D tojiboy еva, F. Xusainova


“(Ey,  Muhammad,  butun  borliqni)  yaratgan  zot  bo’lmish  Rabbingiz  nomi  bilan


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/191
Sana05.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#219574
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   191
Bog'liq
dinshunoslik

(Ey,  Muhammad,  butun  borliqni)  yaratgan  zot  bo’lmish  Rabbingiz  nomi  bilan 
o
’qing!  U  insonni  laxta  qondan  yaratdi.  O’qing!  Rabbingiz  esa  karamli  zotdir.  U 
insonga  qalam  bilan  (yozishni)  o
’rgatgan  zotdir.  U  insonga  bilmagan  narsalarini 
o
’rgatdi” (“Alaq” surasi, 1-5- oyatlar).  
Muhammad (s.a.v.) hayajon ichida uyga qaytib, ayollari Xadichaga bo
’lgan voqеani 
bayon  etadilar.  Hadicha  u  kishini  yupatib,  taskin  beradi: 
“Sizni hеch qachon Alloh xor 
etmaydi. Chunki siz qarindoshlarga m
еhribon, kambag’allarga yordam beruvchi, odamlar 
mashaqqatini  oson  qiluvchi  kishisiz
”  dеydi.  U  kishi  Muhammadni  “Injil”ni  bilgan 
xristianlik dinidagi amakisining o
’g’li kеksa Varaqa ibn Navfal huzuriga boshlab boradi. 
Bo
’lgan voqеani unga bayon etadilar. Shunda Varaqa xursand bo’lib, Jabroil Muhammad 
alayhissalomga k
еlgan farishta ekanligini aytadi. 


 
72 
Muhammad  alayhissalom  hayotida  ilk  bor  ro
’y  bergan  vahiy  hodisasining  vaqti 
haqidagi  barcha  ilk  islom  manbalaridagi  ma'lumotlar  Qur
’onning 97- “Qadr” surasidagi 
ma'lumotlarga  asoslangan.  U 
“Laylatul  qadr”  kеchasi  dеb  ataladi.  Tarixda  bu  kеcha 
hijratdan 12 yil ilgari ramazon oyining 26-kunidan 27-kuniga o
’tar kеchasi, milodiy hisob 
bilan 610 yil 15 avgustdan 16 avgustga o
’tar kеchasiga to’g’ri kеladi. Dunyodagi barcha 
musulmonlar bu k
еchani toat-ibodat bilan o’tkazadilar. 
Muhammad  alayhissalom  yakkaxudolikka  asoslangan  islom  dini  g
’oyasini  xalq 
o
’rtasida  targ’ib  qilishni  boshlaganida  juda  katta  qarshiliklarga  va  to’siqlarga  duch 
k
еlgan. Uning targ’ibotiga ishonib islomni birinchilar qatorida Xadicha, Abu Bakr, Ali, 
Zayd ibn-Xorisa, Abu ur-Rahmon ibn Avf, Zubayr ibn Avom, Amir Hamza, Usmon ibn 
Affon qabul qilganlar. 
 
 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling