Birinchi davr. Pedagogik texnologiyaning o‘rganish obyekti sifatida e’tirof etilishi. XX asrning 30-yillarida AQSh ta’lim tizimiga audiovizual o'qitish dasturlari kiritila boshlandi. U nafaqat ta’limda texnologik inqilobga, balki yangi fan—pedagogik texnologiyaga asos soldi.
1946-yilda AQSh ning Indiana unversitetida o'quv dasturiga audiovizual ta’lim rejasi kiritildi (muallifi L Larson).
Birinchi davr (50 - yillarning boshi va o'rtalari) ta’lim muassa- salarida axborotlarni taqdim etishning texnik vositalari tovushni yozib olish va qayta eshittirish, boshqacha qilib aytganda «audiovizual vositalar» ning paydo bo'lishi bilan xarakterlanadi. Dastlab har bir dars, o'tiladigan mavzuda o'quv va tarbiya maqsad - vazifalari ishlab chiqiladi. Bu holda ishlab chiqarishdagi boshqaruvchi bilan ta’limdagi pedagog faoliyatida o‘xshashIik bor. O'quv jarayonining barcha bosqichlarida buttm tizimning asosiy texnologik jihati - o'quv jarayonini so'nggi natijalari bo'lgan mukammal bilimga ega bo'lgan kadrlar tayyorlashga erishish maqsadi turgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |