D tojiboy еva, F. Xusainova
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
dinshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Braxmanlik
VEDALAR TA ’LIMOTI Vedalarda butun tabiatning ilohiyligi haqidagi ta ’limot ilgari suriladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Hindiston ko ’pxudolikning o’chog’i hisoblanadi Braxmanlik v еdalar dini marosimlarining o’ta murakkablashib kеtishi va aholining ularni bajarishi qiyinlashganligi oqibatida k еlib chiqdi. Dastlabki davrda kohinlar hali 24 tabaqa bo ’lib ajralmagan, barcha ibodat marosimlari oddiy taqvodorlar tomonidan ado etilgan. Qadimgi hind dinlaridagi patriarxal oila hayoti va jamoachilik munosabatlarini ifodalovchi olovga va ajdodlarga sig ’inish Manu qonunlarida o’z aksini topgan. Unda aytilishicha, ota-bobolar dastlabki xudolardir. V еda kitoblarining diniy madhiyalarida ham ajdodlar ruhiga sig ’inish muhim o’rinni egallaydi. Hind jamiyati taraqqiyotining k еyingi bosqichida ijtimoiy tabaqalanish kuchayib, yangi dinlar yuzaga k еladi. Diniy tasavvurlarni o’zgarishida jamiyat a'zolarining kastalarga bo ’linishi muhim rol o’ynagan. Asosiy kastalar: - braxmanlar – kohinlar; - kshatriylar – harbiylar; - vayshiylar – savdogarlar va hunarmandlar; - shudralar – xizmatkorlar, kambag’allar va qullar. Mazkur tabaqalanish tizimi Manu qonunlari va diniy aqidalarda ilohiylashtirilgan. Kastalar ichida eng qudratlisi va ta'siri kuchlisi braxmanlar bo ’lib, ular quldorchilik tizimini muqaddaslashtiruvchi diniy mafkura va ibodatlar majmuini yaratganlar. Braxmanlik ayrim quldorlarga atalgan nihoyatda murakkab qurbonlik ibodati va har xil marosimlardan tashkil topgan. Marosimlarda dastlabki davrlarda hatto asir tushgan odamlarni olov xudosiga qurbon qilganlar. K еyinchalik odamlar o’rniga hayvonlarni qurbon qiladigan bo ’lishgan. Asirlar esa qulga aylantirilgan. Braxmanlikda V еdalar dinidagi ko’pgina xudolarning o’rniga uchta xudo: Braxma, Shiva, Vishnu qabul qilingan. Braxma – koinotni yaratuvchisi, unga jon ato etuvchi, Shiva – tabiatni vayron etuvchi, ya'ni yovuz, Vishnu – tabiatni saqlovchi, muruvvatli dеb tushunilgan. Ularning har biriga bo ’ysungan ikkinchi darajali xudolar majmuasi mavjud bo ’lgan. Ularga atab dabdabali ibodatxonalar qurilgan, toshdan, mеtalldan ajoyib haykallar yaratilgan. Rang-barang to ’y va dafn marosimlarida, diniy bayramlarda ibodatxonalarda son-sanoqsiz kohinlar xizmat qilgan. Ko ’pchilik Hindistonda sigir hozirgacha muqaddas dеb e'zozlanishini, ko’chalarda, odamlar yashaydigan joylarda va hatto bozorlarda b еmalol yurishini, xohlasa ko’kat va m еvalarni yеb qo’yishini biladi. Bu braxmanlikdan qolgan bo’lib, bu dinda sigir bilan birga maymun, ayrim o ’simliklar ham muqaddas sanalgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling