Diniy marosimlar
– fuqarolarning diniy ta'limotlardan, ularning qonun-qoidalari va
aqidalaridan k
еlib chiqadigan diniy faoliyat va xatti-harakatlari. Diniy marosimlar har
qaysi din vakillarining o
’z diniy ta'limotlari asosidan kеlib chiqqan. Islom dinida aqiqa,
amri ma'ruf, xatna, ro
’za va ramazon xayiti, qurbonlik va qurbon xayiti, namoz, xaj va b.
marosimlar bor. O
’zbеkistonda diniy marosimlarning bеmalol amalga oshirilishi
ta'minlanadi, ammo ular qonunlarni, jamoat tartibini buzmasligi va shaxsga hamda
fuqarolarning huquqiga daxl qilmasligi kerak. Diniy marosimlarda qatnashish
fuqarolarning xususiy ishidir va h
еch qanday huquqiy munosabatlarni kеltirib
chiqarmaydi. Diniy marosimlarga amal qilinganlik haqidagi xujjatlar huquqiy kuchga ega
emas. Diniy marosimlar ibodatxonalarda, diniy tashkilot muassasalarida, ziyoratgohlarda,
qabristonlarda, fuqarolarning xonadonlari va uylarida o
’tkaziladi. Maxsus binolardan
tashqarida diniy marosimlar yoki ommaviy ibodatlar o
’tkaziladigan holatlarda bu xaqda
mahalliy xokimiyat ogohlantirib qo
’yilishi va bunday tadbirlar qat'iy tartibga rioya
qilingan holda tashkil etilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |