15-MODDA. Diniy tashkilotlarning mulki.
Diniy tashkilotlarning o
’z mablag’lari hisobidan sotib olingan yoki yaratilgan,
fuqarolar, jamoat birlashmalari ehson qilgan (vasiyat qilib qoldirgan) yoxud davlat
tomonidan berilgan, shuningdek chet elda joylashgan va qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan boshqa asoslarda olingan, o
’z faoliyatlarini ta'minlash uchun zarur bo’lgan
binolar, imoratlar, ibodat qilish anjomlari, ishlab chiqarish, ijtimoiy va xayriya
inshootlari, pul mablag
’lari va boshqa mol-mulklar ularning mulki bo’lishi mumkin.
Diniy tashkilotlarning mulkiy huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |