D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


§. O'quv majmuasi va uning tarkibi, o‘quv dasturining tutgan o‘rni


Download 0.89 Mb.
bet177/214
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#213162
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   214
Bog'liq
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

§. O'quv majmuasi va uning tarkibi, o‘quv dasturining tutgan o‘rni

Fanni o'rganish uchun rejalashtirilgan mavzular ta’lim stan- dartlaridan kelib chiqqan holda, qo'yilgan maqsadga ko'ra o'quv dasturida o'z ifodasini topadi.

O'quv dasturi fanni o'rganish bo'yicha hujjat hisoblanib, bo'lajak mutaxassisga qo'yilgan talablarga mos holda ta’lim maz­munini va uni o'quvchi, talabalar tomonidan o'zlashtirishni tashkil etish usullarini aks ettiradi.

O'quv dasturlari alohida o'quv predmetJari bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalar mazmuni va hajmini, ularni o'rganish ketma-ketligini belgilaydi.

Har bir mavzu bo'yicha fan uchun ajratilgan soatdan kelib chiqqan holda, mavzuning mazmunini o'zlashtirish uchun uning xususiyatlarini, mavzuni murakkabligi, o'zlashtirish zarur bo'lgan





masalalar, qo'yilgan muamrao va boshqalarni hisobga olib o‘quv jarayonini tashkiliy shakllari bo'yicha vaqt ajratiladi.


Har bir mavzu o'rganiladigan fanning shu mavzu doirasidagi qisqacha mazmunini ifodalaydi.

Dastur fanning mohiyatidan kelib chiqqan holda hamda tar- moq standartlariga muvofiq ravishda shu fan o'quvchi-talabalarda qanday bilim va ko'nikmalarni shakllantirilishi zarurligidan kelib chiqqan holda tayyorlanadi. O'quv dasturi namunaviy va ishchi o'quv dasturidan iborat bo'lib, ishchi o'quv dasturi namunaviy das­tur asosida tuziladi.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling