Birinchi davr. Pedagogik texnologiyaning o‘rganish obyekti sifatida e’tirof etilishi. XX asrning 30-yillarida AQSh ta’lim tizimiga audiovizual o'qitish dasturlari kiritila boshlandi. U nafaqat ta’limda texnologik inqilobga, balki yangi fan—pedagogik texnologiyaga asos soldi.
1946-yilda AQSh ning Indiana unversitetida o'quv dasturiga audiovizual ta’lim rejasi kiritildi (muallifi L Larson).
Birinchi davr (50 - yillarning boshi va o'rtalari) ta’lim muassa- salarida axborotlarni taqdim etishning texnik vositalari tovushni yozib olish va qayta eshittirish, boshqacha qilib aytganda «audiovizual vositalar» ning paydo bo'lishi bilan xarakterlanadi. Dastlab har bir dars, o'tiladigan mavzuda o'quv va tarbiya maqsad - vazifalari ishlab chiqiladi. Bu holda ishlab chiqarishdagi boshqaruvchi bilan ta’limdagi pedagog faoliyatida o‘xshashIik bor. O'quv jarayonining barcha bosqichlarida buttm tizimning asosiy texnologik jihati - o'quv jarayonini so'nggi natijalari bo'lgan mukammal bilimga ega bo'lgan kadrlar tayyorlashga erishish maqsadi turgan.
Ikkinchi davr (50—60-yillarning o'rtalari) o‘qitish jarayoniga texnologik yondashuvning tatbiq etilishi bilan xarakterlanadi. Bu yondashuvning nazariy asosi dasturli o'qitish g'oyasi hisoblanadi. Uning texnologik asosini o'quv maqsadlari uchun maxsus mo'ljallangan audiovizual vositalar (teskari bog'lanish vositalari, elektron sinflar, lingafon xonalari, trenajyorlar) tashkil etadi. Bu davrdn ta’lim texnologiyasi deyilganda muqarrar ravishda oldindan rojalaihtlrllgnn nntljngn olib kcluvchi pedagogik jarayonning ilmiy tavsin (vnilla va mctodlnri mnjmui) tushunila boshlandi.
Bu davrda pedagogik texnologiyaning kasbiy kategoriya sifatida e’llrof cllllshl, dasturli o'qitish g'oyasi (1954-yil) asoslab berildi (munllif В. I-'. Skinner) va bu hoi pedagogik texnologiyadagi ustu- vorliklarning o'zgarishiga sabab bo'ldi.
Uchitichi davr — pedagogik texnologiyaning pedagogikadagi nazariy bilimlar tarmog‘i sifatida e’tirof etilishi. 70-yillar pedagogik texnologiya bazasi - asosining kengayishi bilan xarakterlanadi.
Pedagogik texnologiyaning asosini yaratishda informatika, tele- kommunikatsiya nazariyasi, pedagogika, tizimli tahlil fanlarining yutuqlariga tayanildi. Pedagogik texnologiyaning metodologik asosi o'zgardi. Og'zaki o'qitishdan audiovizual o'qitishga o'tildi. Ayniqsa, 1976-yili birinchi shaxsiy kompyuter «APPLE» (olma) yaratilishi (mualliflar: Stiv Jobs va Stiv Uoznik) ta’lim sohasida ham katta o'zgarishlarga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |