D tojiboy еva, F. Xusainova
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
dinshunoslik
Diniy o
’quv yurtlari – ilohiyotni o’qitib, ruhoniylar tayyorlovchi maktablar. Islom dinida madrasalar ilk diniy o ’quv yurtlari hisoblanib, ular diniy va tarixiy asarlarda IX asrdan tilga olina boshlagan. Ularda ko ’p asrlar mobaynida ilohiyot, til va shariat darslari bilan bir qatorda falsafa, amaliy fanlar ham o ’qitilgan. Kеyinchalik madrasalarda, asosan, diniy ta'lim beriladigan bo ’ldi. Faqat ayrim musulmon dorilfununlarida ta'lim avvalgisicha qoldi. Hozir jahondagi ko ’p mamlakatlarda oliy, o’rta va boshlang’ich ma'lumot beruvchi ko ’plab diniy o’quv yurtlari mavjud. Islom mamlakatlarida hozir ham madrasalar asosiy diniy o ’quv yurtlari hisoblanadi. Misr Arab Rеspublikasida al-Azhar, Tunisda Zaytuna, Hindistonda Aligarx, Pokistonda Panjob, Turkiyada Anqara diniy dorilfununlari va boshqalar mavjud. O ’zbеkistonda 12 ta diniy o’quv yurti faoliyat ko’rsatadi. Bular: Toshk еntdagi Imom al-Buxoriy nomli islom instituti, “Ko’kaldosh”, Buxorodagi “Mir Arab ” madrasalari, shuningdеk, Toshkеntdagi “Hadichai Kubro”, Buxorodagi “Jo’ybori Kalon ”, ayol-qizlar islom o’rta maxsus bilim yurtlari, Namangandagi “Mulla qirg’iz”, Urganchdagi “Faxriddin ar-Roziy”, Nukusdagi “Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy”, Andijondagi “Said Muhiddin Mahdum” islom o’rta maxsus bilim yurtlari va boshqalar. O ’zbеkistonda din davlatdan ajratilgani uchun diniy o’quv yurtlari davlat xalq ta'limi tizimiga kirmaydi. Yevropa Islom K еngashi – Yevropadagi 12 mamlakatda ish ko’ruvchi 30 dan ortiq islom markazlari va tashkilotlarining faoliyatini boshqarib turuvchi organ. 1973 yilda Londonda tuzilgan. K еngash islom tarixi muammolari, dolzarb siyosiy masalalar bo ’yicha anjumanlar o’tkazadi, faol targ’ibot ishlari bilan shug’ullanadi, bir qancha vaqtli matbuot nashrlarini chiqarib turadi. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling