65
ta'limotni asosiy mafkura deb hisoblash haqida qaror qabul qilgan. Bu jamoa boshida
jamoa a'zolari tomonidan saylangan
presviter turadu. Jamoalar mahalliy va davlat
ittifoqlariga birlashadi. Diniy marosim juda sodda, ibodat paytida va'z aytiladi,
birgalashib duolar o
’qiladi va diniy qo’shiqlar kuylanadi.
Presviterianlar diniy ta'limotining asosiy aqidalari
“Vestminster” kitobida bayon
qilingan. Bu aqidalar ortodoksal kalvinizm ruhida bo
’lib,
olamdagi barcha odamlarning
gunohkorligi va qismatning mutlaqligiga ishonish
dan iborat.
Presviter jamoasi qavmlari saylagan presviterlar va pastorlardan iborat konsistoriya
tomonidan boshqariladi. Presviterchilarning asosiy organi
– Bosh assamleya.
Hozirgi paytda Shotlandiya (davlat cherkovi), Angliya, Irlandiya, AQSh, Kanada,
Avstraliya va boshqa mamlakatlarda presviterchilar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: