D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov


Ill bob. TUPROQ BONITIROVKASI VA YERLARNI IQTISODIY NUQTAYI NAZARDAN BAHOLASH


Download 0.9 Mb.
bet15/71
Sana11.05.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1451063
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71
Bog'liq
Davlat kadastri asoslari

Ill bob. TUPROQ BONITIROVKASI VA YERLARNI
IQTISODIY NUQTAYI NAZARDAN BAHOLASH


    1. Tuproq bonitirovkasi va uni oTkazish
      uslubiyati


Tayanch iboralar:
tuproq, bonitirovka, dehqonchilik, eroziya, struktura.
Tuproq bonitirovkasi deb, dehqonchilik samaradorligi va gidro- texnikasining tenglashtirilgan darajasidagi tuproq unumdorligi bo‘yicha sifatining taqqoslangan bahosiga aytiladi.
Bonitirovkaning asosiy maqsadi tuproqning unumdorligi bo'yicha nisbiy afzalligini aniqlash, ya’ni o'zining tabiiy hamda barqaror xususiyatlari bo'yicha bir tuproqning ikkinchisidan necha marta yaxshi yoki yomonligini ko’rsatishdan iborat. Boni­tirovkaning obyekti bo'lib, batafsil tuproq kuzatuvlari materiallari bo'yicha aniqlangan, qat’iy taksonomik birlikiarda ifodalangan tuproq xiliari xizmat qiladi.
Tuproq bonitirovkasining mezoni qilib ishlab chiqarish natija- lariga ta’sir qiiuvchi tuproqlarning tabiiy diagnostik va uzoq madaniylashgan jarayonida olgan belgilari qabul qilingan. Bu esa qishloq xo'jalik ekinlari hosildorligiga yuqori ta’sir qiiuvchi tuproqning tabiiy diagnostik belgilari bonitirovkaning mezoni qilib olinishini bildiradi:

  1. tuproq unumdorligini belgilovchi xususiyatlarga qarab yemi sifat jihatdan aniq baholash usullaridan biri uning unumdorligini baholash (bonitirovka qilish), ya’ni yerga eng muhim agronomik xususiyatlariga ко Ta ball bilan solishtirma baho qo'yish bo'lib, bu davlat kadastri ichida muhim o‘rin tutadi;

  2. 0‘zbekiston jamoa va davlat xo‘jaligida sug'oriladigan yerlarni unumdorligi bo'yicha baholash (bonitirovka qilish) birinchi dafa 70-yillarda O‘zbekiston yertuzish loyiha ilmgohining yer kadastri filial! tomonidan ohkazildi;

  3. natijada dasht mintaqalarda va bunday tuproqlardan iborat nrintaqada tuproqning mexanik tarkibiga turlicha baho berish zarurligi vayengil qumoq tuproqlarda bo‘z tuproqli joylardagi o'rtacha qumoq tuproqli maydonlarga nisbatan yuqori hosil yetishtirilayotganligi aniqlandi. Turli darajada gipslashgan tuproq­lar uchun pasaytirish koeffitsiyenti qabul qilindi,

O‘zbekistorming sug'oriladigan dehqunchilik tumanlari tuproq bonitirovkasi asosi qilib, V.V. Dokuchev ishlab chiqqan, keyin- chalik izdoshlari tomonidan joydagi tabiiy sharoitga mos keluv- chi, rivojlantirilgan hamda takomiilashgan prinsiplar qabul qilingan.
Tuproq sifatini belgilaydigan unumdorlikning asosiy omili bo'lgan ozuqa elementlarining miqdori, ularni madaniy ekinlar uchun samaradorlik qiymati, suv hamda issiqlik rejimi, tuproq bonitirovkasi ballarini aniqlashga asos qilib olingan.
Tuproq sifatini baholashda tuproq paydo bo'lish jarayonidagi biogen elementlar — uglerod, azot, fosfor va kaliyning ildiz oziqlanadigan zonada to'planishiga ham katta ahamiyat beriladi.
Bu omillarning miqdor qiymati bir metr qalinlikdagi tuproqda yalpi chirindi, azot, fosfor va kaliyning harakatlantiruvchi birikma- larining zaxirasini ko‘rsatadi.
0‘zbekistonning sug‘oriladigan zonalari tuproqlarning chirindi va ozuqa elementlari miqdori shu tuproqlarning genetik maslubligi va mexanik tarkibi, tuproq paydo bo‘lish jinslari, tuproq profili mayda donador qatlamining qalinligi, skeletligi va boshqa diagnos- tik belgdari bilan o'zaro uzviy bog£liqdir.
Sug'ortladigan tuproqlarda ozuqa moddalarining miqdori, asosan, sug‘orish davri va madaniylashish darajasiga qarab aniq- ianadi.
Respublikamizning dehqonchilik tumanlaridagi tuproqlarning sifati u yoki bu qishloq xojalik ekinlarini o£stirish imkoniyatini aniqlovchi agroiqlim bilan uzviy bog'liq qilib belgilangan. Shunday qilib, O‘zbekistonning sug£oriladigan tuproqlari bonitirovkasini aniqlash metodikasi tuproq ekologik sharoitlar asosida tuzilgan,
Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling