D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
Beshinchi kichik guruh tayyorlagan savol
Download 1.26 Mb.
|
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savollarning javoblari
- savoI javobi
- savol javobi
- Savollar asosida darslarni
- §. Suhbat metodini qo‘IIab dars o4ish
- «du- maloq stol atrofida suhbat», «tigiz payt», «mutaxassis- mehmonimiz»
Beshinchi kichik guruh tayyorlagan savol:
Iqtisodiyotda omad foydasi bor. U qanday foyda va ularni kimlar oladi? Oltinchi kichik guruh tayyorlagan savol: «Molsizlikdan qashshoq bo'lsang ham, aqldan boy bo'lishga liarakat qil, chunki mol bilan boy bo'lgandan, aqliy tomondan boy bo'lgan yaxshiroqdir: aql bilan mol to'plasa bo'Iadi, ammo mol bilan aql to'plab bo'lmaydi. Johil tezda kambag'allashadi, ammo bilgilkim, aql bir qimmatbaho narsaki, uni o'g'ri olib keta olmas, o'tda yonmas, suvda oqmas». Bu kimning o'giti va qayerda yozilgan? Ikkinchi bosqichda har bir guruh vakili o'zi tanlagan savolni o'qib, qo'yilgan savolga javob berishni taklif qiladi. So'ngra sinf, auditoriyada muhokama qilish boshlanadi. Birinchi bo'lib javob berishga erishgan guruh vakili o'z fikrini bildiradi. Javob noto'g'ri bo'lsa, boshqa guruhlarni javob berishi so'raladi. Hamma kichik guruhlar o'z javobini aytib bo'lgach, savol tayyorlagan guruh vakili javobni o'qib eshittiradi. Savollarning javoblari savol javobi: « ... odaming davlati bo'lmasa, u o'zi yeb, bosh- qalami to'ydira olmaydi; agar davlati bo'lsa-yu, lekin rasamadi bilan xaijlamasa, sal o'tmasdan bu davlat yo'q bo'lib ketadi.
Manba: Kalila va Dimna. «Raduga» nashriyotining Toshkent bo'limi. 1988, 47, 48-betlar. savol javobi: Biz ham ibrat olsak arzirli eng muhim xislatlari quyidagilar: Aniq bajarish. Puxta bajarish. 0‘z vaqtida bajarish. Bekamu-ko'st bajarish. Vaqtida hozir bo'Iish. Manba: G'ulomov S., Abdullayev A., Sotvoldiyev A. Iqtisodiyot ilmi asoslari. Toshkent, «Moliya», 2002, 44-bet. savol javobi: Daromad, buromad. «Daromadga qarab buro- mad» Manba: Tojiboyeva D. Iqtisodiyot nazariyasi fanidan masala- mashqlar. 1-qism, Toshkent, 2007, 101—114-betlar. savoI javobi: Prezidentimizning 2002-yil 14-fevral kuni 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yilda respublikamiz ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish yakunlari va iqtisodiy islohotlarning borishini baholash hamda 2002 yilda islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo'nalishlariga bag'shlangan majlisida «Iqtisodiyotni er- kinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish — bosh yoTimiz» mavzusida qilgan ma’ruzasi. Manba: Karimov I. A. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilpn foydalanish — bosh yo'limiz.// Xalq so‘zi, 2002-yil 15-fevral. savol javobi: Omad foydasi iqtisodiy foydaning bir ko'rinishi, lekin u ikki xususiyatga ega. Birinchidan, omad foydasi firmaga bog'liq bo'lmagan holda bozor narxlarining kutilmagan holda ortishi tufayli paydo bo'Iadi. Narxlar pasaygach, yo'q bo'lib ketadi, demak, bu o'tkinchi xarakterda bo'Iadi. Ikkinchidan, omad foydasini hamma firmalar emas, omadi chopgan firmalar oladi. Neft narxini oshishidan hosil bo'dgan omad foydasini faqat neft kompaniyalari olgan, u boshqalarga tegmagan. Manba: O'lmasov A., Vahobov A. Iqtisodiyot nazariyasi. Toshkent, «Sharq», 2007, 180—181-betlar.
savol javobi: Bu hikmat XI asrda yashab o‘tgan Kaykovusning o‘g‘Iiga bag‘ishlab yozgan tarixiy asari «Qobusnoma»da bayon qilingan. Manba: «Qobusnoma», Т.: «O'qituvchi», 1973, 29-bet. Berilgan javoblarga ko‘ra talabalar va kichik guruhga ball beriladi. Navbat keyingi guruh vakiliga beriladi. Shunday tarzda barcha kichik guruhlar tayyorlagan savollarga javob beriladi. Muvofiq ravishda javoblar baholanadi. Unda o'quvchi-talabalar o'rtasida eng qiziqarli, mavzuni chuqur o'rganishga qaratilgan savol tanlanadi va uni tayyorlagan talaba hamda qo'yilgan savolga eng mukammal javob bergan talaba tanlanadi va eng yuqori ball beriladi. Aytaylik, talabalar eng qiziqarli hamda o'tilayotgan mavzuning mazmuni bilan bog'langan deb birinchi guruh tayyorlagan savolni topishdi, deylik. Shu savolni tayyorlagan talabaga eng yuqori ball beriladi. O'qituvchi dars jarayonida bildirilgan fikrni asoslash yoki mustahkamlash uchun qo'shimcha savollar beradi: «Nima sababdan?», «Siz shu fikrga qo'shilasizmi?», «Misol keltiring-chi?», «O'rtog'ingiz bildirgan fikr to'g'rimi?», «O'zingizning xulosangizni ayting-chi?» tarzdagi savollar bilan kichik guruhlarni bir-birlariga murojaat qilishga yo'naltiriladi. 0‘z fikrini bayon qilayotgan o'quvchiga: «Guruh nima sababdan shu savolni 5ta savol ichidan eng qiziqarli deb topdi?», «Ay- tingchi, siz yoki guruhingiz berilgan savolga ana shunday javob be- rishiga nima sababdan qaror qildingiz?»—deb murojaat qilib, javobni eshitgach, auditoriyaga «boshqalar ham shu fikrdami, uni noto‘g‘ri deb hisoblovchilar, marhamat o'z fikringizni bildiring» deb, talabalar fikrini aniqlash mumkin. Agar to'g'ri javob yagona bo'lmasa, o'qituvchi «qani, o'ylab ko'ringlar-chi, yana qanday muqobil javoblar bo'lishi mumkin?» degan savolni tashlashi mumkin. Savollar asosida darslarni «O'yla, izla, top», «Qilni qirq yo- rib», «Kim millioner bo'lishni xohlaydi?», «Intellektual ring», «Mo'jizalar maydoni» va boshqalar kabi tashkil qilish mumkin. O'quvchi, talabalar xotirasini mustahkamlash va ularni ijodkor- likka o'rgatish maqsadida fanga, uning biron bo'limiga, mavzusiga oid krossvord va skanvord tuzishni topshirish ham o'zining ijobiy natijasini beradi.
§. Suhbat metodini qo‘IIab dars o4ish Savol-javob odatda darsning og‘zaki metodi hisoblanadi. Og'zaki javobga asoslangan yana bir metod, suhbat metodidir. Bu metod odatda, nazariy va amaliy mashg'ulotlarda, maslahat darslarida keng qo'llaniladi. Bunda bilim 0‘qituvchi tomonidan ma’lum bir tizimga solingan holda tushunarli, o'quvchi-talabalar ruhiyatiga ta’sir etadigan tarzda yetkaziladi. Og‘zaki uslubdagi darsning maqsadi ham boshqa metodlar kabi bilim berish, o'rgatish, axborot berish, o'zi olgan axborotni, bilimni yoki fikrni boshqalarga yetkazishdir. Bayon etish, hikoya qilish deb, o‘quv materialini monolog tarzida bayon qilishga aytiladi. Hikoya usuli odatda ko'proq maktablarda qo'llaniladi yangi mavzuni, materialni o'zlashtirishga tayyorlash uchun kirish so‘zi, mazmunini esa hikoya tarzida bayon qilinadi. Hikoya uslubida o'quvchi-talabalarga beriladigan ta’lim mazmunini og‘zaki bayon qilish ko‘zda tutiladi. Bu uslubni qo'llashda muayyan pedagogik usullardan foydaianiladi. Masalan, diqqatni faolllashtirish, bayon qilish, taqqoslash, asosiylarini ajratish, ya- kunlash kabi mantiqiy tadbirlar shular jumlasidandir. Hikoya sama- radorligining shartlari: rejani qunt bilan o'ylab tuzish, mavzuning izchil yoritilish ini ta’minlash, ko'rgazmalarni muvaffaqiyatli tanlash, bayonda kerakli emotsionallikka erishish. Akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida, oliy maktabda esa suhbat metodi keng qo'llaniladi. Suhbat metodini buyuk filosof Suq- rot nihoyatda mohirlik bilan qo'llagan. Bu metod turli jihatdan qaraganda ham samarali bo'lib, qo'yilgan savollar orqali talabalarning xotirasidagi passiv bilimlarni faollashtiradi, yangi bilimlarni o'zlashtirish, mustaqil fikr yuritish orqali xulosa chiqarish va umumlashtirishga o'rgatadi. Talabani o'qituvchi fikrini ilg'ash, uni davom ettirishga yo'naltiradi. Maksimal darajada tafakkurni faol- lashtirish bilan birga olingan bilimni diagnostika qilish vositasi bo'lib ham xizmat qiladi. Suhbat: a) talabalarni bilim olish, o'qish- o'rganishga chorlovchi (kirish); b) bilim beruvchi; d) bilimlarni mustahkamlashga; e) bilimni nazorat qilishga qaratilgan bo'lishi mumkin. Suhbat uslubini qo'llashda savollarni qo'yish (asosiy, qo'shimcha, yo'llovchi va boshqalar), o'quvchi-talabalarning javob va mulohazalarini muhokama qilish, suhbatdan xulosalarni shakllantirish, javoblarni tuzatish usullaridan foydaianiladi. Pedagoglar suhbatni quyidagi turlarga bo'lishadi: evristik (yunoncha—heurikos — izlayman, topaman, kashf etaman) suhbat. O'qituvchining mohirlik bilan qo'ygan savollariga talabalarning javoblari orqali yangi bilimlarni jadal o‘zlashtirishlarini ta’minlashga qaratiladi. Katehyezik suhbat (yunoncha — katechesis — nasihat, o‘git), biron bir ta’limot asoslarini savol, javob shaklidagi bayoni tarzida olib boriladi. Germeuevtik suhbat (yunoncha — hermeneutikos — tushunti- ruvchi, talqin etuvchi), o'qitilayotgan, o'rganilayotgan uzviy savolni yozilgan matnni sharhlash va uni talqin qilish— demak, nimanidir mazmunini, mohiyatini ochib berishga qaratiladi. Suqrotchasiga va maevtikaga (yunoncha — maieutike — in- sonda yashiringan bilimlarni yuzaga chiqarishga undaydigan) asoslangan suhbat. Dialektik fikrlashga, bahs-munozara san’atiga o'rgatish, qat’iyan man qilingan fikrlardan qochishga o'rgatadigan suhbat. Suhbat metodi o'quvchi-talabalarga beriladigan ta’lim mazmunini og'zaki bayon qilish ko'zda tutiladi. Bu uslubni qo'llashda muayyan pedagogik usullardan foydaianiladi. Masalan, diqqatni faolllashtirish, bayon qilish, taqqoslash, asosiylarini ajratish, ya- kunlash kabi mantiqiy tadbirlar shular jumlasidandir. Uning sama- radorligining shartlari: rejani qunt bilan o'ylab tuzish, mavzuning izchil yoritilishini ta’minlash, ko'rgazmalarni muvaffaqiyatli tanlash, bayonda kerakli emotsionallikka erishishdir. Ma’ruza — bilimni so'z bilan ifodalash uslublaridan biri sifatida beriladigan bilimlarni og'zaki bayon qilishni ko'zda tutib, o'z haj- mining kattaligi, mantiqiy qurilishi, obrazli isbotlash va umum- lashtirishning murakkabligi bilan hikoyadan ajralib turadi. Ma’ruza davomida beriladigan bilimni og'zaki bayon qilish, uzoq vaqt davomida o'quvchi-talabalarning diqqatini tutib turish hamda ularning flkrlarini faollashtirish, isbotlash, ta’rif berish, bir tizimga keltirish, umumlashtirish kabi pedagogik usullardan foy- dalaniladi. Bu metodning samarasi, asosan, o'qituvchi mahoratiga, uning ta’sirchan, tushunarli, diqqatni tortadigan emotsional bayon qi- lishiga, har bir so'z, ibora uning ko'zida, chehrasida qanday ifodalanishiga bog'liq. Suhbat talabalarning intellektual darajasiga mos bo'lishi lozim. O'qituvchi ushbu metod asosida dars o'tishga tayyorlanar ekan, zarur materialni, mavjud sharoitda eng yaxshi maksimal natijaga erishish uchun metodik usullar tanlaydi. Ko'pincha xotirada qoladigan usullar qo'llaydi. Taqqoslash, solishtirish, o'xshatish, xu-
Suhbat mashg‘ulotlarda o'qitishning boshqa metodlari bilan ko'rgazmali vositalar bilan olib borganda yaxshi natijalar beradi. Bundan tashqari hikoyada qanday voqea, hodisa, dalillar, kishilar bayon qilinayotgani ham katta rol o'ynaydi. Talabalar ham amaliy mashg'ulotlarda o'qituvchi tomonidan berilgan savolga shunday tarzda bayon qilish bilan javob beradilar. O'quv jarayonida qo'llaniladigan suhbat^ ya’ni qo'yilgan savolga atroflicha, aniq, tushunarli javob berish bilan suhbatdosh- ning diqqati masalaning turli jihatlariga qaratiladi. Suhbat didaktik jarayondagi eng ko'hna metodlardan hisoblanadi. Suhbat — unda qatnashuvchilarda bilim olishga, o'qish, o'rganishga istak tug'diradi. Shu bois u keng tarqalgan. Suhbatning afzallik tomoni shundaki, u fikiiashni maksimal darajada faollashtiradi, bilish jarayonini boshqarish imkonini beradi, buning uchun sharoit yaratadi. Lekin bu metodni samarali ravishda qo'llash uchun o'quvchi-talabalar ma’lum darajada bilim zaxirasiga ega bo'lishlari lozim. Mavzuni bu metodni qo'llab o'rganishda induktiv va deduktiv suhbat tarzida o'tkazishning imkoni katta. Bunda o'qituvchi talabalarni amaliyotdan nazariyaga, umumlashtirishga yoki nazariya, umumiy qoidalarni amaliyot bilan bog'lash orqali qo'yilgan maqsadga yetadi. Keyingi paytda uning hozirgi talablarga javob beradigan usullari keng qo'llanilmoqda. Ulardan biri sulibatni «intervyu berish» usulida o'tkazishdir. Bu usulda bir talaba intervyu oluvchi rolini bajarsa, ikkinchisi intervyu beruvchi sifatida qatnashadi. Natijada talabalar faolligi oddiy suhbat tarzida o'tkazilgan darsga qaraganda ancha yuqori bo'lishiga erishiladi. Undan tashqari «du- maloq stol atrofida suhbat», «tig'iz payt», «mutaxassis- mehmonimiz» va boshqa usularni qo'llab o'tkazish mumkin. Eng asosiysi qanday savollar bilan murojaat qilinadi va qanday javoblar kutiladi, o'qituvchi nihoyatda oldindan puxta tayyorgarlik qilishi kerak. Tajriba shuni ko'rsatadiki, suhbat metodini qo'llash orqali: o'quvchi, talabalarni darsda faol qatnashishga tayyorlash; yangi o'quv materiali bilan tanishtirish; egallagan bilimlarini mustahkamlash va ma’lum bir tizimga solish; egallagan bilimlari qay darajada ekanligini aniqlash va joriy nazorat qilish amalga oshiriladi va bu borada unga teng keladigani yo'q. Savol-javob va suhbat metodlarini qo'llab dars o'tishning boshqa barcha uslublarga o‘xshab, o'ziga xos afzalliklari hamda kamchiliklari mavjud. Ular quyidagilar: Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling