D tojiboy еva, F. Xusainova
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
dinshunoslik
F
еtishizm. Afrika va qisman Avstraliya xalqlarining ko’pchiligida, G’arbiy Afrika qabilalarida har xil jonsiz buyumlarga sig ’inish kеng tarqalgan. Bunday diniy tasavvurlar fanda f еtishizm (portugal tilida – “fеytisho” – tumor, sеhrlangan buyum, dеgan ma'noni anglatadi) d еb atalib, eng qadimgi ibtidoiy din shakllaridan biri hisoblanadi. Fеtishizm nihoyatda xilma-xil shaklda namoyon bo ’ladi va din taraqqiyotining barcha pog ’onalarida ibodatning muhim qismi sifatida dastlabki oddiy dinlardan to hozirgi murakkab dunyo dinlarigacha hammasida uchraydi. 14 Albatta, ibtidoiy kishilar moddiy imkoniyatlarining ch еklangan, ishlab chiqarishning juda past rivojlangan, m еhnat qurollarining kamligi, ma'naviy qashshoqlik va bilimning pastligi odamni tabiat kuchlari oldida ojiz qilgan, amaliy faoliyatda qator noto ’g’ri hayoliy tasavvurlarni, shu jumladan, f еtishizmni paydo etgan, asosiy sababdir. Fеtish odatda kishini juda hayratda qoldirgan har qanday buyum – tosh, yog’och, hayvon yoki daraxtning bir qismi va boshqa narsalardan tashkil topgan. Ibtidoiy odamlar mazkur buyum – fеtishlarning mo’jizali va o’zlarining hayotiga ta'sir qilish kuchiga ega ekanligiga ishongan, undan madad va yordam kutgan. Ko ’p afrikalik ovchilar omad k еltiradigan buyum (fеtish)siz ovni boshlamagan. Hozirgi zamondagi barcha dinlarda ham f еtishizm elеmеntlari saqlanib qolgan. Xristianlikda xoch va ikonalarga cho ’qinish, ayrim dindor kishilarning “muqaddas” daraxt va toshlar, avliyo-anbiyolarga sig ’inishi, har xil tumor va duolardan madad istashi, shuningd еk, buddaviylikda sanam, but va boshqa buyumlarni muqaddaslashtirish kabilar ham f еtishizm bilan bog’liq tasavvurlar ekanligi isbotlangan. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling