va unga teskari bo'lgan holatlarda o'lchanadi. Qolaversa, planimetrdan foydalanishning asosiy shartlaridan biri o’lchashlarni bajarishdan oldin uning qutbiy tirsagi bilan aylanma tirsagi orasidagi burchak to'g'ri burchak boiishi zarur. U 50 gradusdan kam boimasligi kerak. Planimetr bilan maydon o‘lchash aniqligi tarhning nisbati yirik bo‘iganda, shaklning o'Ichamlari katta bo‘lib, chegara chizi- g'ining uzunligi kichik bo'lsa yoki doiraviy tirsakning uzunligi qisqa bo'lganda oshadi. Planimetr aniqligini oshirish maqsadida professor A.V. Maslov unga yana bir hisobiy mexanizm qo‘yishni va aylantiriladigan ignani markazida nuqta bo'Iga n oynali doira bilan almashtirshini taklif qildi. Maydonni o‘ta aniq o'lchaydigan planimetrlar ham bor. Masalan, shu jumlaga Gomanni-Koradi planimetri kiradi. Plani- metming aniqligini oshirish uchun uning hisobiy mexanizm osma bo‘ladi. Natijada, planimetr g'ildiragining xarita yoki tarhning usti g'adur-budurligidan paydo bo'ladigan nuqson yo‘qoladi. Shu bois, bu planimetr osma planimetr deb yuritiladi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling