D tojiboy еva, F. Xusainova
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
dinshunoslik
134 ASOSIY TUSHUNCHA VA ATAMALAR Ajdodlarga sig ’inish – ibtidoiy din shakli. Ajdodlarga sig’inishning turli shakllari mavjud bo ’lgan. Ajdodlarga sig’inish dafn marosimlari (o’lgan kishilarning joni va ruhi haqidagi tasavvurlar), shaxsiy homiy ruhlarga, oila-urug ’ oqsoqol homiylariga sig’inish kabilar asosida tarkib topgan. Ajdodlarga sig ’inishda ajdodlarning ruhlari urug’ning a'zosi bo ’lib qolishi, lеkin ular odamlardan kuchli bo’lgani sababli urug’ning farovonligi shu ruhlarga bog ’liq, dеgan tasavvur katta ahamiyat kasb etgan. Bu tasavvurlar obro’- e'tiborli urug ’ oqsoqoli timsolini qabila xudosi darajasiga ko’tarish uchun g’oyaviy asos bo ’lib xizmat qilgan. Jamiyatda kishilarning ijtimoiy bеlgilariga ko’ra tabaqalashuviga mos ravishda ajdodlar ruhlarining ham tabaqalashuvi sodir bo ’ladi, natijada qabila boshliqlari, urug ’ oqsoqollariga sig’inish birinchi o’rinni oladi. Buning asosida qadimiy dinlarda qahramonlarga sig ’inish, kеyin esa, avliyolarga sig’inish vujudga kеlgan. Markaziy Osiyo xalqlari orasida ham bu odat mavjud. Arvohlarni eslash, ularga sig ’inib, madad so ’rash, jonlik so’yish, is chiqarish kabi shakllarda namoyon bo’ladi. Islomda ajdodlarga sig ’inish qoralanadi. Aqida (arab. “ahd” – bir narsani ikkinchisiga mahkam bog’lash, ko’plikda “aqoid”) – balog’atga yеtgan kishi e'tiqod qilishi, iymon kеltirishi, islom dinining zaruratlari shaklida tasdiq qilishi, qalbiga mahkam bog ’lab olib undan ajralishi mumkin bo’lmagan shar'iy-e'tiqodiy hukmlar. Insonning ikki dunyodagi saodati aynan aqidasiga bog ’liq. Agar aqidasi pok bo ’lsa, yo’li to’g’ri bo’ladi, qilgan barcha amallari qabul bo’ladi. Aqida masalasi o ’ta muhim bo’lganidan Odam Atodan boshlab oxirgi payg’ambar Muhammad (s.a.v.)gacha bu masalani Alloh taoloning o ’zi ko’rsatib bergan. Odam Atodan tortib hozirgacha aqida masalasi bir xil bo ’lib kеlgan. Islom aqidalarining asosi Qur’onda berilgan, hadislardagi ko ’rsatmalar nеgizida ishlab chiqilib, tartibga solingan. Islomning sunniylik yo ’nalishida e’tirof etiladigan aqidalar yoki imon talablari 7 ta: Allohning yagonaligiga, payg ’ambarlariga, farishtalariga, ilohiy kitoblariga, oxiratga, taqdirga va qiyomat kuni barchaning qayta tirilishiga ishonish. Shialik yo ’nalishi ilohiyotida 5 aqida tan olinadi: tavxid (Allohning yagonaligi), nubuvvat (payg ’ambar)ga ishonish, adl (ilohiy 135 taqdirning adolatliligiga ishonish), imomat (imomlar hokimiyatini tanish), maod (oxiratga ishonish). Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling