D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


Bu standartlarda ta’lim dargohini bitirib chiqayotgan


Download 1.26 Mb.
bet180/218
Sana28.12.2022
Hajmi1.26 Mb.
#1024468
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   218
Bog'liq
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi

Bu standartlarda ta’lim dargohini bitirib chiqayotgan 0‘quvchi, talabalar qanday bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘Iishi, ularning qoMidan nima ish kelishining minimal darajasi belgilab qo‘yiIadi.
Ta’limni standartlashtirish bu butun dunyo miqyosida ta’limni isloh qilishdagi eng asosiy tendensiyalardan biri. Unga bozor iqti­sodiyoti talablari nuqtayi nazaridan yondashiladi. Jamiyat bilan ta’limning o‘zaro moslashishini ta’minlash bugungi kunning ni- lioyatda jiddiy masalasidir. Ayniqsa, ikki mustaqil bozor, ta’lim va mehnat bozorlarini bir-biriga yaqinlashtirish, shu asosda talab va taklif muvozanatiga erishish nihoyatda muhim va dolzarb masala. Jamiyatda sodir boMayotgan yangiliklar, iqtisodiy 0‘zgarishlar ta’lim tizimiga yangicha yondashishni taqozo etadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi va amalga oshirish lozim bo'lgan vazifalaridan biri, ta’lim oluvchilarning tay­yorgarlik sifati va ixtisosiga talablarni, ularning madaniy va ma’naviy-ruhiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat ta’lim standart- larini yaratish va uni tatbiq etishdir.
Xalqaro talablaiga javob beruvchi davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish:

  1. 0‘zbekiston Respublikasi va rivojlangan mamlakatlarda ta’lim ekvivalentligini, turli ta’lim muassasalari diplomlarini taqqoslab, mamlakatimiz ishchi va mutaxassislarini xalqaro mehnat bozorida to‘siqlarsiz ishtirok etishini ta’minlaydi.

  2. Ta’lim xizmatlari sifatiga aniq (qat’iy) talablarni belgilab qo‘yilishi kadrlar tayyorlash sifatini oshiradi.

  3. Tp’lim muassasalari ishi samaradorligini nazorat qilish tizimini tartibga soladi.

  4. Iqtisodiyot va biznes talablarini tezda ilg‘ash va hisobga olish imkoniyatlarini yaratadi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan so‘ng uning




talablarini amalga oshirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998-yil 5-yanvarda «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlari»ni ishlab chiqish va joriy etish to‘g'risida»gi Qarori qabul qilindi va shu qaror asosida «Davlat ta’lim standartlari to'g'risida» gi Nizom ishlab chiqildi.

Nizomning 1.1 bandida: O'zbekiston Respublikasining «Ta’lim to'g'risida» qonunining 7-moddasida, Kadrlar tayyorlash milliy das- turiga muvofiq respublikada idoraviy bo'ysunish va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, ta’lim muassasalarining barcha turlari uchun majburiy bo'lgan davlat ta’lim standartlari (DTS) belgilanadi.
DTSda kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’lim mazmuniga nisbatan qo'yiladigan talablar, ta’lim oluvchilarning tayyorgarlik darajasi hamda ta’lim muassasalarini bitiruvchilarga nisbatan qo'yiladigan malaka talablari, o'quv yuklamasining zarur hajinini, ta’lim muas­sasalari faoliyatini va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibi va mexanizmini belgilash qayd etilgan.
Nizomda davlat ta’lim standartlarining maqsad va vazifalari ko'rsatilgan. Davlat ta’lim standartlarining joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi:

  • ta’limning yuksak sifatini ta’minlash hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar asosida rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi kadrlar tayyorlanishini ta’minlash;

  • mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish;

  • ta’limning demokratlashuviga insonparvarlashuviga, ijtimoi- yligiga ko‘ra, ta’lim oluvchilarning huquqiy, iqtisodiy bilimlari da- rajasini, shuningdek, ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish;

  • sifatli ta’lim xizmatlarini ko'rsatish, ta’lim va kadrlar tayyor­lash sohasida shaxsning jamiyat va davlatning vazifalarini himoya qilish;

  • kadrlar tayyorlash sifatini va ta’lim faoliyati mezonlari va tartibini baholash;

  • ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluk- sizligini ta’minlash, ta’limning barcha turlari va bosqichlarida o'quv - tarbiya jarayonini maqbullashtirish;

  • mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlash.




Shu maqsadlarni amalga oshirish uchun davlat ta’lim standart- larining vazifalari belgilandi, ular:


  • ta’lim sifatiga va kadrlar tayyorlashga ko'rsitiladigan ta’lim xizmatlari nomenklaturasiga nisbatan qo‘yiladigan maqbul talab­larni belgilash;

  • ta’limga va uning pirovard natijalariga, ta’lim oluvchilarning bilim va kasbiy malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibi va tartibotiga, shuningdek, ta’lim faoliyati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo‘yiladigan tegishli talablarni belgilovchi me’yoriy bazani yaratish;

  • xalqning boy ma’naviy merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim oluvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasining samarali shakllari va usullarini joriy etish;

  • ta’limning barcha turlari mazmunini hamda olib boriladigan ta’lim va tarbiyani kelishib olish, ularning o‘zaro bog‘Iiqligini uzluksiz ta’lim tizimida va kadrlar tayyorlashda izchillikni ta’minlash;

  • o‘quv-tarbiya va ta’lim jarayoniga uzluksiz ta’lim tizimining pedagogik texnologiyalariga va axborot bilan ta’minlanishiga, ta’lim darajasini nazorat qilishga, ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar va ulami bitiruvchilaming malakasiga nisbatan me’yorlar va talab­larni belgilash;

  • ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning xolis qismini, ta’lim muassasalarining attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilishni joriy etish;

  • kadrlami maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;

  • milliy standartlar talabi bilan ta’lim sifati va kadrlar tayyor- lashning xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.

Nizomda ta’limning barcha turlarini standartlashtirish ko‘zda tutilgan.
Ta’limning standartlashtirish obyektlari:

  • ta’lim fanlarining tuzilmasi, mazmuni, o‘quv yuklamasining hajmi, ta’lim oluvchilar va bitiruvchilaming malaka darajasi va tay­yorlash sifati;

  • talablar, me’yorlar va qoidalar, pedagogik va axborot tex­nologiyalari, ta’lim usullari va vositalari, shuningdek, ta’lim tizimida foydalaniladigan atamalar, tushunchalar va kategoriyalar;

  • ta’lim oluvchilar bilim darajasiga va kasbiy malakasiga tashxis qo'yish tartibi, bitiruvchilar sifatini, ta’lim faoliyati, pedagog va


ilmiy pedagog xodimlar sifatini baholashni o‘z ichiga oladi.


DTSga o'zgartirishlar kiritish respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga muvofiq ravishda ta’lim darajasi va kadrlar tayyor- lashga qo‘yiladigan talablar o'zgarishi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarga talab va ta’lim mazmu- nidan kelib chiqqan holda:

  • Davlat ta’lim standartlari;

  • asosiy qoidalari bo'yicha tayanch o‘quv rejasi ishlab chiqiladi;

  • tayanch o'quv rejalari ta’lim muassasalarining ishchi-o‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.


  1. Download 1.26 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling