D tojiboy еva, F. Xusainova
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
dinshunoslik
Bibliya (yunon.
“kitoblar”) – yahudiylik va xristianlikda muqaddas hisoblangan diniy kitoblar va risolalar majmuasi. Bibliya ikki asosiy qism – Qadimgi Ahd va Yangi Ahdga bo ’linadi. “Ahd” so’zi Xudoning insonlar bilan maxsus aloqasini ifodalaydi. Qadimgi Ahd yahudiylikda ham, xristianlikda ham muqaddas sanaladigan va eng qadimiy davrlarda yaratilgan diniy adabiyotlardan, Yangi Ahd esa, faqat xristianlar muqaddas d еb biladigan, ular diniy shaklanishiga aloqador diniy asarlardan iborat. Mazkur dinlarning aqidalariga binoan, Bibliya – Xudoning kalomi, barcha insonlarga yo ’llangan, dunyo va odamzodning paydo bo’lishi va “oxirat” sirini ochib beruvchi muqaddas kitobdir. Uning asosiy mavzusi – yagona Xudoning fazilatlari va insoniyat bilan munosabati haqidadir. Bibliya miloddan avvalgi VIII asr va milodiy II asrlar oralig ’ida oromiy hamda yunon tillarida yozilgan. Bibliya matnlari tadqiq etilganda shu narsa tasdiqlandiki, ular qariyb ming yil davomida xilma-xil joylarda yaratilgan. Bibliya eng qadimiy adabiy yodgorliklardan biri bo ’lib, diniy pand-nasihatlar, aqidalar, bashoratlar, duolar, solnomalar, masallar, ishqiy va falsafiy dostonlar, hikoyat, rivoyat va maktublardan iborat. Bibliyada, bir yoqdan, odamzodning gunohkor bo ’lib, Xudo tomonidan rad etilishi, abadiy halokatga mahkum qilinishi to ’g’risida gap kеtsa, ikkinchi yoqdan Xudo insonni qutqarish uchun qanday r еjalar tuzgani haqida hikoya qilinadi. Ayniqsa, odamlarga najot yo ’lini ochgan Iso Masih to’g’risida to’laqonli xabar beriladi. Vahhobiylik – islom dinining Hanbaliya mazhabidagi oqim. Arabiston yarim orolining markaziy qismida XVIII asr o ’rtalarida paydo bo’lgan. Asoschisi – Muhammad ibn Abdulvahhob. U 1703 yili Najd o ’lkasida, qozi oilasida tug’ilgan. Dastlabki ta'limni o ’z otasidan olgach, o’spirinlik yillari Arabiston va qo’shni o’lkalar bo’ylab ko’p safar qilgan. Ibn Abdulvahhob aqoidda ibn Taymiya, Ibn al-Kayyim va ibn Kasirga ergashdi. Muhammad ibn Abdulvahhob diniy targ ’ibotni taxminan 1730 yilda boshlagan, o’z otasining vafotidan (1740) so ’ng uni faollashtirgan, chunki ota-o’g’il o’rtasida da'vatning uslubi xususida ixtilof bo ’lgan. Turk tilidagi tadqiqotlarda ibn Abdulvahhob uzoq yillar ingliz josusi bilan hamkorlik qilgani haqida dalillar mavjud. Vahhobiylik tarafdorlari 136 fikricha, faqat Alloh ma'bud va islomning manbai faqat Qur ’on va Sunnadir. Muqaddas joylarni ziyorat qilish, aziz-avliyolardan, duolardan shafoat, yordam tilash shirk hisoblanadi. Musiqa, qo ’shiq va umuman ma'naviy taraqqiyotning boshqa ko’p ko ’rinishlari “bid'at” (kеyin kirib kеlgan yangilik) dеb sanaladi. Vahhobiylar “dinni tozalashga, Muhammad davridagi asl holiga k еltirish” ga harakat qiladi. Vahhobiylikda g ’ayridinlarga, “ilk islom ahkomlaridan chеkingan” musulmonlarga qarshi kurash alohida o ’rin tutadi. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling