Ikkinchi uzviy savolni muhokama qilishni «Agar odamning oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyoji oshqozoni sig'imi bilan o'lchanadi desak, u juda kam o'zgaradi. Bundan ehtiyojlar o'zgarmaydi degan xulosa chiqarish mumkinmi?» degan muammoli savol qo'yiladi. Bunda o'qituvchi muhokama jarayonida talabalarning o'z ehtiyoj- ari kengayib borishi qonuniyatini amal qilishiga iqror bo'lishlariga olib kelishi kerak. Muhokama asosida ma’ruza o'qish davom ettiri- ladi.
Uchinchi savol ehtiyojlarni qondirish uchun resurslar kerakligi, resurslar esa cheklanganligi, cheklanganlik qanday oqibatga olib kelishini ko'rsatuvchi muammolar bilan boshlanadi.
Ishlab chiqarish resurslari tasnifi sxemasi namoyish qilinadi va talabalarga: «Hozirgi paytda ayrim iqtisodchilar axborot va moliyaviy resurslarni ishlab chiqarish resurslari tarkibiga kiritishsa, boshqalari bu noto'g'ri, deyishmoqda. Siz qaysi bir fikrga qo'shilasiz» deb murojaat qilib, talabalarni munozaraga chorlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |