Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Apparati Kengashining 20222-yil 28-iyuldagi 26-sonli bayoni
|
1.2-band. Boshqa oliy taʼlim muassasalariga ijodiy imtihonlarga jalb etilgan mutaxassislarni shakllantirilgan va tasdiqlangan grafik asosida joylarga oʻz vaqtida yetib borishlarini taʼminlash;
|
-
|
OTMlar
|
|
|
1.3-band. Oliy taʼlim muassasalaridan imtihon komissiyasi raisi, aʼzolari sifatida jalb qilingan professor-oʻqituvchilar uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish;
|
-
|
М.Аликулов
|
|
|
1.4-band. Kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarida samarali faoliyat koʻrsatgan mutaxassislarni ragʻbatlantirish choralarini koʻrish;
|
-
|
OTMlar
|
|
|
1.5-band. Oliy taʼlimda korrupsiyani bartaraf etish va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borish;
|
-
|
Ш.Умидов
|
|
|
1.6-band. Qabul komissiyasi tarkibini tajribali, halol, pok, masʼuliyatli professor-oʻqituvchi va xodimlardan shakllantirish hamda aniq vazifalarni talab darajasida bajarilishini nazorat qilib borish;
|
-
|
М.Аликулов
|
|
|
1.7-band. Imtihonlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilgan holda oʻtkazish;
|
-
|
OTMlar
|
|
|
1.8-band. Har bir hududni navbatchi tez yordam mashinasi bilan taʼminlash;
|
-
|
OTMlar
|
|
|
1.9-band. Imtihon boʻlib oʻtadigan bino manzillarida yagona platforma orqali video translyatsiya jarayonlarini Internet tarmogʻida jonli efirga uzatish boʻyicha texnik talablar (oʻrnatiladigan videokameralar va tasvir sifati, joylashish sxemasi va boshqalar) asosida sifatli yoʻlga qoʻyish, jumladan videoyozuvlarni saqlash choralarini koʻrish;
|
-
|
М.Аликулов
|
|
|
1.10-band. Ommaviy axborot vositalari, jumladan, veb-saytlarda xabar berish orqali fuqarolarga kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayoni toʻgʻrisida tezkor axborotlar yetkazish;
|
-
|
OTMlar
|
|
|
1.11-band. Norozilik (apellyatsiya) arizalarini koʻrib chiqishda sohaning yetuk mutaxassislari va boshqa oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilaridan iborat apellyatsiya komissiyasi tashkil etish va Nizomga muvofiq oʻtkazishni qatʼiy nazorat qilish;
|
-
|
М.Аликулов
|
|
|
1.12-band. Imtihon oʻtkaziladigan hududni tasdiqlangan fan dasturi mazmuni, topshiriqlar xususiyatga koʻra tegishli inventar va jihozlar bilan (sport anjomlari, musiqiy cholgʻular, tasviriy-grafik dastgohlar va boshqa) oldindan taʼminlash;
|
-
|
OTMlar
|
|
|
1.13-band. Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni joriy yilning 10-avgustiga qadar oʻtkazilishi hamda natijalarni 13-avgustgacha Davlat test markaziga taqdim etilishini taʼminlash;
|
13.08.2022-y.
|
OTMlar
|
|
|
1.14-band. Bir kun muddatda kasbiy (ijodiy) imtihonlar boʻlib oʻtadigan joyi va vaqti boʻyicha abituriyentlarni oʻz vaqtida xabardor qilish;
|
29.07.2022-y.
|
OTMlar
|
|
|
1.15-band. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladigan hududlarda abituriyentlarning ota-onalari va boshqa fuqarolarning toʻplanib qolishiga yoʻl qoʻymaslik;
|
-
|
OTMlar
|
|
|
1.16-band. Nogironligi bor yoki boshqa toifadagi abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihonlarini olishda belgilangan tartibga koʻra amalga oshirish;
|
-
|
OTMlar
|
|
|
1.17-band. Abituriyentlar ota-onalari va kuzatuvchilar uchun muassasa hududida imtihon jarayonlarini video translyatsiya qilish choralarini koʻrish;
|
-
|
OTMlar
|
|
|
1.18-band. Imtihon jarayonlariga ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik vakillarini keng jalb qilish.
|
-
|
М.Аликулов
|
|
|