D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov


Ro‘yxatga olishning vazifalari


Download 0.9 Mb.
bet26/71
Sana11.05.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1451063
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71
Bog'liq
Davlat kadastri asoslari

Ro‘yxatga olishning vazifalari:

  1. mulkning mavjudligini va uning texnik holatini aniqlash;

  2. mavjud, aniqlangan mulkning qiymatini xalq xo'jaligi umumiy balansiga kiritish;

  1. har yilgi (amonizatsiya) foydalanish qiymatini aniqlab olish;

  2. xalq xo'jaligining inventarizatsiya ma’lumotlariga bo'lgan talablanni qondirish.

Uy xo‘jaligini, shuningdek, uning tarkibiga qiruvchi qurilish- lami ro'yxatga olish ishlari majmuiga quyidagilar kiradi:
— haqiqiy holatdagi rasmga olish (ya’ni aniq olingan o'ichovlar, chizmalar, foydalanish miqdorini aniqlash va ushbu obyekilarga taalluqli boshqa hujjatlar) va hisob-kitob, yozma hamda chizma (grafik) ishlar orqali amalga oshirish singari vazifalami amalga oshirish.
Yer maydonlaridagi va boshqa qurilishlami ro'yxatdan o'tka- zish davomida, butun shaharni ro'yxatdan o'tkazish ishlariga birmuncha e’tibor qaratilishi lozimdir. Buning uchun esa umumiy ish hajmi, zaruriy ishchi (xodim)lar va mavjud mablag'lar to’g'risida aniq ma’lumotga ega bo‘lish lozim.
Yer uchastkalarini kvartallarga bo’lingan holda ro'yxatga olish imkoniyati bo'lsa, kvartallar va joylardagi maydonchalar ichidagi holatlami, shuningdek, alohida uchastkalar o'rtasidagi chegaralami 1:500 masshtabda tasvirlovchi rasmga olish qismlaridan iborat ishlar amalga oshirilsa to'g'ri bo'ladi.
Ayrim uchastkalarni rasmga olishda uning maydonchaii qismidan boshlanishi hamda ular asosiy nuqta bo'lishiga erishish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Qurilish bo'yicha mutaxassis qurilish ashyolari tayyorlanadigan qurilish jihozlarini, konstruktsiyalarni, umuman qurilishni, yaxshi bilishi zarur. Turli holat va sharoitlarda asosiy materiallaming belgilarini, ularning foydalanish holatlarim to'g'ri aniqlash mumkin bo'lmaydi.
Binoning konstruksiyasini tekshiruvdan o'tkazish, ularning texnik holati va foydalanish miqdorini aniqlash inventarizatsiya ishlarini amalga oshirishda eng qiyin va muhim vazifa hisoblanadi. Foydalanish miqdorini aniqlash ijrochidan ma’lum miqdordagi bilimga ega bo'lish hamda keng ko'lamdagi fikrlovchi bo'lishni talab qiladi. Har bir konstruksiyadan foydalanish miqdorini belgi- lashda asosiy vositani aniqlash, ikkinchi darajali, unchalik kerakli bo'lmagan holatlami olib tashlash kerak.
Qurilishni inventarizatsiya qilish davrida unga tegishli barcha qism va qurilishlar, poydevor, devorlar, to'siqlar, ular yerto'laga tegishli bo'lmasa, qavatlar oralig'i, tomora va ustki yopma, yer (pol), eshiklar, derazalar, tomlar, tashqi va ichki ishiov berilgan joylar, suv-oqova va kanalizatsiya uskunalari, gazdan foydalanish, isitish sistemalari, elektrdan foydalanish moslamalari. narvonlar va boshqalari ko‘rikdan o'tkazilishi lozim.
Foydalanish miqdori faqatgina konstruksiyalarni aniqlash, qilingan mehnatning sifatini aniqlashda talabchanlik qilish, quri- lishdagi ayrim elementlaming o'zaro aloqadorligi, ularga atmos- feradan kelgan ta’sirlar, foydalanish sharoitlari va boshqa holatlaiga asoslanib aniqlanadi. Qurilishni texnik ro'yxatdan o'tkazish o‘ziga xos bo'lgan masalalar, ya’ni uning tarkibini aniqlash, qurilishning ahvoli hamda narxini belgilash, binolar va ularning joylashishi singari holatlarni aniqlash orqali amalga oshiriladi.
Ko'chmas mulk kadastri — ko‘chmas mulk obyektlariga nis- batan mulkiy huquqni muhofaza qilish maqsadida barpo etilgan davlat tomonidan hisobga olish, ulami baholash va mulkka nisbatan huquqiy holatlarni aniqlashga doir davlat informatsiya tizimidir. Barcha yer uchastkalari, bino va inshootlar va boshqa ko‘chmas mulk obyektlari ishonchli hujjatlar, kadastr tasvirlovi, sertifikat va monitoring asosida rasmiylashtiriladi. Davlat ko'chmas mulk kadastrini tuzish uchun bir qator tashkiliy - huquqiy va texnologik masalalarni hal qilish kerak. Ularning ichida, qonuniy asosni barpo etish, ko'chmas mulk kadastrini yuritishga doir me’yoriy hujjatlarni yaratish, hududiy kadastr xizmallarini tashkil etish kabi ishlar eng asosiylaridir.
Ko'chmas mulkka bino va inshootlar kiradi. Ularni kadastr ro'yxatiga o'tkazish, ro'yxatdan chiqarish, ulardan foydalanishni butunlay yoki qisman chegaralab qo'yish davlat kadastrining asosiy vazifalaridandir. Ko'chmas mulk kadastri bino va inshootlarni pasponlashtirish asosida tuziladi.
Kadastr ishiga quyidagi hujjatlar va ashyolar kiradi:

  • ko'chmas mulk obyektini shakllantirish haqida kadastr xiz- matiga yer uchastkasi, bino yoki inshootdan foydalanish huquqini qo'lga kiritgan yuridik yoki jismoniy shaxsning arizasi;

  • kadastr ishlarini bajarish haqida, huquqni qo'lga kiritgan yuridik yoki jismoniy shaxs bilan kadastr xizmati idorasi o'rtasida tuzilgan shartnoma;

  • kadastr ishlarining bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlaming nusxasi;

  • kadastr ishlarini bajarish uchun tuzilgan texnik topshiriq;

  • yer uchastkalari, imoratlar, boshqa yer maydonlari, mu- hofaza yerlari;

  • chegara chiziqlarining qayrilish nuqtalari koordinatalarini hisoblash jadvali, yer uchastkalari, imoratlar, boshqa yer may­donlari, muhofaza yerlari haqida ma’lumotlar.

Ko'chmas mulkka egalik huquqini davlat tomonidan qayd qilishga doir ma’Iumotnomada yer uchastkasidan foydalanish huquqini qayd qilish kitobiga yozish uchun zarur bo'ladigan yuridik, texnik va iqtisodiy hujjat va dalillar keltiriladi.
Qayd qilishga doir ma’lumotnoma yer uchastkasi, bino va inshootlarning har biriga alohida-alohida tuziladi. Ma’lumot- nomalarning tarkibi, mazmuni yer uchastkasiga doir egalik huquqiga va bino yoki inshootning kadastr kitobiga mos ravishda tuzilishi kerak.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling