§. Dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish
Hozitgi paytda o‘quv materiallari, axborotlarni ekranda ko'rsatish imkoni vujudga kelishi va rivojlanishi bilan o‘quv jarayonida erishilgan yutuqdan foydalanish keng yoyilib bormoqda. Zamonaviy axborot texnologiyasi kompyuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlarga tayanadi. Ularning gurkirab rivojlanishi turli axborotlardan samarali foydalanishga qaratilgan jami- yatning rivojlanishiga turtki bo‘ldi.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov Vazirlar Mahkama- sining 2007-yil 13-fevraldagi majlisidagi ma’ruzasida ta'kidlab o'tilganidek, «Bugungi kunda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, ularni har bir mutaxassislik va so- halar bo‘yicha qoilash imkoniyatlarini izlash, mazkur texnologiya- larni yanada takomillashtirish jarayonlarida ishtirok etish, eng av- valo, bu boradagi bilimlarni beruvchi, targ'ib etuvchi pedagogik kadr va mutaxassislarni taqozo etadi».1
1 l.A.Karimov. Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo‘lidan yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun farovon turmush sharoiti yaratish asosiy vazifamizdir. Xalq so‘zi, 2007-yil 13-fevral.
Do'stlaringiz bilan baham: |