Esse uchun mavzular va savollar
Esse uchun mavzu tanlaganda yoki savol tuzganda quyida- gilarga ahamiyat berish kerak:
Topshiriqni iloji boricha aniq qo'yish kerak. Shartni shunday qo'yish kerakki, talaba undan nima talab qilinayotganligini tu- shunsin.
Esse topshirig'i fikr yuritishga, tahlil qilishga undaydigan savollar bo'lishi zarur.
Esse uchun tayyorlangan savol-topshiriqlami talabalarga o'qituvchining o'zi tanlab bergani ma’qul. Bunda talabaning bilimi obyektiv baholanadi.
Kompleks javob talab qiladigan savollarni uyga vazifa tarzida yoki oraliq nazorat, yakuniy nazoratda berish mumkin.
Agar vaqt cheklangan bo‘lsa, dars davomida eng asosiy momentlarga ahamiyat qaratilgan savollar qo‘yish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |