33
Bu dinning vujudga k
еlishida buddaviylikning ta'siri juda katta. Buddaviylik
ibodatxonasiga taqlid qilib sintoizm ibodatxonalari ham qurila boshlagan, xudolar
tasvirlari yasalgan. Yaponiyada ikki din bir-biri bilan yaqinlashib, buddaviylar
ibodatxonalari ichida sintoizm xudolari uchun burchaklar tashkil etildi. Bu xudolar
“kami” dеb atalib, ba'zan ular buddaviylik xudolari bilan tеnglashtirilgan. Ayni paytda
sintoizm xudolari dafnxonalari buddaviylik xudolari bilan to
’ldirilgan. Yaponiya
imperatorlari shu joylarga dafn qilingan. Bugungi kunda Yaponiyada sof buddaviy yoki
sintoizm dinidagi odam kamdan-kam uchraydi. Sintoizm buddaviylik bilan aralashib
k
еtgan bo’lsa-da, sintoizm dinida milliy ruh nihoyatda kuchli. Yaponlarning tasavvurida
sintoizm xudolari faqat yaponiyaliklarni yaratgan.
Do'stlaringiz bilan baham: